O'zb  
 
18.06.2019

KITOB, KUTUBXONA, KUTUBXONACHI

kecha, bugun, ertaga

Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati korsatishni yanada takomillashtirish togrisidagi qarori butun xalqimizni, qolaversa, 12 mingdan oshiq axborot-kutubxona muassasalarining mutaxassislarini juda quvontirdi.

Jamiyat taraqqiyotining biror-bir sohasi, yonalishi yoqki, kitobsiz va bilimsiz, kutubxona xizmatisiz rivojlansa. Lekin afsus bilan aytish kerakki, kitobxonlarning kutubxona xizmatidan tola va samarali foydalanishi uchun barcha shart-sharoitlar, qulayliklar yetarli emas. Kutubxonalarning moddiy-texnik bazasi ota nochor ahvolda. Kadrlar masalasi ham dolzarb muammo. Kutubxonalarda uzoq yillar xizmat korsatib kelgan fidoyi xodimlarning kopchiligi 70-80 yoshni qoralashgan. Bizga ustozlik qilgan oqituvchilarimizning kopchiligi dunyodan otib ketishdi.

Rivojlangan mamlakatlar kutubxonalarida qollanilayotgan eng songgi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hali bizga yetib kelmagan. 1958 yil Qoqon pedagogika instituti tarkibida faoliyat yuritgan kutubxonachilik fakulteti 1960 yildan Toshkent davlat pedagogika instituti tarkibiga otkazildi. 1974 yilda Toshkent davlat madaniyat instituti ochildi va alohida kutubxonachilik fakulteti ham shu institutga otkazildi. Bu fakultet 2012 yilga qadar barcha tipdagi va turdagi 17 ming kutubxona uchun an’anaviy kutubxonachilik va bibliografiya ishi boyicha bakalavrlar, magistrlar tayyorladi.

2006 yilda barcha ommaviy kutubxonalar oquv muassasalari kutubxonalari bilan birlashtirildi. Avvalgi markazlashgan kutubxonalar tizimi tugatildi. Natijada kutubxonalar qisqarib, aholidan uzoqlashib ketdi, arzimagan sabablar bilan kitob fondlari yoqotildi. Minglab kitoblar — xalqimizning manaviy merosi, ilmiy va madaniy boyligi izsiz yoqoldi.

2012 yilda zamon talablaridan kelib chiqib, Toshkent davlat madaniyat instituti Sanat instituti bilan birlashib, kutubxonachilik fakulteti Toshkent axborot texnologiyalari universitetining axborotlashtirish va kutubxonashunoslik kafedrasi sifatida ishini davom ettirdi.

Bugungi kunga kelib kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taminlash masalasi kun tartibiga chiqdi.

Biz, bir guruh mutaxassislar xorijiy mamlakatlarda aholiga axborot-kutubxona xizmati korsatish samaradorligini, tajribasini organish maqsadida Germaniya va Janubiy Koreya mamlakatlarida boldik. Germaniyada hammaning qolida kitob. Aka-uka Grimm kutubxonasini eshitganmiz, talabalarimizga sozlab berganmiz, nihoyat uni oz kozim bilan korish baxtiga muyassar boldim. 11 qavatli binoda joylashgan universitet kutubxonasidan aholining hamma tabaqasi foydalanadi. Kitobxonlar ertalab soat 8 dan kechqurun 22 gacha, professor-oqituvchilar, talabalar 22 dan tonggacha bu yerda shugullanar ekan. 1000 kishiga moljallangan oquv zallaridan joy olish uchun buyurtma onlayn tarzida beriladi. Kechasimi, kunduzimi, kitobxon bu yerda ovqatlanishi, dam olishi uchun barcha sharoitlar muhayyo. Turli xil hajmdagi kutubxona resurslarini elektron shaklga otkazish uchun eng katta quvvatga ega texnik vositalar mavjud. Qadimgi qolyozmalar, noyob adabiyotlarni raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda. Yagona kitobxonlik guvohnomasi bilan Berlin shahridagi barcha kutubxonalardan foydalanish imkoni yaratilgan.

Kutubxona fondlarini saqlash, xavfsizligini taminlash masalasi juda dolzarb. Germaniyadagi oddiygina tuman kutubxonasining binosi bizni hayratga soldi. Mamlakatimizda kutubxonachilik arxitekturasi umuman rivojlanmagan. Ularda esa quyoshning qaysi tomondan chiqishi va botishi, shamolning qaysi tomondan esishi, kitobxonning kompyuter qarshisida qanday holatda otirishi, kompyuterlar oraligidagi masofa, kitob tokchalari orasidagi masofa, kitoblarning tokchalarda joylashish tartibi, holati, namlik darajasi, tozalash yollari, shamollatish qoidalari ham hisobga olingan. Buni arxitektorlar biladi va tushunadi. Kutubxonaning har bir ishi, har qanday holati bir-biriga bogliq. Koreya kutubxonalarida kitobxon xohlagan holatda, xohlagan joyida, masalan, zinalarda ham otirishi mumkin.

Janubiy Koreyada esa shanba-yakshanba kunlari ota-onalar uchun kutubxona kunlari hisoblanar ekan. Yani, har bir farzandi bor ota-ona 2 yoshdan boshlab bolalari bilan kutubxonada otiradi. Farzandini kitob tokchalaridan mustaqil kitob qidirib tanlashga orgatadi, tanlangan kitobni farzandiga oqib beradi, kutubxona tadbirlarida birgalikda qatnashadi.

Janubiy Koreyaning barcha kutubxonalarida bolalar uchun alohida xonalar tashkil etilgan. Ota-onalar 2 yoshdan katta farzandlari bilan oquv zallarida mashgul bolsa, emizikli bolasiga maxsus xonada hamshiralar qarab turadi, ovqatlantiradi, zarur ishlarni bajaradi. Bolalar psixologiyasi hisobga olinib, turli xil ranglar, qiziqarli hayvonlar siymosida oquv xonalari zarur jihozlar bilan taminlangan.

Prezident qarori ilovasida belgilangan kutubxonalar uchun yangi binolar qurish, mavjudlarini tamirlash, zamonaviy uskunalar bilan jihozlash vazifasi aynan bizning Fundamental kutubxonaga ham taalluqli. 2014 yilda kutubxonamizda rekonstruksiya ishlari boshlangan edi. Uning fasad qismi butunlay qayta tamirlandi, 70 ta kompyuter olindi. Biz ham kitobxonlarimizga yangi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida axborot-kutubxona xizmati korsatishni, barcha shart-sharoitlarga, yangi jihozlarga ega bolishni, ana shunday sharoitda zallarimiz kitobxonalar bilan tolib-toshib turishini istaymiz. Ammo kutubxonaning ichki qismini tola tamirdan chiqarish ishlari haligacha boshlangani yoq.

Sohaga oid ixtisoslashtirilgan ilmiy kengashning tashkil etilishi juda kop muammolarni bartaraf etishga imkon beradi. Chunki hozirgacha bu borada nomzodlar yoki fan doktorlari barmoq bilan sanarli darajada, borlari ham nafaqaga chiqib ketgan.

Mamlakatimizda 21 mayning kutubxonachilar kuni deb belgilanishi soha xodimlari konglini togday kotardi. Bu kutubxonachilik kasbining, kutubxonalarning imijini oshiradi. Yoshlarda bu kasbga past nazar bilan qarashning, kutubxonachi bolish uchun ham oqiladimi yoki kutubxonachining faqat kitob berib, kitob olib otirishdan boshqa ishi yoq, degan munosabatlarga barham beradi. Ana shu kun munosabati bilan axborot-kutubxona muassasalarida uzoq yillar samarali mehnat qilganlarni davlat mukofotlari bilan taqdirlash masalasining kotarilishi ayni muddao boldi. Ustozlarimiz, hamkasblarimiz orasida 30-40 yil davomida kozga korinmas, lekin savobli, ziyo tarqatuvchilik ishini bajarib kelayotganlar qancha.

Sohada kop yillar faoliyat korsatganlarni oz bolsa-da qadrlash maqsadida kutubxonamizda «Sohamiz fidoyilari» nomi ostida fidoyi kasb egalari haqida toplam nashr qila boshladik. Albatta, bunda kutubxonachi yoki kutubxonashunos va bibliograf olimlarimizning hayoti va faoliyati yoritiladi, ular haqidagi maqolalar beriladi hamda nashr etilgan asarlari royxati ham ilova qilinadi.

Kutubxonamiz mutaxassislari Mirzo Ulugbek tumaniga qarashli Olimlar mahallasida joylashgan 145-sonli bolalar bogchasida kutubxona tashkil etdi. Unda bizga Gafur Gulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Yozuvchilar uyushmasi, olimlar yaqindan yordam berishdi.

Shu orinda yana bir mulohaza: arxitektor tayyorlovchi oliy oquv yurtlarida kutubxonachilik sohasi uchun arxitektorlar tayyorlashni yolga qoyish zarur. Yana bir muammo shundaki, kitob mahsulotlarining narxi masalasi. Uni ham bir tizimga, tartibga tushirish zarur. Bir nomdagi adabiyot oddiy kitob dokonlarida boshqacha narxda, boshqalarida boshqacha narxda. Koplab kishilarimiz ayrim adabiyotlarning shaxsiy kutubxonasida bolishini, kimgadir sovga qilishni xohlaydi. Avvallari kitoblar kop ming nusxada nashr qilinardi. Bu esa 17 ming kutubxonaga ham, kitob sotib oluvchilarga ham yetardi. Shunga kora, kitob narxi ham ancha arzon bolardi. Nazarimda, hozir kitob biznesi avj oldi, endilikda qaysi kitob oquvchilar etiborini tortsa, koproq sotib ola boshlasa, shu kitob tanqis, peshtaxta tagida yoki dokonchi qanchaga xohlasa, shuncha narxga sota boshlaydi. Kitob savdosi tizimini tartibga solish, nashrlar nusxasini oshirish, nashriyotlardan kitobning narxini korsatgan holda sotuvga chiqarish, uni nazorat qilish kerak boladi. Yana bir muammo ayrim nashriyotlarda chop etilayotgan kitoblar gazeta qogozida, poligrafik jihatdan past sifat bilan, yupqa muqovada yoki yaltiroq qogozda bir necha marta qolga olgandayoq sifatini yoqotadigan holatda kitobxonlar qoliga yetib kelmoqda.

Fransiyada kitob mutolaasi, oqish psixologiyasi, oqish pedagogikasi, oqish tezligi, oqish gigiyenasi kabi masalalar maktabdanoq oquv dasturlariga kiritilgan.

Prezident qaroriga ilova qilingan Konsepsiyada kutubxona xodimlariga uy-joy sotib olish uchun foizsiz kredit berish haqidagi topshiriq ham ayni muddao boldi. Umr boyi kutubxonada ishlab, farzandlari boy yetib qolsa-da, ijarada yashab yurganlar bor. Viloyatlardan kelgan, ammo iqtidorli, yirik kutubxonalar uchun zarur noyob mutaxassislarni Toshkent shahriga yoki poytaxtga yaqin Toshkent viloyati tumanlariga doimiy royxatga qoyish masalasi ham korib chiqilsa, ularni uy-joy bilan taminlash ham oz-ozidan hal etiladi.

Ushbu qaror axborot-kutubxona xizmati korsatish bilan band barcha muassasalarning kelgusi taraqqiyotiga yol ochib beradi, shu bilan birga aholiga xizmat korsatish sifatini yaxshilaydi, masuliyatini oshiradi.

Zuhra BERDIYEVA,

Ozbekiston Fanlar akademiyasi fundamental kutubxonasi direktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: