O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
21.05.2019

VAZIR VA UNING ORINBOSARLARI MATBUOT ANJUMANIGA NEGA KELMAYDI?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 28 fevralda «Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» goyasi asosida davlat va jamiyat hayotidagi muhim masalalar boyicha otkaziladigan brifing va matbuot anjumanlari rejasi tasdiqlangan.

Ushbu rejaga asosan brifing va matbuot anjumanlari otkazilishi an’anaga aylangani jurnalistlarni mamnun etmoqda.

Ozbekiston Milliy matbuot markazi rahbariyati nomidan kelayotgan xatlarda matbuot anjumani yoki brifingda vazirlik, qomita va idoralarning rahbariyati ishtirok etadi, deb aytiladi.

Songgi vaqtlarda otkazilayotgan matbuot anjumani va brifinglarning saviyasi biroz tushib ketgandek, nazarimda. Chunki tadbirni tashkillashtirayotgan masul idora rahbari yoki birinchi orinbosari, hech bolmaganda, orinbosari kelib respublika ommaviy axborot vositalariga malumot berish orqali oz idorasi faoliyatidan aholini xabardor qilish orniga, boshqarma boshligi, bolim boshligi yoki bolim boshligining orinbosari kelib, nari-beri axborot berishni maqul korayotgandek.

Bu fikrni aytishimizga sabab bor. Kecha Xalq talimi vazirligi tomonidan xalq talimi tizimida 2018-2019 oquv yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagishlangan matbuot anjumani otkazildi.

Xalq talimi tizimidagi masalalarga hech qaysimiz befarq qaray olmaymiz. Chunki barchamizning farzandlarimiz yaxshi talim olishi, mamlakatning ertangi taqdiri bevosita mazkur tizimga bogliqdir. Shu boisdan ushbu matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari nisbatan koproq ishtirok etdi. Bazi tahririyatlardan uchtalab muxbir qatnashdi. Chunki tizimga bogliq savollar kop edi. Tadbir boshlanishi oldidan jurnalistlarni vazirlik rahbarlaridan kim ishtirok etarkan, degan savol qiziqtirardi. Kopchiligi vazirning ozi ishtirok etsa, yaxshi bolardi, derdi.

Shu alfozda matbuot anjumani boshlandi. Xalq talimi vazirligining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar shobasi mudiri Anvar Umarov tadbirning asosiy ishtirokchilarini jurnalistlarga tanishtirdi. Matbuot anjumanida Erkin Murodov, Sarvar Sadullayev, Murodjon Karabayevlar ishtirok etmoqda, dedi. Endi savol tugiladi, ular vazirlikda nima ish qiladi ozi? Shunda jurnalistlar mobil telefoni orqali internetga kirib, vazirlikning saytidan ularning qaysi lavozimda ishlashini bilib olishdi. Erkin Murodov umumiy orta talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligi, Sarvar Sadullayev maktablarning istiqbolli modellari va davlat-xususiy sherikchilik boshqarmasi boshligi, Murodjon Karabayev esa maktabdan tashqari talim, sport va turizmni tashkil etish boshqarmasi boshligi ekan.

Jurnalistlardan biri mayli, tushunamiz, vazirning ishi kopdir, ammo beshta orinbosari bor-ku, mayli bittasi vakant ekan, shunda ham tortta orinbosaridan bittasi kelib qatnashsa boladi-ku, deb qoldi. Yana bir jurnalist esa Oldingi matbuot anjumanlarida ham vazirlik rahbariyatidan hech kim qatnashmagandi. Bu safar ham shunday boldi, deb qoydi.

Togrida, har chorakda bir marotaba otkaziladagan matbuot anjumaniga vazir bolmasa, vazirning orinbosarlaridan biri ishtirok etishi mumkin-ku. Matbuot anjumanini vazir yoki vazir orinbosarlarining vaqtiga qarab rejalashtirish ham mumkin-ku...

Vazirlik masullari bergan malumotlardan song jurnalistlar savollari boshlandi. Aksariyat ota-onalarni kopdan beri qiynab kelayotgan, ming marta aytilsada, chek qoyilmayotgan muammo togrisida savol berildi:

— Farzandi maktabga boradigan ota-onaga turli pul yigimlari masalasi juda yaxshi tanish. Sinf fondi, maktab fondi, tamirlash, bayram dasturxoni va hokazolar uchun ota-onalardan oquvchilar orqali pul yigish togri ishmi? Ayniqsa, maktab tamiri uchun pul yigish? Chunki har yili maktablarni tamirlash uchun davlat tomonidan mablag ajratiladi-ku?

Ushbu savolga vazirlikning umumiy orta talim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligi Erkin Murodov javob berdi.

Vazirlik tomonidan maktablarda talim olayotgan oquvchilardan biron narsaga pul yigilishiga umuman yol qoyilmaydi va maktab direktori yoki oqituvchisiga biron narsaga pul yigish lozimligi togrisida hech qanday korsatma ham berilmagan. Oquvchilardan biron narsani rokach qilib pul yigish noqonuniy hisoblanadi.

Bundan tashqari, jurnalistlar tomonidan talim tizimi boyicha aholini oylantirib kelayotgan koplab savollar berildi. Vazirlikning boshqarma boshliqlari ozlarining vakolati doirasida imkon qadar javob berishga harakat qilishdi.

Togri, boshqarma boshliqlari savollarga javob berishdi. Jurnalistlar savollarini ular rahbariyatga yetkazishar. Ammo bu muammolarni vazirlik rahbarlari oz quloqlari bilan eshitsa, tasiri boshqacharoq bolishi tabiiy. Shuningdek, vazir yoki uning orinbosarlarining ozidan malumot olish, fikr eshitish jurnalistlarga ham boshqacha tasir qilardi...

Toshtemir XUDOYQULOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: