O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
06.08.2019

MAKTAB DIREKTORLARIGA CHORA KORILDI

«O‘zbekiston ovozi» gazetasining 2019 yil 2 iyul sonida e’lon qilingan Maktab direktorlari nega ishdan boshatildi? sarlavhali tanqidiy maqolada Qumqorgon tumanidagi maktab direktorlarining mehnat shartnomasi noqonuniy bekor qilingani, bazi maktablarning byudjet mablaglari talon-taroj bolgani haqida yozilgan edi. Surxondaryo viloyati prokuraturasidan olingan javob maktubida quyidagilar malum qilingan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan Ozbekiston ovozi gazetasining 02.07.2019 yildagi sonida chop etilgan Maktab direktorlari nega ishdan boshatildi? nomli maqolasi korib chiqildi.

Maqolada Qumqorgon tumanidagi 11-umumtalim maktabi direktori Sh.Boboyev asossiz ishdan boshatilganligi bayon etilgan.

Organishda viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligining 04.03.2019 yildagi 88-K-sonli buyrugiga kora, Qumqorgon tumanidagi 11-umumtalim maktabi direktori Sh.Boboyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi, 2-qismi 3-bandiga asosan, yani mehnat intizomini muntazam ravishda buzib kelganligi sababli bekor qilingan.

Viloyat xalq talim boshqarmasi tomonidan Sh.Boboyev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish bilan bogliq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida xatolikka yol qoyilgan.

Shu munosabat bilan fuqarolik ishlari boyicha Surxondaryo viloyati sudi appelyatsiya instansiyasi sudlov hayatining 21.05.2019 yildagi hal qiliuv qarori va xalq talimi boshqarmasining 31.05.2019 yildagi 266-K-sonli buyrugiga asosan Sh.Boboyev Qumqorgon tumanidagi 11-umumtalim maktabi direktori lavozimiga tiklangan.

Maqolada Qumqorgon tumanidagi 19-umumtalim maktabi direktori J.Badalov asossiz ishdan boshatilganligi bayon etilgan.

Organishda Qumqorgon tumanidagi 19-umumtalim maktabi direktori lavozimida J.Badalov ishlab kelayotganligi va u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmaganligi malum boldi.

Maqolada Qumqorgon tumanidagi 2-umumtalim maktabi oqituvchisi S.Qoraboyevaga tugruq tatili 19 million 980 ming som asossiz tolanganligi bayon etilgan.

Mazkur holat boyicha Qumqorgon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasi boyicha tumandagi 2-umumtalim maktabi hisobchisi Q.Jorayevning harakatlarida JKning 167-moddasi 2-qismi v,g bandi hamda 209-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjud bolsa-da, mazkur jinoyat uncha ogir bolmagan jinoyatlar turkumiga kirganligi, qilmishidan pushaymonligi, yetkazilgan zarar toliq qoplanganligi hamda jinoyatni ochilishida faol yordam berganligi sababli Ozbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasi, 5-qismi, 2-bandiga asosan ayblilik masalasini hal etmasdan turib, jinoyat ishi qozgatishni rad etish togrisida qaror qabul qilingan.

Maqolada Qumqorgon tumanidagi umumtalim maktablari tomonidan byudjet mablaglari talon-toroj qilinayotganligi bayon etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Qumqorgon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga kora, 30.04.2019 yilda biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishi qozgatish rad etilib, tumandagi 15-umumtalim maktabi direktori E.Boriyev, 23-umumtalim maktabi direktori E.Iskandarov, 51-umumtalim maktabi direktori Yu.Ziyayev, 62-umumtalim maktabi direktori M.Xoliqov, 74-umumtalim maktabi direktori R.Mullayeva, 22-umumtalim maktabi direktori B.Choriyev, 18-umumtalim maktabi sobiq direktori U.Abzairov, 56-umumtalim maktabi direktori B.Roziyev, 55-umumtalim maktabi direktori U.Majiyev, 35-umumtalim maktabi direktori M.Sodiqov, 6-umumtalim maktabi direktori B.Aralov, 19-umumtalim maktabi direktori J.Badalov, 40-umumtalim maktabi direktori E.Mirzaqulov hamda markaziy hisobxona hisobchilari S.Eshqulov va S.Bolliyevlarga nisbatan Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 61-moddasi 1-qismi bilan mamuriy huquqbuzarlikka doir ish qozgatilib, korib chiqish uchun Qumqorgon tuman mamuriy sudiga yuborilgan.

Mamuriy ish Qomqorgon tuman mamuriy sudi tomonidan 30.05.2019 yilda korib chiqilib, yuqorida korsatilgan umumtalim maktablari direktorlari va markaziy hisobxona hisobchilari S.Eshqulov va S.Bolliyevga nisbatan tegishli mamuriy jazo choralari korilgan.

Surxondaryo viloyat prokurori, adliya katta maslahatchisi

U.B.QOSIMOV.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: