O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
28.05.2019

BUGUNNING TALABI QATIY

Professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bitiruvchilar bilim darajasini belgilaydi

Ibrohim YOLDOSHEV, Ozbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori:

— Bugun zimmamizga yuksak vazifalar yuklanmoqda. Biz hozirgacha qilgan ishlarimiz qoyilayotgan talablarga javob bermasligini anglab turibmiz. Prezidentimiz ilgari surayotgan vazifalarni uddalash uchun avallo oz vazifamizga munosabatni mutlaqo ozgartirishimiz zarur. Har kuni yangilikka, tashabbusga intilib yashashimiz lozimligini bugungi hayot korsatmoqda. Aks holda zamon talabiga mos kadrlarni tayyorlash mumkin emas.

Bizning institutimiz misolida oladigan bolsak, kechagi ahvol bilan bugungi imkoniyat va yutuqlar ortasida yer bilan osmoncha farq bor, desak mubolaga bolmaydi.

Ozbekiston davlat sanat va madaniyat institutining bakalavriat talim yonalishlariga kirish otgan yildan boshlab test sinovlarisiz, kasbiy (ijodiy) imtihonlar orqali amalga oshirila boshlandi. Bu tajriba iqtidorli yoshlarning institut talabasi bolish imkoniyatini yanada kengaytirdi.

Mamlakatimizda sanat va madaniyat sohasini rivojlantirish uchun keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Har bir hududda zamonaviy madaniyat maskanlari, amfiteatrlar bunyod etilayapti, talim dargohlari samarali faoliyat yurityapti. Respublikamiz boylab turli sanat va madaniyat festivallarining davomli tashkil etilayotgani bu sohadagi islohotlarning naqadar ahamiyatli ekanligini korsatib turibdi.

Oliy talim muassasasining orni, bitiruvchilarning bilim darajasi yosh avlodga talim-tarbiya berayotgan professor-oqituvchilarning ilmiy salohiyati bilan bogliq. Ozbekiston davlat sanat va madaniyat institutida songgi bir yil mobaynida 17 nafar oqituvchi dotsent hamda professor ilmiy unvoniga, 8 nafar xodim esa falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boldi. Ana shu say-harakatlar samarasi sifatida institutning ilmiy salohiyati 46,2 foizga yuksaldi.

Talabalarning bilim olishi va oz sohasini har tomonlama chuqur organishida eng avvalo, sohaga doir oquv adabiyotlarining salmogi muhim ahamiyatga ega. Oquv qollanmalari qanchalik kop bolsa, oqituvchining dars jarayonini tushuntirishi, talabaning esa tushunishi shunchalik oson kechadi. 2017 yilda barcha talim yonalishlari kesimida sanat va madaniyatga oid fanlarga taalluqli oquv adabiyotlari bilan taminlanganlik darajasi organilib, tahlil qilindi.

Natijalarga kora, sohaga doir 144 fandan oquv adabiyotlari yaratish lozimligi aniqlandi. Endi tasavvur qiling, talabalar shu paytgacha mazkur fanlarni ozlashtirishda manbalarni qayerdan topishdiykin? Agar Qoqon yoki Navoiy davlat pedagogika institutlari bolganida, zaruriy oquv adabiyotlarini Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan olish mumkin edi.

Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti respublikamizda yagona yetakchi oliy talim muassasasi sanaladi. Mutaxassislik boyicha oqitiladigan adabiyotlar soni esa yetarli emas. Ana shu muammoni hal etish maqsadida institut professor-oqituvchilari orasidan mualliflar guruhi tuzilib, 2018-2019 oquv yilida eng zarur bolgan 80 ga yaqin oquv adabiyoti, 2019-2020 oquv yilida 60 dan ortiq oquv adabiyotini yaratish rejalashtirildi. Mualliflar tomonidan taqdim etilgan darslik mavzulari va ularning qamrov darajasi muntazam ravishda muhokama etib borildi. Mavjud muammolar oz joyida hal etildi.

Natijada 76 fandan oquv adabiyoti yaratildi. Oliy va orta maxsus talim vazirligining Muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan tasdiqlanib, chop ettirish uchun sertifikat olindi. Bugunga qadar 24 nomdagi oquv adabiyotlari chop etilib, institut Axborot-resurs markazi fondiga qoyildi. Ulardan talabalar samarali foydalanishmoqda.

Institut talabalari turli Respublika va Xalqaro tadbirlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Yaqinda teatr sanati fakulteti talabalari Buyuk Britaniyaning jahonga mashhur Rouz Brufort universitetida yilda bir marotaba tashkillashtiriladigan «Xalqaro talabalar diplom spektakli»da ishtirok etib qaytishdi. Safar davomida talabalar tomonidan sahnalashtirilgan, mashhur yozuvchi Shekspirning shoh asari Gamlet ingliz teatrida ozbek tilida ijro etildi. Uni sahnalashtirishda bir necha oy davomida yosh ozbek talabalari bilan birga mehnat qilgan Rouz Brufort universiteti professori Jon Takkerning xizmatlarini ham alohida etirof etish lozim. Ozbekistondagi bir necha oylik faoliyati davomida britaniyalik professor Gamletda oynovchi yoshlarni shaxsan ozi saralab oldi va ular bilan bir necha oy davomida tinimsiz mehnat qildi.

Joriy yilning mart oyida Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti talabalari ilk marotaba Rossiyada MDH davlatlari orasida otkazilgan GITIS-master-klass Xalqaro teatr festivalida Mixail Bulgakov asari asosida tayyorlangan pantomima korinishidagi Artist nomli sahnalashtirilgan teatr tomoshasini namoyish etib, Eng mohir rejissyor nominatsiyasida birinchi darajali diplom, Eng yaxshi plastik sahna asari nominatsiyasida Etirof diplomini qolga kiritishdi.

Cholgu ijrochiligida tahsil olayotgan yoshlarning bir guruhi Ispaniyaning Kataloniya shahrida otkazilgan sanat yonalishidagi Xalqaro tanlov va festival Fiestalonia Milenioda ishtirok etishdi. Festival doirasida Xalq ijodiyoti fakulteti 4-bosqich talabasi Bahodir Baratov qashqar rubobida kuy ijro etib, ikkinchi orinni qolga kiritdi. Cholgu ijrochiligi kafedrasi yetakchi konsertmeysteri Ayapbergen Otegenov fortepyano ijrochiligi yonalishida 30 yoshdan oshgan oqituvchilar ortasida birinchi orinni oldi.

Bundan tashqari, institut oqituvchi va talabalari Rossiya Federatsiyasida tashkil etilgan Serebryanaya shpaga X Xalqaro sahna qilichbozligi festivalida, Moldova Respublikasida bolib otgan jahon teatr va kinematografiya maktablari ortasida otkazilgan Class Fest Xalqaro festivalda, Tojikiston poytaxti Dushanba shahrida otkazilgan Kaplya nomli talabalarning qisqa metrajli filmlari Xalqaro festivalida va boshqa koplab nufuzli korik-tanlovlarda ishtirok etib, sovrinli orinlarni qolga kiritib kelmoqda.

Ozaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish maqsadida dunyoning koplab sanat va madaniyatga ixtisoslashgan talim muassasalari Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti bilan hamkorlik qilish niyatida muzokaralar olib bormoqda. Bugungi kunda institutning mavjud xalqaro shartnomalari soni 20 taga yetdi. Xususan, otgan davr mobaynida Chelyabinsk davlat madaniyat instituti, T.Jurgenov nomidagi Qozogiston milliy sanat akademiyasi, Qirgiz-turk Manas universiteti, Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat madaniyat va sanat instituti, Koreya Milliy sanat universiteti, Belorus davlat sanat va madaniyat instituti, Dong-A sanat va media instituti va boshqa koplab uzoq tarix hamda katta tajribaga ega xorijdagi talim muassasalari bilan turli kelishuvlar imzolandi.

Chelyabinsk davlat madaniyat instituti bilan imzolangan ozaro hamkorlik doirasida mart-aprel oylarida rossiyalik talabalarning bir oy davomida OzDSMIda tahsil olgani va ozbekistonlik yoshlarning Chelyabinskda tajriba almashib qaytishi ozaro kelishuvlarning amaliy natijasi boldi.

Prezidentimiz tomonidan imzolangan Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarorda kelgusida Toshkent shahrida Rossiya sanat oliygohining qoshma fakultetini ochish korsatilgan. Yaqinda mazkur oliy talim muassasasining ikki nafar prorektori hamda Oliy kinematografiya kursi direktoridan iborat guruh ana shu masala boyicha institutda boldi.

Muzokaralar natijasida Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti qoshida S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya kinematografiya davlat institutining ijodiy markazi rasman tashkil etildi. Markazning asosiy maqsadi qarorda belgilangan vazifalarni, xususan, 2019-2020 oquv yilidan etiboran Ozbekiston davlat sanat va madaniyat instituti bakalavriatining ixtisoslashgan yonalishlari bitiruvchilari uchun Kinematografiya instituti assissentura-stajirovkasi, Ijro etuvchi prodyuser, Dramaturgiya va Audiovizual sanat rejissurasi mutaxassisliklari boyicha kadrlarni saralash va oqishga tavsiya etish, institut oqituvchilarini malaka oshirishga tanlab yuborish boyicha takliflar tayyorlash, har ikki institut talabalarining ozaro amaliyotlarini tashkil etish, 2020-2021 oquv yilida Respublikamizda Kinematografiya instituti filialini ochishga zamin hozirlash kabilardan iborat.

Prezidentimizning kechagi uchrashuvida bildirgan tanqidiy fikrlari, belgilab berilgan vazifalari talim sohasida yangi davrni boshlab berishga xizmat qiladi. Bu jarayon bizdan yanada jiddiy izlanishni oz ishimizga tanqidiy yondashishni, fidoyi bolishni talab etadi.

***

Mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, 2030 yilga qadar Global innovatsiya indeksida ilgor 50 mamlakat qatoridan joy egallashi boyicha keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun, eng avvalo, ilm-fan sohasining meyoriy-huquqiy asosini mustahkamlash maqsadida Fan togrisida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qolaversa, otgan qisqa davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi.

Oliy talimga innovatsiya investitsiyalarini – xorijiy talim-ilm texnologiyalarini jalb etish borasida ham keng kolamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2018 yilda yurtimizda Rossiyaning 2, Janubiy Koreyaning 2, Latviyaning 1 oliy talim muassasasi filiallari tashkil etildi. Joriy yilda Hindistonning 2, Rossiyaning 2 va AQShning 1 oliy talim muassasasi filiali talabalarni qabul qiladi. Ulardagi talim jarayoniga 832 nafar xorijiy mutaxassis jalb etilgan.

Axmet REIMOV, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori:

Bizni qiynayotgan masala nima edi? Bugun ishlab chiqarish, iqtisodiyotning real sektori oquv jarayonidan, ilmiy tadqiqot yonalishlarimizdan ham oldinlab ketdi. Ularga yetib olish uchun esa oquv rejalarimizni rivojlanish tezligi boyicha ozgartirishimiz shart edi. Yani, vaziyat ishlab chiqarish bilan oquv jarayonining integratsiyalashuvini taminlashni talab etayotgandi. Yangi qarorga binoan shu huquq oliy talim muassasalariga berildi. Vazirlikka talim standartlarini belgilash va tasdiqlash vakolatini berdi. Bu boylangan qollarimizni yechib yubordi, desam hech mubolaga bolmaydi.

Oquv jarayonida moddiy-texnik bazaning qay holatda ekani ham sifat korsatkichida muhim sanaladi. Prezidentimiz bu borada mutlaq yangi modellar, zamonaviy uskunalarni joriy etish borasida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Muhimi, moliyaviy manbalar ham aniq korsatib berildi. Shuningdek, kelasi yildan ilmiy muassasalarni togridan-togri davlat byudjetidan moliyalashtirishga otkazish taklifi olimlar tomonidan qollab-quvvatlandi.

Eng muhimi, professor-oqituvchilar, yosh olimlarning ijtimoiy himoyasiga alohida etibor qaratildi. Bugun ikki oliy talim muassasasi misolida aytishim mumkinki, yosh olimlar uchun turar-joy majmualarining qurilish ishlari boshlanganiga guvoh boldik. Bularning barchasi bizning bir necha on yillik orzularimiz edi. Zamonaviy laboratoriyalar, talabalar turar-joylarini tamirlash, zamonaviy sharoit yaratish borasida ham kerakli hujjatlar qabul qilindi.

Endigi masala mana shu imkoniyat va yaratilgan sharoitlarga javobimiz qanday bolishida. Biz bunga munosib javob qaytarish uchun oz faoliyatimizni tanqidiy tahlil qilib, shaxsiy masuliyatimizni oshirishimiz, javobgarlikni his etib, tunu kun ishlashimiz kerak boladi.

Komiljon TOJIBOYEV, Ozbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi Botanika instituti direktori, akademik:

Uchrashuv mamlakatimizda ilm-fan, oliy talim sohasini rivojlantirish, olinayotgan natijalarni amaliyotga joriy etish borasidagi dolzarb masalalarga bagishlandi. Davlatimiz rahbari yangi fikr, yangi goya, innovatsiyaga tayangan davlatning kelajagi buyuk bolishini takidladi. Bu borada Fanlar akademiyasining olimlari, xususan, Milliy universitet, oliy talim muassasalarining mutasaddilari oldiga qator yangi vazifalar qoyildi.

Botanika institutimiz otaxon universitetning biologiya fakulteti bilan birgalikda 20 dan ortiq bakalavr va magistrlarning dissertatsiya ishlari bajarilishida bosh-qosh bolmoqda. Shu bilan birga, ular institutimizda xodim sifatida ishlamoqda. Mazkur tajriba kelajakda avlodlar almashinuvida qol keladi, deb oylayman.

Otgan yili Prezidentimiz tashabbusi bilan institutimizga Milliy gerbarg maqomi berildi. Bu hodisa oz navbatida xalqaro nufuzimiz ortishiga asos boladi. Xususan, bugungi kunda 1831-1835 yillardan buyon yaxshi saqlanib kelayotgan gerbarglardan nafaqat ilmiy izlanish jarayonida, balki darslarda ham foydalanilmoqda.

Gerbarglar xorijiy olimlarning ham etiborini jalb etyapti. Natijada ilmiy izlanish sifati oshmoqda. Milliy gerbargni raqamli formatga otkazish borasida Germaniyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikda ish olib borildi.

Orol dengizi tubidagi maydonlarni ozlashtirish, u yerda yashil ormonlarni barpo etish borasida Urumchi shahridagi Geologiya-geografiya instituti bilan birgalikda qiymati 432 ming AQSh dollarilik loyiha imzolandi. Orol dengizi hududida innovatsion uslublarga asoslangan yangi loyihani ishga tushirish rejalashtirildi. Buning uchun dunyoning qurgoqchil hududlarida qollanilib kelinayotgan xalqaro tajribalardan foydalanish kozda tutilgan.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbusning biri yoshlarni ilm-fanga jalb qilishdir. Lekin qotib qolgan olimlar bilan bu ishni amalga oshirib bolmaydi. Shuning uchun institutimizda lavozim yoriqnomalari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Bu oz-ozidan ichki soglom raqobat ruhini shakllantirdi. Ayrim xodimlar raqobatga dosh berolmadi. Boshayotgan joylarga yosh olimlarni jalb eta boshladik. Oxirgi yillarda qabul qilingan yosh olimlar institut salohiyatini 40 foizga oshirdi. Otgan yili 20 ga yaqin olim chet eldagi eng nufuzli institutlarda tajriba almashish imkoniga ega boldi. Bilasizmi, ularning xitoylik hamkorlar bilan erishayotgan natijalari fan olamida yangilik bolishi mumkin.

Agar sharoit yaratib bersak, yoshlarning ilmiy tashabbuslari har bir ilm maskanida kopayadi, ularning yutuqlari hammamizni hayron qoldiradi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Mahliyo ALIQULOVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: