O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
11.06.2019

HOKIM HUKMDOR EMAS

O‘zbekistonda hokimlarning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomi bekor qilinishi uzoq kutilgan ozgarishlarga yol ochib beradimi, yoqmi?

Hokimlarning ham ijro hokimiyatiga, ham vakillik hokimiyatiga yakkaboshchilik qilishi togri bolmasligi haqida shu vaqtga qadar kop gapirilgan, katta-kichik davralarda fikrlar bildirilgan, takliflar berilgan. Lekin bu masala negadir yillar davomida orqaga surib kelinaverdi. Xalq vakillaridan saylanadigan deputatlarga ishonch bildirilmadi goyo. Boshqaruv va nazoratni ota markazlashgan holatda saqlab qolishga urinish sezilib turdi. Buning oqibati yaxshilikka olib kelmadi.

2017 yil sentabr oyida qabul qilingan Ozbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash togrisidagi Prezident farmonida korsatib otilgan 11 kamchilikning aksariyati ijro hokimiyati faoliyati bilan bogliq boldi.

Xususan, ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini tashkil etish asoslari hududlarni rivojlantirish suratlarini pasaytiruvchi xususiyatga ega ekani, joylardagi muammolar oz vaqtida hal etilmayotgani, davlatning ortiqcha tartibga solishi islohotlarga salbiy tasir korsatayotgani, ijro hokimiyati faoliyatini baholash mexanizmlari faqat holatlarni qayd etish va statistik malumotlarni joriy toplashdan iborat bolib qolayotgani takidlandi.

Qolaversa, joylarda ijro hokimiyati organlarining ozaro tasirchan mexanizmlari mavjud emasligi, davlat vakolatlarining haddan tashqari markazlashgani mahalliy ijro hokimiyati rolining pasayishiga olib kelayotgani qayd etildi. Ijro hokimiyati faoliyatining yetarli darajada ochiq va shaffof emasligi, jamoatchilik nazoratining kuchsizligi haddan tashqari byurokratiya va korrupsiyaga olib kelayotgani afsuslanarli, achinarli holatdir.

Yuqorida keltirib otilgan kamchiliklarning asosiy sabablaridan birini xalq vakillari — deputatlarning hududlarda tasir kuchiga ega emasligi bilan izohlash mumkin.

Deputatlar faoliyatiga baho berilganda aksariyat hollarda «ular asosan maqullash, qol kotarishdan boshqasini bilmaydi», degan mazmundagi chuqur oylanmagan xulosalar bilan cheklaniladi. Ahvol shu darajagacha borib yetdiki, deputat deganda kopchilik oq koylak kiyib, boyinbog taqib, yigilishdan yigilishga yuradigan kishilarni tushunadigan bolib qoldi. Deputatlarga nisbatan yoppasiga ishonchsizlik kayfiyatida munosabatda bolish yillar davomida jiddiy savollarni kozdan panada tutib keldi. Goyo aksariyat muammolarimizga deputatlar aybdordek galati taassurot uygondi.

Mahalliy Kengash deputatlari nega kopincha maqullash va qol kotarishdan u yogiga otmaydi?.. Qonunlarga asoslanib javob izlaydigan bolsak, aslida deputatlarda ijro hokimiyatini nazorat qiluvchi tuzukroq vakolatning ozi yoqligi korinib qoladi. Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunni diqqat bilan oqib chiqqan kishi bunga amin boladi. Har holda, men shunday oylayman.

Shu Qonunning 24-moddasida xalq deputatlari Kengashining vakolatlari belgilab berilgan. Unga kora, mahalliy Kengash deputatlari hududni rivojlantirishning istiqbolga moljallangan dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasi va uni qurish qoidalarini tasdiqlaydi; mahalliy byudjetlarni korib chiqadi va qabul qiladi, mahalliy byudjetlarning ijrosi togrisidagi hisobotlarni korib chiqadi va tasdiqlaydi, hokimning orinbosarlarini lavozimga tasdiqlaydi, hokimlik strukturasini, uning xodimlari shtatlari va ish haqi fondini tasdiqlaydi. Ana shu ishlarning hammasini xalq deputatlari Kengashlari, yani deputatlar hokimning taqdimiga asosan istasa-istamasa amalga oshiradi. Aniq yozib qoyilgan: deputatlar korib chiqadi va tasdiqlaydi. Bular vakolat emas, koproq majburiyatni eslatadi. Deputatlar tasdiqlamasa nima bolishi, qanday huquqiy oqibat kelib chiqishi haqida qonunda hech narsa deyilmagan.

Korib chiqiladigan masala boyicha tayyorlangan qaror loyihasi tasdiqlanishi sessiya boshlanishidan oldin malum bolsa, bahs-munozaraga kirishishdan, vaqtni behuda chozishdan nima foyda? Togri, fikrlar aytilishi, takliflar berilishi mumkin, lekin ularning qabul qilinish-qilinmasligini hokimning yakka ozi hal etadi. Shunday bolgandan keyin deputatlar faollik korsatishiga asos juda kamayib ketmaydimi?..

2014 yil aprel oyida Konstitutsiyamizning 103-moddasiga viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobotlar taqdim etadi, ular boyicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi, degan mazmunda qoshimcha kiritilgan edi. Oshanda bu yangilik demokratik nuqtai nazardan juda ulkan voqea bolgani haqida OAV orqali katta shov-shuv kotarilgan, Kimsan hokim janoblari deputatlarga hisobot beradigan boldi, mana sizga demokratiyaning yorqin korinishi, degandek fikrlar bildirilgan edi. Lekin ayrim savollar etiborsiz qoldirilgan edi.

Savol shunday ediki, qonunda hokim viloyat, tuman va shaharning oliy mansabdor shaxsi bolib, ayni bir vaqtda tegishli hududdagi vakillik va ijroiya hokimiyatini boshqaradi, degan qoida bolsa, hokim ozi rahbar bolgan tashkilotga ozi hisobot beradimi? Bu gayritabiiy holat emasmi?..

Ehtimol, shuning uchun Bosh qonunga 5 yil avval kiritilgan meyorning samaralari hayotda sezilmayapti. Yigilishlar kopaydi, semiz hisobotlar koproq yoziladigan boldiyu, hududlarda vaziyat osha-osha. Ana shunday nomiga ishlaydigan meyorlar xalq xohish-irodasi va jamoatchilik nazorati singari ulugvor tushunchalarning qadrini pasaytiradi. Holbuki, yer yuzidagi farovon jamiyatlar asosini ana shu qadriyatlar tashkil etadi.

Hokimlarning xalq deputatlari Kengashiga raislik maqomini bekor qilish boyicha vazifa joriy yilga moljallangan Davlat dasturida alohida belgilab qoyilgan. Kerak boladigan hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan parlamentda ishchi guruhi tuzilgan. Ishchi guruhning ikkita yigilishi otkazilgani haqida Qonunchilik palatasi rasmiy saytida malum qilindi. Garchi tashkiliy jarayon biroz chozilayotgan bolsa-da, yil oxirigacha ishlar yakunlanib qolsa kerak. Qonunlarni ozgartirish, qoshimchalar kiritish unchalik qiyin emas. Qonun ozgargani bilan hokimlar baribir deputatlarga gapini otkazaveradi degan eski qarash qachon ozgarishi dolzarb masala. Bizning tarixiy-ijtimoiy sharoitda bu ancha jiddiy savol.

Shuning uchun hokimning Kengash raisi maqomini bekor qilish jarayoniga chuqur yondashish talab etiladi. Har yili onlab, bazida yuzlab qonunlarga ozgartish va qoshimchalar kiritiladi, bu ham shunga oxshash voqealardan biri boladi, degan ota xotirjam munosabat yaramaydi. Hokimiyat, davlat oldida xalq vakillarining obrosi, tasir kuchi oshishi odatiy jarayonlardan emas. Bu bir-ikkita emas, bir nechta qonun hujjatlariga har tomonlama puxta takliflar tayyorlanishi kerakligini aglatadi. Hokim bundan buyon deputatlarga raislik qilmaydi, degan mazmunda jon meyorni qonunlarga qistirib qoyish bilan vaziyat ozgarmaydi. Bu masaladagi ozgartirishlar shu vaqtga qadar ongimizga ornashib qolgan hokim va deputat haqidagi tushunchalarni yangilashi kerak. Ishchi guruh ana shu mezonga mos takliflar tayyorlaydimi, yoqmi, buni vaqt korsatadi.

Qonunlarga tayyorlanadigan takliflar hudud taqdiri bir kun kelib, boshqa kuni ketadigan hokimlarga emas, avvalo shu yerdagi odamlarning talabchanligi, harakatchanligiga bogliq degan munosabatga kuch, dalda berishi kerak.

Bilasiz, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ishida ijro hokimiyatidan tubdan farq qiladigan asosiy bitta omil bor. Hokim yakka irodasi bilan qaror qabul qiladi va ushbu qarori uchun kerak bolsa, javobgar boladi. Lekin xalq deputatlari Kengashida qaror rais bolgan hokim tomonidan emas, deputatlarning kopchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Yani, deputatlarda Kengash qaroriga tasir etish imkoniyati bor. Biroq bu hududlarda kam kuzatiladigan hodisa. Nega shunday boladi?

Bu masalada biz suhbatlashgan, kopni korgan deputatlar quyidagicha fikr bildirishdi:

Qonunlarga bir qoidani kiritar ekanmiz, uning toliq amalga oshishiga monelik qilishi mumkin bolgan boshqa qoidalar ham bekor qilinishi kerak. Aks holda, balandparvoz gaplar, ovoragarchiliklar havoga uchib ketaveradi, eski xatolar takrorlanaveradi.

Mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonunning 10-moddasida yer munosabatlarini tartibga solish yorigi aks etgan. Unga kora, viloyat, tuman, shahar hokimi tashkilotlar va fuqarolarga yer berishga, bu huquqni toxtatib qoyishga, shuningdek, yerlarni olib qoyishga haqli ekani qayd etilgan. Qizigi, bu haqda hokim qabul qilgan qarorlar xalq deputatlari Kengashi tomonidan (ortiqcha muhokamalarsiz) tasdiqlanishi belgilangan.

Yerni istagan kishisiga berish va olib qoyishda hokimga taqdim etilgan keng vakolat vaqt otgan sari katta muammolarni keltirib chiqardi. Ozini oylaydigan hokimlarning oz bilganicha chiqargan qarorlari tufayli qancha tadbirkorlar, yana qancha fermerlar mulkidan, necha yillik mehnati singgan yerlaridan ajralib qolyapti. 5 yil avval bir hokim qaror chiqarib bergan yer maydonini kecha kelgan yangi hokim qaror bilan olib qoyib, yerning tilini tushunmaydigan boshqa odamga berib yuborayotgan holatlar kam emas. Nimaga, deb savol bersangiz, hokim haq, u hududda mutlaq vakolatlar sohibi.

Yaqinda Adliya vaziri yer oldi-berdisi masalasida hokimlarga haddan ortiq vakolatlar berib yuborilgani, bu masala boyicha qonunchilikka ozgartirish kiritish kutilayotgani haqida gapirdi. Umuman, mahalliy davlat hokimiyati togrisidagi qonun hujjatlarini tubdan qayta korib chiqish kerakka oxshaydi.

Mamlakatdagi shuncha islohot, shuncha davatga qaramay, nega aksariyat deputatlarning topigiga suv chiqmaydi? Bu javobi kop savol. 2017 yil iyul oyida Oliy Majlisda parlament va siyosiy partiyalar vakillari bilan otkazilgan videoselektor yigilishida xalq deputatlari Kengashlari faoliyati nega tasirchan emasligi haqida bir muhim fikr aytilgan edi. Bu fikr hokimlarning hududlardagi saylov natijasiga tasir korsatishi masalasi bilan bogliq: ayrim hokimlar oz hududida otadigan saylovning ob-havosini oldindan belgilaydi, kim deputat bolishiga yollanma beradi, oz atrofiga qollovchilar, xopboladichilar komandasini yigib oladi, bazi hududlarda saylovga umuman aloqasi bolmagan boshqa idoralar ham jarayonga zimdan aralashib turadi. Bu ota ayanchli masala.

Hokimning xalq deputatlari Kengashi raisi sifatidagi maqomini bekor qilish masalasi kun tartibiga qoyilayotgan ekan, keyingi jiddiy savol qarshimizdan chiqadi. Joriy yil oxirida otadigan saylovga munosabat qanday boladi? Hududlarda qandaydir sirli royxatlar paydo boladimi, yoqmi? Bu savollarga javob holati siyosiy partiyalar va nomzodlarning, eng asosiysi, xalqimizning kayfiyatini, saylovga, demokratiyaga ishonch darajasini belgilab beradi.

Xulosa ornidagi fikr shunday. Xalqimiz taqdir taqozosi bilan har xil davrlar, turli sinovlarni boshidan otkazgan, lekin har doim bilib turgan, yaxshidan yomonni, oqdan qorani ajrata olgan. Mustaqillik zamonida, qariyb ottiz yil ichida saylovchilarning yangi, yetuk avlodi yetishdi, ular bu yilgi saylovga katta umid boglashgan. Saylov haqqoniy bolsa, mahalliy Kengashlarda, parlamentda chinakam deputatlik fazilatiga ega insonlar kopayadi. Shunda hokimlarning Kengash raisligi maqomi bekor qilinishi voqeasining hikmati ortadi, ezgu tashabbusning maqsadi, manosi chuqurlashadi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: