O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
02.07.2019

OCHIQLIK VA OSHKORALIK HAYOTIMIZ MEZONIGA AYLANIB BORMOQDA

Mahmudjon PARPIYEV, «Namangan haqiqati» gazetasi Bosh muharriri, xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi:

— Bu yilgi Matbuot va ommaviy axborot vositalari bayrami kotarinki ruhda kutib olindi. Boisi ayni bir kunda, yani 27 iyunda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan soha xodimlariga bayram tabrigi yollandi, kasbdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash togrisidagi farmonga, shuningdek, Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorga imzo chekildi. Salkam qirq besh yildan beri jurnalistika sohasida faoliyat olib borayotgan bolsam, hali bunaqasini Ozbekiston tarixida kuzatmagan edim.

Xalqaro tashkilotlar hamda ularning ekspertlari etirof etayotganidek, Ozbekiston Respublikasi keyingi uch-tort yildan beri ochiqlik siyosatini muvaffaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda. Shu yilning ozida bir qator xorijiy axborot agentliklarining muxbirlari akkreditatsiyadan otkazildi, fuqarolarimiz xorijiy veb-saytlardan ochiq foydalanish imkoniyatiga ega boldi. Otgan hafta qabul qilingan Prezident qarori ham mazkur yonalishdagi chora-tadbirlarning mantiqiy davomi boldi desak, ayni haqiqatni aytgan bolamiz.

Bugungi zamon va islohotlar shiddati ancha-muncha odamni shoshirib qoymoqda. Tabiiyki, bu jarayonda islohotlar maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish, uning natijalari haqida toliq va tezkor axborot yetkazish, jamoatchilik fikrini shakllantirish, voqea-hodisalarga xolis munosabat bildirish, jurnalistlarga soha faoliyati bilan bogliq zarur axborotlarni taqdim qilishda axborot xizmatlarining orni beqiyosdir.

Qayd etish lozimki, axborot xizmatlari faoliyatini zamon talablari darajasida takomillashtirishga ehtiyoj sezilayotgan edi. Davlatimiz rahbarining ushbu qarori davlat va jamiyat ortasida sifatli muloqotni yolga qoyish, davlat, xojalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati shaffofligini oshirish, shu bilan birga, mazkur yonalishdagi muammolarga yechim topishda mustahkam huquqiy asos bolib xizmat qiladi, albatta.

Chunki matbuot kotibi bir vaqtning ozida davlat organi va tashkilotining axborot siyosati masalalari boyicha rahbarning maslahatchisiga, mehnatga haq tolash, tibbiy va transport xizmati korsatish shartlariga kora esa rahbarning orinbosariga tenglashtirilmoqda. Bundan tashqari, axborot xizmatlari xodimlarining lavozim maoshlariga boshqa tolovlardan qati nazar, 50 foizdan kam bolmagan miqdorda oylik ustama tolanishi, moddiy-texnik vositalar bilan mustahkamlanishi, oylaymanki, kelgusida axborot xizmatlarining faoliyatini yanada jonlantirish va rivojlantirishda oz samarasini beradi.

Ushbu qarorning ahamiyatli jihatlaridan yana biri tuman va shahar hokimliklari tuzilmalarida ham axborot xizmati tashkil etilishi belgilanganidir. Malumot ornida qayd etish kerakki, bugungi kunda Namangan viloyati, Namangan shahar va Yangiqorgon tumani hokimliklarida axborot xizmati faoliyati yolga qoyilgan. Ushbu qarordan song qolgan tumanlar hokimliklarida ham axborot xizmati tashkil etiladi. Bu nima degani?

Mazkur qarorda axborot xizmatlarining asosiy vazifalari belgilandi. Demak, shahar va tumanlar hokimliklarida axborot xizmatlari tashkil etilsa, oz navbatida, ularning rasmiy veb-saytlari faoliyati jonlanadi, shahar va tumanlar kesimida ham brifinglar, mediaturlar va matbuot anjumanlari yolga qoyiladi, ijtimoiy sorovlar otkaziladi va boshqa shakllarda jamoatchilik fikri organiladi.

Xulosa qilib aytganda, Prezident qarori axborot xizmatlari davlat, xojalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligining taminlanishi, davlat va jamiyat ortasidagi ishonchli koprik vazifasini otashi uchun zarur huquqiy asosni yaratib bermoqda.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: