O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.08.2019

MAQOLANI OQIDINGIZMI?

Yoki o‘qimay, kimdir tayyorlagan javobga imzo chekdingizmi? Gazetamizda chop etilgan tanqidiy maqolaga ikki mulozimning bir-biriga Hasan-Husandek oxshash javoblari haqida

Gazetamizning 2018 yil 13 noyabr sonida «Yolgiz ayolning uyi buzib tashlandi. Endi u ikki nafar norasida farzandi bilan qayerda yashaydi?» deb nomlangan maqola chop etilgandi. Ushbu maqolaga Andijon viloyat prokuraturasi va Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudidan kelgan javoblar yuzaki bolgani bois bu mavzuga yana qaytishga togri kelgan edi.

Gazetamizning 2019 yil 22 yanvar sonida ikkinchi marta chop etilgan Yolgiz ayolning uyi buzib tashlandi. Endi u ikki nafar norasida farzandi bilan qayerda yashaydi?sarlavhali maqolada javoblarga munosabat bildirildi.

Afsuski, shundan keyin ham tosh ornidan siljimadi, Antarktidadagi muzlar erisa, eridiki, andijonlik rahbarlar kongli yumshamadi. Aslida bu ayol uysiz emas edi, uning uyini buzib tashlashdi. Ikki nafar godagi bilan vatansiz qolgan yolgiz ayolga rahm qilishmadi. Andijon viloyati, Oltinkol tumani, Chaqqon-2 mahalla fuqarolar yigini hududidagi uyi sud tomonidan noqonuniy qurilgan, deb topilib, Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimi tomonidan 2018 yil 9 avgust kuni kechki payt ekskavator bilan buzib tashlangan Nafisaxon Bobonazarova hali hamon ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan hokimiyat tomonidan vaqtincha ajratilgan, ammo mutlaqo shart-sharoiti bolmagan bir kulbada sarson-sargardon bolib yuribdi...

2018 yil 20 aprelda Prezidentimiz tomonidan Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmoni elon qilingan edi. Ana shu farmon tufayli qancha-qancha yurtdoshlarimizga bagrikenglik, insoniylik tamoyillaridan kelib chiqilib, ruxsatsiz qurilgan uylarga, mulkka egalik huquqi berildi.

Gazetada chop etilgan har ikki maqolada Prezidentimiz ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni uy-joy bilan taminlash uchun qattiq qaygurib, davlat byudjetidan katta mablag ajratayotgan, maxsus aksiya elon qilgan bir paytda ikki bolali yolgiz ayolning uyini buzmaslik mumkin edi-ku, degan masala kotarilgan edi.

Andijon viloyat prokurorining orinbosari, adliya maslahatchisi A.Saydaliyevning javob xatidan: Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 16.01.2018 yildagi hal qiluv qarori bilan davogar — Oltinkol tuman prokuraturasi I.Turdiyev va F.Asqarov manfaatini kozlab, javobgar N.Bobonazarovaga nisbatan Noqonuniy qurilmalarni javobgar hisobidan buzdirish haqidagi davo arizasi qanoatlantirilgan. ...javobgar N.Bobonazarova sud jarayonida, ushbu yer maydoni oziga tegishli ekanligini tasdiqlovchi biron-bir hujjatni sudga taqdim qilmagan.

Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudi raisi J.Karaboyevning javob xatidan: ...maqolada korsatilgan N.Bobonazarova yolgiz ayol bolsa-da, uni maktabga tegishli yerni noqonuniy egallab, uy-joy qurib olish huquqi bolmagan. Uning yolgiz ayol ekanligi nizodagi yerni egallash uchun ustun huquqqa ega ekanligini anglatmaydi. Chunki qonun ustunligi sozsiz tan olinishi shart va har bir fuqaro rioya etishga majbur.

Togri, qonun hamma uchun barobar. Lekin bu borada Prezidentning bir martalik umumdavlat aksiyasi elon qilingan bolsa, ushbu farmon hokimlik, prokuratura va sud uchun ustun huquqqa ega emasmi? Farmon ijrosiga amal qilmasdan, ikki farzandli yolgiz ayolning uyini buzishni qanday tushunish kerak?

Holbuki, yolgiz ayol yon-atrofidagi qoshnilari kabi noqonuniy, kadastrsiz qurilgan uyda yashab kelayotgandi. Nega ularning uyi bir yoqda qolib, aynan N.Bobonazarovaning uy-joyi buzildi? Bunga kim tashabbuskor boldi? Andijon viloyat hokimligi, prokuratura va sud mutasaddilari bir mushtipardan davlat yerini himoya qilibdi-yu, ammo uning huquqi, manfaatini, farzandlari taqdirini himoya qilishni oylashmabdi. Ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi asosida hech qanday tosiqlarsiz rasmiylashtirilib berilishi mumkin bolgan osha yer narxi inson qadridan yuqori qoyildi.

Hozir bu masala boyicha andijonlik mulozimlar turli bahonalarni aytib, surishtirgan odamni chalgitishi mumkin. Ularning gapi asossizligini anglash uchun gazetamizda chop etilgan ikki maqolani oqib chiqish kerak boladi.

Javob xatlarida bir-biriga oxshash shunday jumlalar bor: Jinoyat ishlari boyicha Andijon tuman sudining 21.02.2018 yildagi hukmiga kora, N.Bobonazarova (Nafisa Bobonazarovaning onasi Izoh tahririyatniki) ...ushbu yer maydoniga uy-joy qurib, shu kunga qadar foydalanib kelib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sababchi bolgani uchun Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilgan.

Andijon tuman sudi tomonidan davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sababchi bolgan, deb chiqarilgan hukm ancha vahimali eshitilmoqda. Jiddiy ziyon iqtisodiymi? Unda ziyon miqdori nega aytilmayapti? Yoki manaviy ziyonmi? Unda bu ziyon nimalardan iborat bolayotgani izohlanmayapti?... Aslida 240 oquvchiga moljallangan bir qavatli maktab hududi 2 gektardan koproq hayhotdek maydondan iborat, yarmidan kopi bosh yotibdi.

Qolaversa, osha hududdan bir umr oqituvchi bolib ishlagan Nigoroy Bobonazarovaning turmush ortogiga 1988-1990 yillarda Oltinkol tumani sobiq Kuybishev nomli jamoa xojaligi rahbari tomonidan yakka tartibdagi uy-joy qurish va tomorqa sifatida yer maydoni ajratib berilgan. Nafisa Bobonazarovaning turmushi buzilib, ikki nafar farzandi bilan onasining uyiga qaytib kelgach, uyiga yaqin bolgan maktabgacha talim muassasasiga kir yuvuvchi bolib ishga kiradi. Oylik maoshi 380-400 ming som.

Onasi Nigoroy Bobonazarova qizi va nevaralariga joni achib, uy-rozgor va farzandlaridan orttirgan mablagidan ozlariga ajratilgan yer maydonidan ikki xonali uyni qurib bitkazadi va ularni shu hovli-joyga kochiradi.

Nafisa Bobonazarova uyni oz nomiga otkazish uchun masul idoralarga murojaat qiladi, osha vaqtda jamoa xojaligida ishlagan masullar tomonidan yer ajratib berilishiga oid hujjatlar davlat arxiviga toliq topshirilmaganini aniqlaydi.

Fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 2018 yil 16 yanvar kungi hal qiluv qarori, Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 2018 yil 13 aprel kungi ajrimiga kora, Nafisa Bobonazarovaning uy-joyi ozboshimchalik bilan qurilgan hisoblanib, buzdirish belgilandi. Sud hujjatlariga asosan ijro varaqasi Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimiga ijro etish uchun yuborildi.

Shundan song Nafisa Bobonazarova Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi farmoniga asosan Oltinkol tumani hokimi Baxtimurod Karimov (sobiq) nomiga va Davlat xizmatlari agentligi Oltinkol tuman bolimi (2018 yil 27 iyun kuni)ga turar-joyga egalik huquqini etirof etish togrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga na Oltinkol tumani hokimi, na Davlat xizmatlari agentligidan javob ololmaydi. Buning ustiga, Kochmas mulkka nisbatan mulk huquqini etirof etish ishlari boyicha Oltinkol tuman komissiyasi raisi va azolari shu kungacha arizani korib chiqib, komissiya nomidan yozma javob bergani yoq.

Maqolada kotarilgan masala yuzasidan Andijon viloyat hokimi orinbosari I.Xolmatovdan 2019 yil 5 yanvar hamda 2 mart sanasi bilan olingan javoblarda esa qanday uy-joy qonunsiz, qaysi biri qonuniy hisoblanishi tahririyatga batafsil tushuntirilgan.

Javob xatida jumladan, shunday deyiladi: Ozboshimchalik bilan qurilgan imorat, sudning qonuniy kuchga kirgan va hal qiluv qarori asosida buzdirilgan. Bu imoratlarga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisida 2018 yil 20 apreldagi PF-5421-son farmoni talablari asosida mulk huquqi belgilashga asos mavjud emasligi togrisida ariza muallifiga malum qilinganligi bildiriladi.

Savol: – Farmon talablariga nega togri kelmaydi? Ehtimol, kimningdir xohishiga togri kelmas?... Hayron qolarli joyi shundaki, Andijon viloyat prokurorining orinbosari, adliya maslahatchisi A.Saydaliyev, Fuqarolik ishlari boyicha Andijon viloyat sudi raisi J.Karaboyev, Andijon viloyat hokimi orinbosari I.Xolmatov tomonidan tahririyatga yollangan javob xatlarida qanday qilib bolsa ham idoralar manfaati himoya qilinayotganga oxshaydi. Birinchidan, bu uyni buzmasa ham bolardi, ikkinchidan, xop, bu uyni buzishga buzishibdi, lekin yolgiz ayol bilan norasida godaklarni kochada qoldirmaslik chorasini korish mumkin edi-ku? Agar jonlari achiganda, vijdonlari qiynalganida, chuqurroq oylab korishar edi, albatta.

Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar kop azob-uqubatlarni boshidan otkazgan sabr-toqatli, zahmatkash xalqimizning qaddini kotarishga, ertangi kunini bundan ham yaxshilashga qaratilgan. Prezidentimiz xalq xizmatida bolgan katta-kichik amaldorlarni oddiy odamlarning muammolarini hal etishga, ularga sidqidildan xizmat qilishga undayapti, talab qilayapti.

Afsuski, ayrim nohaqliklarni, inson manfaatlarini poymol etish holatlarini bartaraf etish juda qiyinchilik bilan kechayapti. Eng achinarlisi, bazi amaldorlarning ongi, dunyoqarashi zamon talabiga mos kelmayapti. Salla olish orniga kalla olish holatlari roy bermoqda. Xolbuki, oziga ishonch bildirilib, u yoki bu lavozimga munosib korilgan har bir rahbar oz shaxsiy manfaatidan xalq manfaatini on karra, yuz karra yuqori qoyishi kerak.

Davlat hokimiyati boshqaruv organlari hamda mansabdor shaxslar faoliyati Prezidentimiz aytganiday, bundan buyon oz xizmat vazifasiga qanday munosabatda bolayotganiga, xalq manfaati yolida amalga oshirayotgan ezgu ishlariga qarab baholanadi. Bunda ommaviy axborot vositalari jamiyatdagi barcha jarayonlarni, yutuq va kamchiliklarni xolis va shaffoflik bilan yoritib borishi jamoatchilik nazoratining muhim subekti sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Bundan jamiyat soglomlashadi, pirovardida xalq manfaatlari ustuvorligi taminlanadi.

Bugun amaldorman, deb goddayib yurish davri otdi. Amaldormisan, demak, xalqning xizmatkorisan. Oz xizmatingni halol, vijdonan bajarsang, uzoqqa borasan, aks holda, orningni boshqaga boshatib berishingga togri keladi.

Biz yolgiz ona Nafisa Bobonazarovaning masalasini nazoratda ushlab turamiz. Zarurat bolsa, mavzuga yana qaytamiz.

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: