O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
11.06.2019

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHDA KATTALAR ORNAK KORSATISHI KERAK

Guliston ANNAQILICHEVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputati, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi:

— Yaqinda Ozbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisida Prezidentimiz farmoni elon qilindi. Bu barcha yurtdoshlarimizning etiborini tortdi desam, hech mubolaga bolmaydi. Negaki, har birimiz hayotimiz davomida qonun buzilish holatlariga guvoh bolamiz. Ularga qonuniy chora korilishini chin dildan istashimiz ham bor gap.

Farmonda belgilab berilgan yangi tizimli choralar davlat dasturini tasdiqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish boyicha respublika idoralararo komissiyaga shu sohadagi huquqbuzarliklar togrisida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qoyildi. Shuningdek, korrupsiya paydo bolishi sabablari va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yoqotish borasida muhim chora-tadbirlar ham belgilab berilgan.

Prezidentimiz otgan yili Konstitutsiya kuniga bagishlangan tadbirda «Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz», degan hamda 1177 nafar mansabdor shaxs korrupsiyaga qol urgani takidlangan edi.

Televizorda har kuni korib turibsiz: bankda, hokimiyatda, shifoxonada, prokuraturada, ichki ishlar organlarida korrupsiya. Qachon bu kasallikdan xalos bolamiz? Qachon butun mamlakat bolib unga qarshi kurashamiz?

Korrupsiya bilan Ozbekiston hech qachon oldinga qoyilgan maqsadlarga erisha olmaydi. Prezidentimiz: 1177 kishi bu juda katta raqam. Bu nima degani? Bu jamiyatimiz adolat, halollik, masuliyat, xalq ehtiyojlarini qondirish, xalqqa xizmat qilish kabi tushunchalardan hali uzoqligidan dalolat beradi, degan edi.

Yoshgina ona farzandini maktabgacha talim muassasasiga olib borar ekan, tarbiyachiga albatta biror sovga berish kerak, deb oylaydi. Shu bilan goyo tarbiyachi bolasiga yaxshi qaraydi. Sovga ota-onaning konglini xotirjam qiladi, muassasada bolasi xavfsizligini taminlaydi goyo. Eng yomoni esa bora-bora tarbiyachida sovga olish odatga aylanadi. Bundan yana aholi jabr koradi. Lekin biz bu haqda oylamaymiz, yanada aniqroq aytsak, oylashni xohlamaymiz.

Yana bir holat. Ota ogli talim muassasasini bitirgach, yillar davomida yiqqan sarmoyasini oliy dargohga oqishga kirishi uchun sarflashga shay turadi. Ammo bu mablag shu vaqtga qadar togri sarflanganda, bolaga vaqtida etibor qaratilganda, kongli xotirjam bolib davlat imtihoniga kuzatgan bolardi. Pulini kimgadir tavakkal qilib berib, yurak hovuchlamasdan, farzandining imtihondan qaytishini kutib otirardi. Afsuski, shu yosinda kelajak avlodda ham korrupsiyaga moyillikni paydo qilayotganimizni unutyapmiz.

Haqiqat yuziga tik karasak, bunday holatlar hamma sohalarga otib, chirmashib osadigan chirmovuqqa oxshab jamiyatni butkul orab olgan. Bu chirmovuqni tag-tomiri bilan yulib, uni osishdan toxtatishning iloji boladimi? Biz bugun bu savolga ha, albatta boladi, deb javob bera olishimiz kerak.

Ayniqsa, keyingi 3 yil davomida bu sohada olib borilayotgan islohotlar, korrupsiya va qonunbuzarlikning oldini olish profilaktikasi, korilayotgan keskin choralar, korrupsiyaga qarshi kurash togrisidagi qonunning amal qilayotgani bizga kuch berishi zarur.

Qoraqalpogistonda ham korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilyapti. Huquqbuzarliklarning soni kamaymoqda.

Otgan yili Qoraqalpogiston Respublikasi prokuratura organlari tomonidan hududda uyushgan jinoyatchilik hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali choralarini korish, fuqarolar huquq va erkinliklari buzilishining hamda iqtisodiyotga zarar yetkazilishining oldini olish borasida muayyan ishlar olib borildi.

Tergov qilingan jinoyat ishlari yakuni boyicha tegishli idoralarga taqdimnomalar kiritilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish choralari korib borilmoqda. Jinoyat ishlarini tergov qilish jarayonida davlat hamda jamiyat manfaatlariga yetkazilgan milliard-milliard somlik zararlar undirilishi taminlangan.

Idoralararo komissiya tomonidan jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan 6 mingdan ortiq uchrashuv, seminar hamda davra suhbatlari otkazilgan.

Ochiq aytish kerak. Bu tadbirlar korrupsiyaga qarshi kurash vazifalari ijrosini toliq taminlay olayotgani yoq. Qoraqalpogistonda bu borada qilinadigan ishlar juda kop.

Biz huquqiy ong, huquqiy madaniyatni oshirish borasida juda kop gapiramiz. Idora va tashkilotlar, oquv muassasalarida bu sohada otkazilayotgan tadbirlar, tanlovlarning son-sanogi yoq. Bunday tadbirlar asosan yoshlar orasida otkazilayotgani meni oylantiradi. Biz bu boradagi tadbirlarga koproq katta avlod vakillarini ham jalb etishimiz kerak.

Korrupsiyaning ildiziga eng avvalo katta avlod bolta urishi kerak. Oz foydasi, oz manfaati uchun davlatimiz qonunlarini buzmasligi kerak. Buning uchun biz baribir qayta-qayta inson manaviyati togrisida gapirishdan charchamasligimiz kerak.

Prezidentimiz tomonidan boshlangan korrupsiyaga qarshi ayovsiz kurash OAV, radio, televideniye, internet saytlarida oz aksini topmoqda. Yani, byudjet – xalq pulini omarayotgan, pora orqasida yetti avlodiga yetadigan mol dunyo toplayotgan korrupsionerlar kim bolishidan qati nazar, prokurormi, hokimmi, vazirmi, qonun oldida javob berayapti. Yuzlab jinoiy ishlar qozgatilyapti. Korayapmizki, oy sayin qaysidir bir katta amaldor yoki xizmatchi, xodim korrupsiya botqogiga botib, pora, degan balo ortidan jazoga tortilayapti. Yoshlar bunday kongilsiz holatlardan saboq chiqarishi kerak.

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir. Bu vazifa nafaqat huquq organlari, balki har birimizdan katta masuliyat talab qiladi. Ota-ona, idora rahbari, nuroniylar, jamoat tashkilotlari hamkorlikda bu illatga qarshi kurashda faol bolishimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: