O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
09.07.2019

UYI VA PULIGA KUYGAN ODAM

O‘z mulkidan ajralib qolgan bitta emas, ikkita emas... Ularni kim himoya qiladi?

Surxondaryolik Abduzoir Qodirov turmush ortogi bilan Rossiya Federatsiyada ishlab, topgan puliga Toshkentdagi kop qavatli uydan kvartira sotib olmoqchi boladi. Ammo propiska bolmasa, Toshkentdan uy olib bolmaydi. Xosh, nima qilish kerak?

Ozaro maslahatdan keyin turmush ortogining Toshkentda yashovchi ukasi, ya’ni qayinukasi Gayrat Mahmudovning nomiga uy oladigan bolishdi.

— Gayrat begona emas, ozimizniki, dedi Abduzoir aka oila azolariga, Onangning tugishgan ukasi. Senlarga esa toga boladi.

Xullas, 2005 yil avgust oyida Toshkent shahar S.Rahimov (hozirgi Olmazor) tumani Qoraqamish massivi 2/5,16-uy, 68-xonadonni Yelena Kalichkodan 4300 AQSh dollariga sotib olishga kelishishadi. Buyogini endi yetmish yoshli otaxon Abduzoir Qodirov ayta qolsin.

Turmush ortogimning ukasi Gayrat Mahmudovning nomiga uyni rasmiylashtirib, keyinchalik mening oglim Zokirjon nomiga otkazib berish sharti bilan notariusga borishgan. Oglim uy oldi-sotdi shartnomasi bolayotgan vaqtda 4300 AQSh dollarini oz qoli bilan Yelena Kalichkoga bergan. Ayni vaqtda Yelena Kalichko uy uchun oglimdan 4300 AQSh dollari olganligi haqida tilxat ham yozib bergan. Uy qayinukam Gayrat Mahmudov nomiga rasmiylashtirilgan. Uy oldi-sotdi bolayotganida Yelena Kalichko oglimga:

Hozir sizlar qarindoshingiz nomiga uy olayapsizlar. Ertaga muammo bolmaydimi? degan.

Hech qanday muammo bolmaydi, degan Gayrat.

Biz uning gapiga ishondik. Ozbekchilik, insongarchilik bor-ku, dedik. Qolaversa, uyning hujjatlari oglimning qolida edi.

Ishonuvchanligimiz bir kuni kelib boshimizga balo bolishini xayolimizga ham keltirmagan edik.

Ana-mana deguncha oylar, yillar otdi. 2010 yili qayinukam Gayrat Mahmudov jinoyat sodir etib, qamaldi. Uyoqdan chiqqach, hunarini korsata boshladi. Gayrat oglimdan tamagirlik qilib, tez-tez 100-200 ming som pul sorash yoliga otdi. 2015 yil dekabr oyida toga-jiyan ijara shartnomasini tuzadi. Uyni «Ijaraga beruvchi» maqomini olgan Gayrat bizga firib berayotganini dastlab sezmadik. U uyning hujjatlari yoqolganligi haqida gazetaga elon ham beribdi. Kadastr xizmatidagilarni laqillatib, dublikat hujjat olibdi. Aslida uy hujjatlari yoqolmagan, oglimda edi. Gayratning maqsadi oglim va kelinim yashayotgan uyni soxta elon bilan qolga kiritilgan kadastr hujjati bilan sotish ekan.

Gayrat ochiqdan-ochiq oglim va kelinimga uydan chiqinglar, uyni sotaman, dedi. Vaziyatning bunday keskin tus olishini kutmagan oglim profilaktika inspektoriga shikoyat bilan chiqadi.

Uy bizniki. Biror chorasini koring, deydi Zokirjon Qodirov profilaktika inspektoriga.

Mahalla raisi va profilaktika inspektori Gayrat Mahmudovni chaqirib, suhbatlashadi.

5000 AQSh dollari bersin, keyin tinch qoyaman, deydi Gayrat ularga.

Abduzoir Qodirov masalaning chigallashib borayotganligini bilgach, Surxondaryodan Toshkentga keladi.

Gayrat senga nima boldi? Axir uyni sening nominga sotib olayotgan paytdagi gaping esingdan chiqdimi? deydi Abduzoir aka. Sen qamalgan paytingda ota-onangga pul berdim. Qolimdan kelganicha yordam qildim. Sendan bergan pullarimni soragani kelganim yoq. Insof qil. Uy meniki bolsa...

Otaxonning gapi ogzida qoldi. Gayrat uning ogli va keliniga aytgan gapni takrorlaydi:

5000 AQSh dollari berasiz. Yoki uyni boshatib, chiqib ketinglar.

Nima qilish kerak? Qayerga borsa arzini eshitadi? Qayinukasining noqonuniy talabini kimga aytadi? Ertasi kuni Abduzoir aka Qoraqamishdagi Shodiyona mahalla raisining oldiga borib, bor gapni aytadi.

Mayli, qarz-havola qilib bolsa-da, 2,5-3 ming dollar berayin. Gayratni insofga chaqiring. Axir, peshona teri evaziga shu uyni olganmiz-ku.

Gayrat eski gapida turib oldi:

5000 kokidan berishsin. Keyin uy bilan ishim bolmaydi.

Abduzoir aka ortga qaytib, Sariosiyoga boradi. Gayratning ogaynilarini yigadi.

Gayrat Mahmudovning aka-ukalari Abduzoir akani yupatishadi.

Hammasini bilamiz. Gayratning ozi bizga pochcham bilan opam Rossiyadan ishlab topgan puliga Toshkentda oglining nomiga uy oldi, deb aytgandi, deyishdi aka-ukalar. Gayratning uyga egalik qilishga va sotishga haqqi yoq. Uyning pulini siz berganligingizni biz bilamiz-ku.

Abduzoir aka yana Toshkentga yol oladi. Olmazor tumani IIB boshligi nomiga yozma murojaat qiladi. IIBdagilar fuqarolik sudiga murojaat qilishni maslahat berishadi.

Sudlashish boshlanadi. Abduzoir Qodirov davogar sifatida javobgar Gayrat Mahmudov va Toshkent shahar notarial idorasiga nisbatan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas, deb topish haqida sudga murojaat qiladi. 2018 yil 12 aprelda fuqarolik ishlari boyicha Toshkent shahar Shayxontohur tumanlararo sudi Oliy sud plenumining Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar togrisidagi qaroriga tayandi. Ushbu qarorga asosan oldi-sotdi shartnomasi faqat uning ishtirokchilari uchun ozaro huquq va majburyatlarni vujudga keltirishi bois, mazkur shartnomaning haqiqiyligi boyicha shartnoma ishtirokchilari hamda shartnoma obektining mulkdorlari nizolashishga haqlidirlar. Sud ana shu qarorga asoslanib, Abduzoir Qodirovning davo arizasini rad etdi. Abduzoir Qodirov suddan xafa bolib chiqdi.

Gayrat Mahmudov anoyilardan emas ekan. 2018 yil 16 noyabrda FIB Shayxontohur tumanlararo sudi davogar Gayrat Mahmudovning javobgar Zokirjon Abduzoirovga nisbatan ijara shartnomasi va unga qoshimcha kelishuvni bekor qilish, ijara haqini undirish, turar-joydan majburiy kochirish togrisidagi davo arizasini qanoatlantirdi. Shuningdek, javobgar Zokirjon Abduzoirovdan davogar Gayrat Mahmudov foydasiga 5.320.000 som miqdorida ijara puli undiriladigan boldi.

Ana mot, mana mot!!!

Qolimizda 2019 yil 14 fevralda Shodiyona mahalla fuqarolar yigini raisi va kotibi tasdiqlagan dalolatnoma bor. Unday shunday sozlar yozilgan: Haqiqatan ham, Qoraqamish 2\5,16-uy, 68-xonadonda Abduzoirovlar oilasi 2005 yildan to shu kungacha yashab keladi... Ushbu oila uyning barcha kommunal tolovlarini tolab yashab kelmoqdalar... Mahmudov Gayrat Samandarovich ushbu xonadonda umuman yashamagan va kommunal tolovlarni umuman tolamagan.

Sudda, deydi Abduzoir Qodirov figoni chiqib, Gayrat uy uchun pulni men berganman, deb yolgon gapirdi. Axir bu insofdan-mi? Tuhmatga qoldik. Uy uchun pulni men berganman-ku. Yelena Kalichko tilxatida ham, sudda ham pulni oglimning qolidan olganligini qayta-qayta takidlayapti. Lekin sud inobatga olmadi...

Bu masala qanday yakun topishi hozircha nomalum. Abduzoir Qodirov kurasha-kurasha bir kun maqsadiga yetar...

Bizni masalaning boshqa tomoni koproq qiziqtiradi. Viloyatlarda yashovchi hamyurtlarimiz orasida Toshkentda propiskasi bor yaqin qarindoshi yoki dosti nomiga uy olib, keyin muammoga duch kelayotganlar oz emas.

Birinchidan, uyni kimning nomiga rasmiylashtirish togrisida jiddiy oylab korish kerak. Yuristlar bilan maslahatlashib, bir qarorga kelinsa, adashmaysiz.

Yana bir savol kishini oylantiradi. Nega Ozbekiston fuqarosining istalgan viloyatdan uy sotib olish huquqi poymol etilmoqda? Mayli, doimiy royxatdan (propiskadan) otkazilmasin. Ammo mulkka egalik qilish huquqi bolishi kerak emasmi?..

Ravshan SHODIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: