O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

YUKSAK SALOHIYAT BOSH MEZON

Akademiya boshlig‘i general-leytenant Bahodir MATLUBOV bilan suhbat

— Bahodir Ahmedovich, Siz rahbarlik qilayotgan ushbu oliy ta’lim muassasasining tarixi uzoq. Uning oldiga qoyilgan bugungi vazifalar, albatta, Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning osoyishtaligi, xalqimiz manfaatini muhofaza qilishga qodir, yuksak manaviyatli, matonatli mutaxassis kadrlarni tayyorlashdan iborat. Aytingchi, ushbu oquv muassasasining oziga xosligi nimalarda korinadi? Uni shakllantirishda qanday mezonlarga tayanilmoqda?

Haqiqatan ham IIV Akademiyasining poydevoriga otgan asrning ottizinchi yillarida asos solingan. Harbiy tartib-intizomga yogrilgan maqom ham oshandan buyon shakllangan. Umuman olganda dunyo tajribasida soha xodimlari oldiga qoyilgan talab hamisha yuqori bolgan. Albatta mamlakatimiz mustaqillikka erishilgach, uning maqsad va vazifalari hali aytganingizday mamlakatimiz osoyishtaligi, xalqimiz manfaatlarini qatiy turib himoya qiladigan manaviyatli, matonatli kadrlarni tayyorlashga yonaltirilgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasida sohaga oid yuklangan vazifalardan kelib chiqib, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish, talim va fan sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ichki ishlar organlari tizimini isloh qilish, mazkur soha uchun kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida bir qator marifiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda mavjud bolgan oliy talim muassasalariga qiyoslaganda IIV akademiyasining faoliyati yuqorida takidlangan jihatlar bilan ajralib turadi. Talim nuqtai nazaridan olib qaralganda kursantlar oldiga qoyilgan bugungi davr talabi, ayniqsa, axborot kommunikatsiya tizimining ota takomillashgan bosqichlarini ozlashtirish, jismonan soglom, baquvvat, eng muhimi xalqimiz madaniyati, qadriyatlarini yaxshi bilish, marifatli bolishdan iboratdir. Buning uchun IIV Akademiyasida barcha shart-sharoitlar muhayyo etilgan. Ananalarga kelsak, bunda ham oziga xoslik mavjud. Talabalarimiz oquv davrining boshlangich davridayoq, bilimga, sportga, adabiyot, sanat va madaniyatimizning boshqa yonalishlarida oz istedodlarini namoyish etishga harakat qilishadi. Malakali ustoz va murabbiylar, ilgor va alochi kursantlar komagida oz qobiliyatlarini namoyon etadilar. Harbiy matonatni shakllantirish, chiniqtirish masalalarida ham oziga xos ananalar mavjud. Bularning bari yagona maqsadga – mamlakatimizga yuksak salohiyatli kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Shu orinda bir savol tugildi. Haqiqatan ham keyingi paytda joylarda IIV tizimida ushbu talim muassasasining bitiruvchilariga nisbatan talabning ortib borayotgani kuzatiladi. Akademiyaning nufuzi ortib borayotgani ham shu bilan bogliq bolsa kerak, albatta. Aytingchi, qaysi yonalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi?

IIV tizimida malakali, kasbiga sadoqatli va matonatli, jasur hamda bilimli kadrlarga hamisha talab katta. Mamlakatimiz miqyosida olib qaraladigan bolsa, olis qishloq va tumanlarda, shahar va viloyatlarda, poytaxtimiz Toshkent va Qoraqalpogiston Respublikasida IIV Akademiyasining bitiruvchilari oz vazifalarini otashda bor bilim va malakalarini ushbu oliy talim dargohida tahsil olgan mezonlar doirasida bajarishga, oz burchlarini IIV xodimi shaniga dog tushurmay ado etishga harakat qilishmoqda. Albatta bunday kadrlarga hamisha talab katta boladi. Hayotning ozi taqoza qilayotgan talab va takliflardan kelib chiqib, akademiya imkoniyatlari ham kengayib bormoqda.

2017 yil iyun oyida davlatimiz rahbari poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumani faoliyati bilan tanishish asnosida IIV Akademiyasiga ham tashrif buyurib, talim muassasasida yuqori malakali, professional kadrlar tayyorlashni yolga qoyish, shaxsiy tarkibning kasb-mahorati, manaviy marifiy, huquqiy bilimlarini puxta shakllantirish masalalari bilan batafsil qiziqdi va kelgusi yonalishlarni belgilab berdi. Osha yili avgust oyida «Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida» Prezident qarori qabul qilindi. Kadrlar tayyorlashning bir pogonali tizimi dasturi boyicha uch yil muddatda oliy malumotli magistr darajasiga ega (yuristlar) huquqshunoslar tayyorlash yolga qoyilgani mamlakatimizda mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimini jahon standartlari asosida takomillashtirishda tub burilish boldi. Endilikda kunduzgi talimda Tergov faoliyati, Tezkor qidiruv faoliyat, Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati, Ekspertkriminalistik faoliyat, Yol harakati xavfsizligini taminlash faoliyati, Xizmat faoliyatini psixologik taminlash hamda 2019/2020 oquv yilidan boshlab Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati boyicha yonalish joriy etiladi. Bitiruvchilarimizga yurist malakasi beriladi. Faqat bugina emas, Akademiyaning oliy akademik kurslari negizida Ichki ishlar organlaridagi boshqaruv faoliyati mutaxassisligi boyicha menejment malakasi berishga yonaltirilgan Rahbar kadrlar tayyorlash fakulteti qayta tashkil etildi. Joriy yil 1-oquv kursiga qabul qilingan 600 nafardan ziyod kursantlar oquv paligonida tahsil olmoqda. U yerda barcha sharoitga ega oquv auditoriyalari, sport kompleksi, axborot resurs markazi, ruhiy tetiklashtirish xonasi, oq otish va maxsus-taktik mashgulotlar otkaziladigan maydon hamda yotoqxona kursantlarga xizmat qilmoqda.

Oquv fan dasturlari Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Rossiya, Fransiya kabi rivojlangan mamlakatlarning sohaga oid tajribalari asosida davlat talim standartlari, malaka talablari, namunaviy oquv rejalari ishlab chiqilgan.

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan ichki ishlar organlari xodimlari uchun dastlabki zarur kasbiy bilim va konikmalarga ega yoshlarni tarbiyalash,yoshlarni vazirlik oliy talim muassasasiga oqishga kirishga tayyorlash maqsadida mamlakatimizning har bir mintaqasida IIVning bittadan, jami 14ta akademik litseyi tashkil etildi.

Albatta bularning hammasi talim sifatini oshirishga qaratilgan omillar. Akademiya tashkil etilganining 25 yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish jarayonida talabalarga yanada yaxshiroq sharoit yaratish maqsadida bir qator obektlarimizdagi qurilish va kapital tamirlash ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining Ozbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tashkil topganiligining 25 yilligini nishonlash togrisidagi farmoyishi ijrosini taminlashga qaratilgan ozimizning ushbu sanani yuqori saviyada otkazish bilan bogliq hujjatlarimiz qabul qilindi. Ular asosida tashkiliy amaliy, manaviy marifiy tadbirlar hamda targibot-tashviqot ishlari boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Ayni paytda ushbu tadbirlar doirasida Akademiyaichki ishlar organlari uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yolida mavzusida xalqaro amaliy konferensiya otkazishga tayyorgarlik korilmoqda. Unda yigirmaga yaqin xorijlik hamkor talim muassasasi va tashkilotlardan vakillar taklif etilgan.

Suhbatimiz mavzusi oz-ozidan malakali kadrlar tayyorlashda professor va oqituvchilar salohiyati, qolaversa, oquv yurtining moddiy-texnik bazasi imkoniyatlari qay darajadaligiga borib taqaladi.

Togri aytasiz, kadrlar malakasini belgilovchi omillardan biri, avvalo, professor-oqituvchilarning kasbiy mahorati, shaxsiy fazilati yuqori darajadaligi bilan bogliq. Davlatimiz rahbariga tashrifi chogida taqdim etilgan ?017-2021 yillarda IIV Akademiyasini rivojlantirishning beshta ustivor yonalishi boyicha loyihada professor-oqituvchilar tarkibini shakllantirish, talim jarayonini tashkil etish va nomzodlarni talimga maqsadli tayyorlash, xodimlar malakasini va sohaviy xizmatlar faoliyatini yaxshilash, yangi innovatsion taminot boyicha fond tashkil etish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash kabi yonalishlar aks ettirilgan edi. Ayni paytda ularni amaliyotga tadbiq etish jarayoni keng kolamda amalga oshirilmoqda. Professor-oqituvchilarimizning qaryib uchdan bir qismi ilmiy daraja va unvonga ega murabbiylardir.

Kursantlarning 1-, 2- sonli yotoqxonalari, saf maydoni, maishiy xizmat korsatish joylarida tamirlash ishlari bajarildi. Otgan yili kasbiy tayyorgarlik fakulteti yotoqxonasi, Manaviyat-marifat markazi, suzish havzasi va 1-kurs oquv binosida kapital tamirlash ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 600 orinli yotoqxona, yuvinish kompleksi yangidan barpo etildi.

Bir soz bilan aytganda, akademiya faoliyatini jahon standartlari darajasida tashkil etish ishlari xorij tajribasidan kelib chiqib, ozimizning milliy qadriyatlarga uygunlikda olib borilmoqda. Shuni alohida takidlashni istardimki, mamlakatimizga vatanparvar, ilmli, malakali, sadoqatli, matonatli kadrlar tayyorlash jarayonida faoliyatimizning asosiy mezonini ularni manaviyatli, marifatli insonlar etib tarbiyalash tashkil etadi. Buning uchun barcha axborot kommunikatsion shart-sharoitlar mujassam. Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklif va tashabbuslari bilan bu yerda xitoy va rus tillarini oqitish kurslari tashkil etilgan edi. Endilikda Akademiyada Chet tillar markazi tashkil etildi. Bundan tashqari taniqli yozuvchi va shoirlar, sanat ustalari, rassomlar va boshqa ijodkorllar bilan adabiy-badiiy uchrashuvlar muntazam otkazib kelinmoqda. Ayni paytda kursantlarimizni mamlakatimizda chop etilayotgan bosma OAV, yangi nashr etilgan kitoblar bilan tanishib borishlari uchun maxsus jihozlangan kutubxona mavjud. Yaqin kunlarda akademiya hududida kitob dokoni, xizmat vazifasini otash chogida halok bolgan xodimlar Xotira maydoni bunyod etiladi. Shuningdek, Bizning faxrimiz shiori ostida ilm-fan, sport, sanat va boshqa yonalishlarda Akademiyamiz nufuzini oshirishga oz hissasini qoshgan soha xodimlari faoliyati aks ettirilgan korgazmali burchak tashkil etishga kirishildi. Xulosa ornida aytish joizki, IIV Akademiyasining asosiy faoliyati kursant va tinglovchilarning intelektual salohiyatini oshirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

Mazmunli va batafsil suhbatingiz uchun rahmat.

Murod TILLAYEV,

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: