O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
02.07.2019

JURNALISTNING ASOSIY QUROLI BU HAQIQAT, XOLISLIK VA ADOLATDIR

Ha, yana o‘sha gap. Jurnalist, ommaviy axborot vositasi xodimi yil davomida har kuni, har soatda, kerak bolsa har daqiqa va soniyada ommani axborot bilan ta’minlaydi. Xalq dardini yozadi, davlat siyosatini targib qiladi. Yozning qaynoq pallasiga kelganda esa qalam ahlining shaniga iliq gaplar aytiladi, ular alqab, qadrlanadi. Bundan ruhlangan, kuch olgan jurnalistlar yana yil davomida gayratga tolib, ishlashda davom etadi. Bu ozimizning oramizdagi gaplar.

Masalaga jiddiyroq yondashadigan bolsak, songgi yillardagi ozgarishlar jurnalistikani ham chetlab otmayapti, albatta. Soz va fikr erkinligi tushunchasi sabab bugun gapirmaganning «tili chiqdi», tili borlarning qanoti. Goyoki ular oz sozlari, fikrlari bilan uchib yurgandek.

Kezi kelganda bir gapni aytmoqchiman. Har gal kimlar uchundir munosabat yozganimda, oz fikrim, sharhlarim ostiga deputatmi, partiya faolimi ism-sharifini qoldirishga togri kelganda alam qilgani rost. Bugun ushbu qaydlarni oz nomimdan yozar ekanman, ozgarishlarga, yangilanishlarga befarq emasligimni, revolyutsiyaga emas, evolyutsiyaga hamisha tayyorligimni, xalq manfaati, jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday evrilishga hamnafasligimni bildirmoqchiman. Ayniqsa, kuni kecha davlatimiz rahbarining tabrigi va 27 iyundagi qarori hamkasblarimiz fikrlariga, ishlariga qanot boldi, desam hech ham mubolaga bolmaydi.

Prezident tabrigida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish boyicha keng kolamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etilgan. Sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish, milliy media makonda turli mulk shakli hamda siyosiy-ijtimoiy yonalishdagi ommaviy axborot vositalarining erkin faoliyat korsatishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotganiga urgu berilgan.

Asosiysi, barcha darajadagi rahbar va mutasaddilar el-yurt fikri, zamon talablari bilan hisoblashishga organmoqda. Bunday muloqot taraqqiyotimizni taminlaydigan eng asosiy omillardan biri sanaladi. Lekin har qanday axborot ham tanqidga sabab bolmasligi yoki har bir yaxshi, deb oylaganimiz ham maqtovga arzimasligi mumkin. Shuning uchun bir haqiqat doim yodimizda bolishi shart. Yani, axborot maydonidagi turli bahs va tortishuvlar, eng avval, haqqoniylik, xolislik tamoyillariga asoslanishi zarur. Shu bilan bir qatorda, uning qonun hamda odob qoidalari doirasida bolishi, shaxsiy garaz yoki xusumatga, soxta obro orttirish usuliga aylanib ketmasligi kerak.

Togri, hamma ham gapirishi, tanqid qilishi, kamchiliklarni aytishi mumkin. Lekin har bir gapni oz ornida, joyida, shaxsiy manfaatsiz, hissyotlarga berilmasdan ayta olish haqiqiy sanat aslida...

Jurnalistni ulkan va cheksiz axborot ummonidagi qayiqchiga oxshataman. U eshkaklarni bir xilda eshishi zarur. Ana shunda u togri va uzoq vaqt suzishi, kozlangan manzilga ogishmay yetib borishi mumkin. Zotan, jurnalistning asosiy quroli — bu haqiqat, xolislik va adolatdir.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: