O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyun 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
21.05.2019

DIREKTOR HIMOYAGA OLINDI, AYBDORLAR BILAN MEHNAT SHARTNOMASI BEKOR QILINDI

Gazetamizning joriy yil 23 aprel sonidagi «Maktab direktori nega bo‘shatildi?» sarlavhali maqolada Urganch shahridagi 24-sonli umumta’lim maktabi direktori Z.Ibragimov bir necha marta noqonuniy ishdan boshatilgani, unga turli tashkilotlar tomonidan bosim otkazilayotgani haqida soz yuritilgan edi. Xalq talimi vazirligi ushbu maqolada keltirilgan holatlar boyicha quyidagilarni malum qildi:

Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi boshligining 2018 yil 23 iyuldagi 149-K-sonli buyrugi bilan Z.Ibragimov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 4-bandiga binoan bekor qilingan.

Z.Ibragimovning fuqarolik ishlari boyicha Urganch tumanlararo sudiga boshqarmaning 2018 yil 23 iyuldagi buyrugini bekor qilish boyicha davo arizasi kiritilgan va ushbu sudning 2018 yil 7 dekabrdagi Qarori bilan Z.Ibragimovning davo arizasi qisman qanoatlantirilgan.

Xorazm viloyat xalq talimi boshqarmasi tomonidan ushbu sud qarorini bekor qilish boyicha yuqori organga appelyatsiya shikoyati berilgan. Fuqarolik ishlari boyicha Xorazm viloyat sudi 2019 yil 26 mart kuni Xorazm viloyat xalq talimi boshqarmasining appelyatsiya shikoyati va Urganch shahar prokurori J.Davlatovning 2019 yil 12 fevraldagi 14/19-son protestini qanoatlantirmasdan qoldirgan.

Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi Urganch tumanlararo sudining 2018 yil 7 dekabrdagi qarori ijrosini taminlagan. Boshqarma boshligining 2019 yil 7 fevraldagi 037-K-sonli buyrugi bilan Z.Ibragimov 24-son umumtalim maktabi direktori lavozimiga tiklangan. Z.Ibragimov majburiy progul kunlari uchun ish haqini toliq olganligi va majburiy ijro byurosiga hech qanday etirozi yoqligi haqida joriy yilning 7 fevral kuni tilxat yozib bergan.

Organish jarayonida aniqlanishicha, haqiqatan ham maqolada yoritilgan salbiy holatlarning yuzaga kelishiga yol qoyganligi va boshqa kamchiliklari uchun Xalq talimi vazirining buyrugiga asosan Xorazm viloyat xalq talimi boshqarmasi boshligi E.Xudoynazarov va Urganch shahar xalq talimi bolimi mudiri Q.Gafforov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Hozirgi kunda Urganch shahridagi 24-son umumtalim maktabi direktori Z.Ibragimov oz lavozimida ishlamoqda va uning faoliyati bevosita vazirlikning nazorat-huquqiy xizmati nazoratiga olindi. Xalq talimi vazirligi masul xodimi tomonidan maktab direktori Z.Ibragimovga vazirlikning nazorat-huquqiy xizmati ishonch telefoni raqami berilib, yuqori tashkilotlar tomonidan unga nisbatan uyushtirilayotgan tazyiq yoki boshqa salbiy harakatlar haqida ogohlantirishi mumkinligi tushuntirildi.

Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasi rahbar va masul xodimlari tegishli masalalar yuzasidan ogohlantirilib, ularga oz ish faoliyatini tanqidiy tarzda qayta korib chiqib, meyoriy hujjatlarni amaldagi qonun va qonunosti hujjatlariga muvofiq ravishda qabul qilish, Urganch shahridagi 24-son umumtalim maktabida soglom ishchi muhitini yaratish boyicha zaruriy korsatmalar berildi

Vazirning birinchi orinbosari A.Umarov.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: