O'zb  
 
28.05.2019

ILM VA OLIM QADRI

Qalandar ABDURAHMONOV, akademik:

Prezident Shavkat Mirziyoyevning fan va ta’lim sohasida yuksak marralarni ko‘zlab olib borayotgan ezgu ishlari allaqachon oz natijasini bera boshladi.

Ozbekiston Milliy universitetida Prezidentimiz tomonidan otkazilgan yigilishda ishtirok etar ekanman, biz yillar davomida bir butunlikda rivojlanishi shart bolgan ilm-fan va talim tizimini notogri boshqarganimizni yana bir marta anglab yetdim. Oshanda islohotlar birinchi bogindan emas balki, orta bogindan boshlangan edi. Bu esa poydevorsiz imoratga oxshardi. Bugun ilm-fan va talim tizimining barcha boginlari birgalikda taraqqiy etmoqda. Buni quyidagi omillarda ham korish, anglash mumkin. Ilm-fan va talimni rivojlantirishni bugungi strategiyasida biror bir orinda boshliqqa yol qoyilmagan.

Birinchi navbatda, maktabgacha talim muassasalariga yangidan hayot bagishlandi. Togrisini tan olganimizda mazkur tizim mamlakatimizda tugatilish arafasida turgan edi. Aslida bola tarbiyasida boshlangich va asosiy hal qiluvchi bogin hisoblanadigan, bolalarni jamiyat tomon dastlabki qadamlari tashlanadigan maktabgacha talim muassasalari qisqa vaqt ichida katta imkoniyat va salohiyatga ega tuzilmaga aylandi.

Ikkinchi navbatda, maktab va kasb-hunar talimi yonalishi keskin isloh etildi. Yillar davomida ozini oqlamagan kollej va litseylar tizimi qaytadan korib chiqilib, 11 yillik maktab talimini tiklash izchillik bilan amalga oshirildi. Jamiyatda muallimning obro etibori yuksaldi. Bosqichma-bosqich oqituvchilar maoshi oshirildi. Bu jarayon yana davom etmoqda. Mazkur tizimga chetdan aralashishlarga barham berildi. Maktab va muallim qadri kotarildi. Suniy tosiqlar olib tashlandi. Bu borada ota-onalar va keng jamoatchilik fikr-mulohazalariga tayanildi.

Uchinchi navbatda, va eng muhimi oliy talim muassasalari professor-oqituvchilari oldiga aniq vazifalar qoyildi. Prezidentimiz alohida takidlaganidek, bugun bizga son emas, sifat kerak. Oliy talim tizimida qotib qolgan va amalda ozini oqlamagan koplab eskicha qarash va tushunchalardan voz kechildi. Bosh maqsad kadrlar tayyorlashning zamonaviy talablarini ozlashtirish, bu borada xorij tajribasini organish belgilandi.

Tortinchi navbatda, Ozbekiston fanlar akademiyasi va uning tasarrufidagi ilmiy tekshirish institutlari faoliyatini yolga qoyish, ularning moddiy-texnik bazasini tiklashga jiddiy etibor qaratildi. Olimlar va ularning ixtirolarini moddiy va manaviy jihatdan qollab-quvvatlash boshlandi, ilm-fan rivoji yolidagi tashabbuslarga keng yol ochildi.

Muxtasar aytganda, ilm va olim qadri oz joyiga qoyildi. Endi Ozbekiston ilm-fan mamlakatiga aylanishi, istedodlar, kashfiyotchilar yurti sifatida butun dunyoga tanilishi, tan olinishi uchun katta imkoniyatlar yaratildi.

Men kop chet ellarda bolganman., xorijlik olimlar bugun Ozbekistonda olib borilayotgan talim va ilm-fandagi islohotlarni zor mamnuniyat va qiziqish bilan kuzatishayotganliklarini aytishadi. Bu boradagi tashabbuslarni butun dunyoga namuna qilib korsatish kerakligini takidlashadi.

Ozbekistonda ilm-fan va olim qadri tobora yuksalayotgani, bu jarayonga davlatimiz rahbarining ozi rahnamolik qilayotganidan faxrlanamiz. Bu etiborning masuliyatini ham yaxshi anglab turibmiz. Bugun biz ilm va fanni rivojlantirish, yuksak malakali kadrlar tayyorlash orqaligina mamlakatimizni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishimiz mumkinligini, bundan boshqa yol yoqligini chuqur anglab olishimiz kerak.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: