O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
23.07.2019

UMRNING HAR LAHZASI GOZAL

Asatillo BERDIQULOV, «Abdulla Qodiriy» nomli fermer xo‘jaligi rahbari, xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi, Mehnat shuhrati ordeni sohibi, Ozbekistonda xizmat korsatgan qishloq xojaligi xodimi:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurishi, odamlarning yashash sharoiti, bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, dehqon va fermerlar bilan uchrashishi butun sirdaryoliklarni konglini togdek kotardi. Bu muloqot yurtdoshlarimizda ertangi kunga ishonchni mustahkamladi. Odamlarda islohotlarga, Vatan taqdiriga daxldorlik tuygusi yanada kuchaydi.

25 yillik fermerlik faoliyatim davomida Prezidentimiz bilan bir necha marta korishish baxtiga muyassar boldim. U kishi fermer xojaligimizda ham bolib, biz bilan yuzma-yuz suhbatlashgan. Mehnatlarimizga yuqori baho bergan. Muammolarimizni yechishga komaklashgan. Fermer xojaliklari istiqboli haqida biz bilan maslahatlashgan. Xovosdagi uchrashuvda Prezidentimiz mening fikrim bilan ham qiziqdi. Galladan yuqori hosil olganimiz bilan bizni tabrikladi. Endi barcha etibor paxta hosildorligini oshirishga qaratilishi kerakligini alohida takidladi. Sirdaryo sharoitida qishloq xojaligi sohasini rivojlantirishga muhim masala sifatida qarash lozimligini uqtirdi.

Fermer xojaligimiz tasarrufida 467 gektar yer bolib, shundan 360 gektarga galla, 140 gektariga paxta ekilgan. Bu yil galladan har gektaridan 62 sentnerdan sara don oldik. Xojaligimizda mehnat qilayotgan 55 nafar ishchi-xizmatchiga ham don-dun ulashdik. Odamlar qilgan mehnatiga, olgan daromadiga rozi bolishdi.

Bugun fermerga hamma komakchi. Barcha muammolar mutasaddilar tomonidan joyida hal etilmoqda. Fermer xojaliklarini yanada rivojlantirish boyicha bir qator ozgarishlar yuz bermoqda. Bir soz bilan aytganda, ishning kozini bilgan fermer boy bolmoqda, kosasi oqarmoqda. Masalan, paxtaning xarid narxi otgan yilgiga nisbatan qariyib 1,3 barobarga oshdi. Buning natijasida dehqonning manfaatdorligi yanada kuchaydi. Dehqonchilikda har bir kun ganimat, vaqtida ishlov bermagan, ogit solmagan yoki suv quymagan dehqonning yuqori hosil kutishga haqqi yoq. Hammasi mehnatga yarasha. Togri, bu yil qishloq xojaligi uchun oson kechmadi. Bahorning seryogin kelishi dehqonning mashaqqatini yanada oshirdi. Juda kop joylarda chigit qayta-qayta ekildi. Lekin chin dildan mehnat qilgan odam baribir kozlangan hosilni olishga erishadi. Shu kunlarda barcha etiborni goza parvarishiga qaratganmiz. Avgust oyi azal-azaldan paxta hosiliga hosil qoshish oyi hisoblanadi.

Prezidentimizning viloyatlarda bolishini, xalq bilan muloqot qilishini men chin yuragimdan qollab-quvvatlayman. Bu suhbatlarda juda katta-katta muammolarga yechim topilmoqda. Joylarda qurilish va obodonchilik ishlari avj olmoqda. Odamlarda umid uygonmoqda. Bir soz bilan aytganda, bugungi kunimiz kechagidan, ertamiz bugungidan yaxshi boladi.

Mamlakatimiz rahbari bilan bolgan har bir uchrashuv kuchimga-kuch, gayratimga-gayrat qoshadi, yangi marralarga undaydi.

Barchinoy HAMIDULLAYEVA

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: