O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
04.06.2019

GULSHAN ISTIROHAT BOGI OBOD BOLADIMI, YOQMI?

Bu savollarga kim javob beradi?

Yoshi ulug‘ kishilar yaxshi eslashadi, bundan chorak asr muqaddam poytaxtimizning Mirzo Ulugbek tumanidagi «Gulshan» madaniyat va istirohat bogi eng gavjum dam olish maskanlaridan biri edi. Bu shinam bogda bolalar va kattalar uchun oilaviy dam olish va hordiq chiqarish uchun qulayliklar yaratilgandi. Serdaraxt solim maskan, anvoyi gullar kishining bahri-dilini ochardi. Kun ora turli tadbirlar, konsertlar otkazilib turilardi.

Bir paytlar ana shu hududda uzunligi qariyb 5 kilometr, eni 4-4,5 metrni tashkil etadigan Tortariq arigi bolgan va undan oqqan suv boglarni, atrof-muhitni yashnatib, to Qibray tumani hududlarigacha yetib borgan. Toshkent shahridagi ariqlar royxatida qayd etilgan bu ariq hozir chiqindilar bilan qoplangan. Chunki irrigatsiya-sugorish tizimlari ishdan chiqqan. Bu atrofda istiqomat qiluvchi odamlar Gulshan madaniyat va istirohat bogi mahalliy mahkamalar rahbarlarining e’tiborsizligi tufayli qarovsiz ahvolga tushib qoldi...

Buning ustiga, bogning asosiy kirish qismi atrofida turli savdo-sotiq dokonlari qad kotardi, natijada uning manzarasiga ham putur yetdi. Ilgari gavjum bolgan bog ichidagi Otalar choyxonasi va sartaroshxona, yozgi va qishki kinoteatr, Xalq banki filiali, tikuv ustaxonasi huvillab qoldi, bazi birlari yopilib ketdi.

Bog yonidagi dehqon bozorcha gavjum va fayzli edi. Bu hududda ilgari bitta mahalla fuqarolar yigini bolgan, aholi soni kopayishi hisobidan bugun ular soni 6 taga yetgan. Bozorcha faoliyat korsatmayotgani uchun Nodirabegim, Shortepa, Bahor, Alisher Navoiy, Katta Qorasuv, Shukur Burhonov mahalla ahli qoshni mavzelarda joylashgan bozorlarga qatnashga majbur bolmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Ulugbek tumaniga hokim bolgan paytda uning tashabbusi bilan bu bog obodonlashtirilib, solim maskanga aylantirilgan edi.

Bogda turli attraksionlar, korgazmalar, kochma qogirchoq teatrlar va togaraklar faoliyat korsatgan, manaviy-marifiy tadbirlar otkazilgan. Kitob dokonlari, maishiy xizmat shaxobchalari Mirzo Ulugbek tuman hokimligining doimiy nazoratida bolgan. Eng muhimi, obodonlashtirish tizimi faoliyati yaxshi yolga qoyilgani uchun hududdan kuniga 2-3 marta maishiy chiqindilar olib ketilgan va hamma joy toza-ozoda bolgan. Bugun esa uning atrofini spirtli ichimliklar dokoni, bar, kafe, bir qator dorixonalar bosib olgan.

Songgi yillarda mavjud 6 ta mahalla ahli bogni obodonlashtirib, aholi dam oladigan maskanga aylantirishga komak berishni sorab iltimosnoma yozmagan mutasaddi idoralar qolmadi hisob.

Xayriyatki, ularning bu iltimosnomasini togri tushungan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxojayev tomonidan 2018 yilning 13 iyulida bogni qaytadan rekonstruksiya qilish va ishga tushirish haqida qaror qabul qilindi. Qarorda hatto bogdagi qaysi obekt qaysi tashkilot tomonidan tamirlanishi qatiy belgilab berilgan. Lekin har doim vada vafosi bilan gozal, degan aqidaga rioya qiladigan birsozli hokimning qarori negadir qogozda qolib ketmoqda, hozirgacha hech bir ozgarish bolmadi.

Mahalla ahli shu masalada yordam berishni sorab 2019 yil 8 fevralda Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasiga murojaat qildi. Boshqarma boshligi M. Yunusov imzosi bilan kelgan xatda Gulshan istirohat bogi boyicha tashabbuskor tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan loyihalar korib chiqilayotgani, agar ulardan birortasi maqul deb topilsa, oshanga tegishli qaror asosida berilishi aytilgan.

– Boshqarma boshligining aholi murojaatiga javob xati mavhum, deydi Shukur Burhonov mahallasida yashovchi otaxon Ibrohim Abduganiyev. Agar bogni tamirlash va tasarruf qilish masalasi kun tartibiga qoyilsa, allaqachon oz egasini topardi. Xatda loyihalar korib chiqilayapti, deyilgan. Lekin qachongacha korib chiqiladi? Tuyaning dumi yerga tekkandami?

Bog atrofida ikkita orta umumtalim maktabi bor. Oquvchilarning yozgi dam olish tatili davrida hamma bolani dam olish maskanlari bilan qamrab olishning iloji yoq. Mana shu bogni tamirlab, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ortaga tashlangan beshta tashabbus asosida shu atrofda yashovchi oilalar farzandlarini turli qiziqarli togaraklar bilan band qilsa boladi-ku! Bunga haliyam kech emas, faqat qunt va etibor kerak. Bundan ota-onalar ham xursand boladi, bolasining qayerda va nima ish bilan shugullanayotganidan xabardor boladi.

Bog hududida joylashgan mahallalarimizda tadbirkorlar bor, yoq emas, ular hatto bogni hashar yoli bilan ham tamirlashga rozi. Lekin ruxsat yoq, buning uchun taqdim etiladigan loyiha kimlargadir maqul bolishi va kimlargadir berilishi kerak, shekilli.

— Men shu mahallada tugilganman, deydi Lyubov Denisenko. Otam Ikkinchi jahon urushiga shu yerdan ketib, qonli janglardan eson-omon qaytib keldi. Ana shu Gulshan istirohat bogiga ota-onam, mahalla ahli bilan daraxt otqazish hasharida qatnashganini korganman. Farzandlarim, nevaralarim shu yerda katta bolishdi. Hozir bogning ahvoliga odamning ichi achiydi. Hamma joy tashlandiq, atrofda har xil dokonlar kopayib ketgan. Kochada mashinalar qatnovi tinmaydi, piyodalar yolagi tartibga olingan emas. Maktabga qatnaydigan nevaralarimiz kochani kesib otishadi, ular kelguncha xavotir olib otiramiz.

Istirohat bogini obodonlashtirishni sorab yozmagan joyimiz qolmadi. Respublika matbuotida shu haqda chop etilgan maqolalarga ham deyarli etibor berilmadi. Tuman hokimligi, Mahalla jamgarmasi tuman kengashidan Ushbu masala korib chiqilayapti, degan mavhum javob olindi, xolos. Bog nima uchun yopiq turibdi, desak, Bu joy tadbirkorga sotilgan, xususiy mulk, deyishadi. Kim sotib olgan? deb sorasak, hech kim bilmaydi.

Ilgari odamlar suv ichadigan, hozir chiqindixonaga aylanib qolgan Tortariq kanali faoliyati qaytadan tiklansa, shu hududda ekologik vaziyat yaxshilanadi, atrof-muhit kokalamzorlashadi. Biz istaymizki, Gulshan istirohat bogiga ham poytaxtimizdagi boshqa madaniyat va istirohat boglariga oxshab etibor qaratilsa, uning yon-atrofi dokon va boshqa savdo shoxobchalaridan tozalanib, ularning orniga kutubxonalar, zamonaviy kongilochar obektlar, madaniy-marifiy markazlar ochilsin.

Afsuski, bu boradagi murojaatlarimiz, javobsiz qolayapti, yoki: Sizning xatingiz falon tashkilotga korib chiqish uchun yuborildi, Murojaatingiz nazorat tartibida korib chiqiladi, degan mavhum mazmundagi javob xatidan nariga otmayapti.

Mirzo Ulugbek tumanidagi tashlandiq holda yotgan Gulshan madaniyat va istirohat bogining bundan buyongi taqdiri nima kechadi? Mahalla ahli bu borada yordam sorab qator davlat idoralariga murojaat qilgan bolsa, yana kimga murojaat qilsin?

Davlatimiz rahbari xalqning ishonchini qozonish, ularni rozi qilish lozimligini barcha yigilish va uchrashuvlarda qayta-qayta takidlamoqda. Katta-ikchik bolsin, barcha rahbarlar xalqning xizmatkori ekani uqtirilmoqda. Odamlar ozlarini qiziqtirayotgan yoki tashvishlantirayotgan savollarga oz vaqtida, aniq javob olsa, tabiiyki, xotirjam boladi. Mahalla ahli qanchalab idora va tashkilotlarga murojaat qilib kelayotganini korgan tuman hokimi mahallalar oqsoqollarini bir joyga toplab tushuncha bersa, ular gap nimadaligini tushunardi, ariza yozib, ovora bolishlarga chek qoyilardi. Biroq hozircha savol ochiq qolyapti: Gulshan istirohat bogi qachon obod boladi?

Nurulloh DOSTON,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: