O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
03.09.2019

OZ VAZIFAMIZGA UYGOQ QALB BILAN YONDASHMOGIMIZ KERAK

Inson o‘z hayotida kasbni togri tanlay olsagina zavq bilan ishlaydi, kongli toq bolib yashaydi. Kasbga bolgan mehr va sadoqat esa insonni katta marralar sari boshlaydi.

«Dostlik» ordeni bilan mukofotlangan qoraqalpogistonlik Aygul Pirnazarova hayoti ham bunga misol bola oladi.

Aygul PIRNAZAROVA, I.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi katta ilmiy xodimi:

Butun xalqimiz uchun eng aziz va eng ulug bayram Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi arafasida muhtaram Yurtboshimiz tomonidan Dostlik ordeni bilan mukofotlangani men uchun kutilmagan voqea va katta quvonch boldi. Bunday shukuhli onlarda kunglingda shunaqa ajib tuygular paydo boladiki, uni soz bilan tariflash qiyin. Eng avvalo mening koz oldimdan butun mehnat faoliyatim otdi. Chunki ushbu muzeyga oddiygina farrosh bolib ishga kirgan kunimdan boshlab, bolim mudirasi darajasiga yetgunimcha menga ustozlik qilgan insonlar, ota-bobolarimiz qol mehnatlari bilan yaratgan meroslari orqasidan mana shunday yuksak mukofotga sazovar boldim.

Davlatimiz mustaqillikka erishgandan song tariximizni organishga, milliy meroslarni qayta tiklashga katta etibor qaratildi. Xalqning bebaho durdonalari saqlangan muzeylar, ulardagi eksponatlarni keng targib qilish borasidagi ishlar yolga quyildi. Buning natijasida muzeyimiz tez orada jahonga tanildi.

Ozlarining yuksak mahoratini, teran fikrini, orzu umidlarini kashtadagi, gilamdagi naqshlar bilan sozlata olgan qoraqalpoq xalqining hunarmandchiligi bugun dunyo xalqlarini hayratga solmoqda. Bunga misol tariqasida bir nechta chet davlatlarda otkazilgan korgazmalardagi eksponatlarni aytsam boladi. Mana shunday korgazmalarda xalq orasidan yetishib chiqkan chevarlarning oz qollari bilan tayyorlagan kashtali kiyimlarini, zargarlik buyumlari, chet ellik yetuk mutaxassislar tomonidan yuksak baholandi. Ushbu muzeyga asos solgan Igor Vitalevich Savitskiy bilan 10 yil birga ishlaganim, muzey ishlarini organganim ozim uchun bir umrga tatigulik tajriba maktabi boldi. Qishloqma-qishloq oralab hunarmandchilik namunalarini yigishni davom etdik, bir paytlari Savitskiy orzu qilgan hunar turlarini qayta tiklash borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Bugungi kunda kashtachilik, toqimachilik hunarlari yuqori darajada rivojlanib, kashtali milliy kiyimlar, sovgabop buyumlar ishlanib, dokonlarimizda sotilmoqda. Barchamiz faxr bilan aytadigan Sahro Luvri nomi bilan mashhur bizning muzeyimizning obruyi kundan-kunga ortib bormoqda. Muzey zallari boylab mehmonlarga ekskursiya otganimda ozimni unutib, uzoq otmishga sayohat qilganday bolaman va hamisha sozimni muzey haqida sozimni toxtatish qiyin degan jumla bilan yakunlayman. Xalqimizning milliy meroslarini asrab-avaylash, keng jamoatchilikka tanitish bilan birga kelajak avlodga yetkazish borasida qilayotgan mehnatim yuksak baho olishi nafaqat mening, balki butun jamoamiz, rahbarlarimizning yutugi ekani haqiqat. Bu yuksak mukofotga javob tariqasida shogirdlar tayyorlab, ularga xalq merosining qadr-qimmatini tushuntirish eng asosiy vazifam bolib qoladi.

Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligini taminlash ishiga qoshgan munosib hissasi hamda jamoatchilik ishlaridagi kop yillik samarali ishtiroki uchun II darajali Soglom avlod uchun ordeni bilan mukofatlanganlar qatorida Qoraqalpogistondan Maryam Ahmedova ham bor.

Maryam AHMEDOVA, Amudaryo tumani hokimining orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi:

Men 34 yillik mehnat faoliyatim davomida 18 yil rahbarlik lavozimida ishlagan ekanman. 2001 yildan 2005 yilgacha 27-sonli orta maktab talim tarbiya ishlari boyicha ilmiy bolim mudiri, 2005 yildan 2012 yilgacha 27-sonli orta maktab direktori bolib ishladim.

2012 yildan buyon Amudaryo tumani hokimi orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisiman.

Bugungi kunda Amudaryo tumanida 192,6 mingdan ziyod kop millatli aholi istiqomat qilib, ularning 95,6 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning bandligini taminlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, kredit olishlariga komaklashish, oilalarni yanada soglomlashtirish va mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida tumanimizda samarali ishlar olib borilmoqda.

Biz xotin-qizlarga doimiy ravishda etibor qaratib kelmoqdamiz. Tibbiyot, talim, huquqni muhofaza qilish idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholi salomatligini mustahkamlash, soglom turmush tarzini qaror toptirish, tibbiy va huquqiy madaniyatini oshirish, aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni turli yot goyalardan asrash maqsadida turli mavzularda tadbirlar muntazam otkazilib kelinmoqda.

Ogir turmush sharoitiga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qollab-quvvatlash maqsadida doimiy ravishda organish ishlari olib borilib, natijada 105 nafar ogir sharoitda yashayotgan xotin-qizlarning royxati shakllantirildi. Ulardan 16 nafariga uy-joylarning boshlangich tolovlari tolab berilgan bolsa, 42 nafarining bandligi taminlanishga komaklashildi. 14 nafariga tikuv mashinalari olib berilib, kasanachilik asosida bandligi taminlandi.

Oilalarni mustahkamlash, qizlar talim-tarbiyasi borasida olib borilgan tizimli ishlar natijasida joriy yilda tumanda erta turmushga chiqish, erta tugruq, onalar olimi holatlari sodir bolmadi. Oilaviy ajrimlar, ayollar ortasida jinoyatlar kamaydi.

Tumanda tugish yoshidagi 51 ming nafar ayolning salomatligi muntazam ravishda nazoratga olinib, chuqurlashtirilgan tibbiy korikdan otkazilishi, homilador ayollarni Qoraqalpogiston Respublikasi skrining markaziga oz vaqtida yuborilib, tibbiy nazoratdan otkazib borilishi natijasida bolalar olimi kamayib, 70 dan ortiq nogiron bola tugilishining oldi olindi.

Tumanda xotin-qizlar sportini rivojlantirishga alohida etibor qaratib kelinmoqda. Tuman ayollari jamoalari sportning qator turlari boyicha viloyatda sovrinli orinlarni egallab kelmoqda. Ozbekiston miqyosida otkazilgan Yashil maydon malikalari sport musobaqasining Qarshi shahrida otkazilgan Respublika bosqichida qizlarimiz faxrli 2-orinni egalladi.

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan II darajali Soglom avlod uchun ordeni koksimga taqilishi, qilgan ishlarimga emas, balki qilinajak ishlarim uchun qarzga berilgan baho deb bilaman. Bu mukofatni oqlash uchun el-yurt manfaati yolida bor kuch-gayratimni ayamay mehnat qilishga tayyorman. Ozimda katta masuliyat va javobgarlikni chuqur his etaman. Har doim ish jarayoniga yangi usullar, innovatsion yondashuvlarni qollashga eng faol, jonkuyar va fidoyi xotin-qizlar safini kengaytirishga astoydil harakat qilaman.

Muhtaram Yurtboshimiz takidlaganidek, har birimiz oz ishimizga pok vijdonimiz, uygoq qalbimiz bilan yondashsak, ona vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qoshgan bolamiz.

Oz muxbirimiz

Minajatdin QUTLIMURATOV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: