O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
13.08.2019

KOMPENSATSIYA TOLAMASDAN

uy va imoratlarni buzishga chek qo‘yilishi, bu masalada deputatlik nazorati kuchayishi kerak

Bugun kichik biznesni rivojlantirish va biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish eng dolzarb masalalardan biriga aylangani hech kimga sir emas. Mazkur masala shaxsan davlatimiz rahbarining diqqat markazida ekani esa uning ahamiyati nechogli muhimligini anglatadi. Shundan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatiga qaratilgan har qanday tosiqlarga murosasiz bolish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga yonaltirilgan keng kolamli islohotlarni jadallashtirishga bolgan e’tiborni yanada kuchaytirish talab etilmoqda.

Togri, huquqiy jihatdan olib qaralganda, bugun oz ishini yuritmoqchi bolgan tashabbuskorlarga tosiq yoq, aksincha, ularni har tomonlama qollab-quvvatlash belgilangan. Xususan, tadbirkorlik faoliyatini davlat royxatidan otkazish, turli ruxsatnomalar olish va boshqa koplab xizmatlar tartib-qoidalari soddalashtirildi. Bu borada qulaylik yaratish uchun Davlat xizmatlari agentligi va uning joylardagi markazlari tashkil etildi. Tadbirkorlik subektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boyicha vakil (Biznes-ombudsman) lavozimi joriy qilindi.

Xosh, bu qulayliklar va shart-sharoit amalda qay darajada ishlayapti? Muammolar yechim topib, kamchiliklar bartaraf etildimi? Prezidentimiz raisligida 2 avgust kuni otkazilgan yigilishda aynan ushbu masalalarga etibor qaratildi. Tadbirkorlik sohasidagi tizimli muammolar muhokama qilinib, kichik biznesni qollab-quvvatlash va yanada rivojlantirish boyicha qator vazifalar belgilab olindi.

Xayrullo ROZMETOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi:

— Joriy yil 23 iyul kuni otkazilgan selektor yigilishining mantiqiy davomi bolgan mazkur yigilishda hududlarda sohani rivojlantirish borasida ishlar qanday tashkil qilingani, muammolarni hal etishda qanday tosiqlar borligi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar aytildi. Muammolarni markaziy idoralar aralashuvisiz, joyida hal qilish mumkinligi takidlandi.

Koproq murojaatlar yer bilan, kommunikatsiya va infratuzilmalar bilan bogliq bolmoqda. Tegishli davlat organlarining roziligini olish kerak bolgan holatlar ham mavjud ekan. Ana shunday 8 ta asosiy tashkilotning tadbirkorlarning hujjatlarini imzolashda byurokratiyaga yol qoyayotgani malum boldi. Bitta hujjat oylab ushlab turilishi natijasida tadbirkorning ishi toxtab qoladi. Ishdan kongli soviydi. Yigilishda rusxat berish jarayonlarini optimallashtirish masalasi kotarildi. Shu bilan birga, kichik sanoat zonalarini tashkil etish kerakligi takidlandi. Chunki bunday holatda tadbirkorlarni kommunikatsiya tarmoqlariga ulashning 60-65 foizi davlat byudjetidan amalga oshiriladi.

Shuningdek, tadbikorlar va jismoniy shaxslardan uy-joy, yer mulkni olishda kompensatsiya tolash dolzarb masaladir. Bu boradagi muammolarga, aytaylik, 100 million somlik uyni past narxga, masalan, 10 millionga baholash, undan chiqqan xomashyoni ham ana shu mablag hisobiga kiritish holatlari kop uchrayotgani sabab bolmoqda. Ayrim hollarda esa kochish uchun korsatilgan manzilda boshqa bir oila yashayotgan boladi. Uyi buzilayotganlar esa kochada sarson. Uylarni buzishdan oldin uni bozor narxida baholash va ana shu asosda kompensatsiya tolash zarur. Puli tolanmagan obektni buzish taqiqlanadi. Vaholanki, joylarda buning aksi bolyapti. Buni Prezident siyosatiga qarshi harakat, deb baholash mumkin.

Davlat rahbarining tabiri bilan aytganda, bu vatanga, xalqqa xiyonat, odamlarning haqini yeyish, degani. Hattoki, ana shunday qingirlikka yol qoygan hokimlar, rahbarlar xalqning qarshisiga chiqib, kechirim sorashi kerakligi qayd etildi. Zotan, noxush holatlarda na davlatning, na Prezidentning aybi yoqdir. Nafsiga qul ayrim kimsalarning xatosi tufayli xalq jabr kormoqda, sarson bolmoqda.

Shu orinda bir narsani aytish joiz. Biz ham endi yuzxotirlik qilib, kimgadir gap tegib qolmasin qabilida ish tutmaymiz. Qatiy tartib, kuchli nazorat va keskin choralar korishimiz shart. Chunki ertaga xalq bizdan hisob soraydi. Deputat bolishdan oldin ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga vada berganmiz. Keling, chinakamiga ana shu maqsadga bel boglaylik. Deputatni mensimagan, uning sorovi, murojaatiga bepisand qaragan shaxslarni kechirib bolmaydi. Demak, joylarga chiqqanimizda davlat siyosatini odamlarga togri tushuntirishimiz, deputatlik va parlament nazoratini kuchaytirishimiz lozim.

«Ozbekiston ovozi» muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: