O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
04.06.2019

VATANNING MEHRI 156 NAFAR ONA VA BOLANI HAYOTGA QAYTARDI

Kozim BAYZAKOV, xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi:

— Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan qaytarib kelingan vatandoshlarimiz hikoyalarini eshitgan odamning yurak-bagri eziladi.

Ochigi, vatandoshlarimizning samolyotdan tushish tasvirlarini hayajon bilan kuzatdim. Bolasini kotargan ayollarning ona yurt tuprogiga qadam qoygan chogiyoq, unga tazim qilib, tuprogini koziga surtishidan tolqinlandim. Kimdir farzandini qidirib, kimdir turmush ortogi ortidan urush ochogiga jonini xavfga qoyib borgan. Albatta, biz ularni bu xatti-harakatini oqlamoqchi emasmiz. Ammo boshqa tarafdan qaraganda, ularning barchasi ham oz ixtiyoriga kora, havasmandligidan Suriyaga yol olmagan. Prezidentimiz Toshkent viloyati faollari bilan otkazilgan yigilishda «Mehr» operatsiyasiga ham toxtalib otib, ushbu fuqarolar hayotini xavf ostiga qoyib, majburligidan ketganligini eslatdi. Haqli savollarni ortaga tashladi. Xosh, ular nima uchun ketgan? Har kim turli sabablarni keltirishi mumkin. Lekin u yerda nima boldi? Xotin-qizlarimiz insoniyligini yoqotishiga bir bahya qoldi.

Har kuni matbuot va internet saytlarini, xorijiy telekanallarni kuzatib boraman. Shu boisdan jahonda qanday ozgarishlar, xunrezliklar sodir bolayotganini yaxshi bilaman. Bilish bilan birga tahlil qilishga urinaman. Suriyadagi davomiy urush oqibatida bir avlod arosatda qolmoqda. Bu esa tiklanishga muhtoj mamlakat kelajagi uchun katta zarar, jiddiy yoqotishdir. Mojaro boshlanganda tugilgan bolalar haligacha tinchlik, bolalik nimaligini bilmaydi. Oilasi bilan urushdan qochganlar ham mojaro asoratlari bilan yuzlashmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, urushning keti korinmayotgani suriyaliklarga jismoniy, ruhiy va manaviy shikast yetkazmoqda. Ayni kunda qariyb ikki million bola talim olishdan mahrum, mamlakatni tark etishga majbur bolganlardan bir millioni esa yetarlicha bilim olmayapti. Har bir suriyalik oiladan kamida bir odam qurolli toqnashuvlar natijasida halok bolmoqda.

Ommaviy axborot vositalarida elon qilingan yurtimizga qaytarilgan oilalar bilan suhbatni oqidim. Undagi quyidagi jumlalar xayolimni hech tark etmayapti. Katta oglim ilm olishga qiziqqani uchun qishloqdagi madrasaga oqishga qatnay boshladi. Lekin bir kuni shu madrasaga bomba tushdi. Hali on sakkizga tolmagan oydek oglim shu fojiada parcha-parcha boldi. Boyi-boyimdan baland, orzulari bir dunyo bolgan bolajonimning tirnogini ham qayta kormadim. Farzand dogi onani to tirik ekan hech qachon tark etmaydi. Bu haqiqat. Biroq ayolning boshiga tushgan bunday ogir savdo shu bilan tugamadi. 2018 yilga kelib, 16 yoshga qadam qoygan ikkinchi ogli Abduxoliq non topib kelish ilinjida kochaga chiqib ketib, uyga qaytmadi. Uning hayotida ham akasining taqdiri takrorlandi. Bolasidan umidi uzilgan onaizor qon daryosidan uning kiyimidan bir parcha qidirdi, biroq topa olmadi...

Yurtiga qaytarilgan 156 nafar ayollar va bolalarning taqdiridan xulosa qilib, insonning baxti, qaygusi ham Vatanida kechishi kerakligini anglaysan. Tinch mamlakatda yashayotganingga shukrona keltirasan. Haqiqatan ham, inson faqat kindik qoni tokilgan yurtida ozini magrur, xotirjam va baxtiyor his eta oladi.

Xulosa ornida aytishim joizki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan Mehr insonparvarlik amaliyotining otkazilishi xalqaro hamjamiyat tomonidan mamlakatimizda olib borayotgan tinchlikparvar siyosat, deb baholanib, alohida etirof etilmoqda. Ushbu gumanitar amaliyot inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi asosiy xalqaro hujjatlarga toliq rioya etilgan holda amalga oshirildi. Ozbekiston fuqarolik pasportida muhrlanganidek, Ozbekiston oz fuqarolarini qayerda bolishidan qati nazar himoya qiladi. Zero, Bosh Qomusimizda ham bu haqda shunday deyilgan: Ozbekiston Respublikasi oz hududida ham, uning tashqarisida ham oz fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik korsatishni kafolatlaydi.

Xusan ABDUNIYAZOV, xalq deputatlari Dostlik tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Muborak Ramazon kunlarida Yaqin Sharq va Suriyadan ozbekistonlik 156 nafar ayol va bolaning yurtimizga qaytarilishi olamshumul voqea boldi.

Bundan butun xalqimiz ich-ichidan quvondi, jabr korgan ayollar va bolalarning vatanimiz sarhadiga qoygan qadami-yu, onalarning oz ona yeriga bosh qoyib, koz yosh bilan tavba-tazarru qilishlari, Allohga shukronalar, Prezidentimizga esa rahmat aytganlarini OAVda korib, har bir insonning kongli yumshab ketgan bolsa, ajab emas.

Bu, albatta, ozbek xalqiga xos bolgan bagrikenglik, kechirimlilik, insonparvarlik va mehr-oqibatdan dalolatdir.

Hukumatimiz tomonidan Mehr amaliyoti ozbek xalqiga xos bolgan odamiylikning eng oliy namunasi boldi. Begubor farzandini kotarib intervyu bergan onalarning koz yosh bilan bildirayotgan minnatdorchiliklari, togrisi, qalbimizni junbushga keltirib yubordi.

Qaytarib kelingan vatandoshlarimiz Toshkent viloyatidagi Boston sihatgohiga joylashtirilib, ularga tabiiy va ruhiy yordam korsatilmoqda. Kecha yana bir quvonchli xabar eshitdik. U yerdagi bolalarga talim, tarbiya berish uchun pedagoglar guruhi yuborilibdi. Qorongu kunlar ortda qoldi, endi bolalar uchun yorug hayot boshlanyapti. Davlat va jamiyat gamxorligi bilan bu bolalar yetuk insonlar bolib yetishishiga, onalariga baxtli kunlar korsatishiga, Vatanga sodiq xizmat qilishiga ishonamiz.

Biz, deputatlar aholi bilan uchrashuvlarda bu xayrli ishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirishimiz, adashgan kishilarning qismatidan saboq chiqarishga undashimiz lozim, deb oylayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: