O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
14.05.2019

BOGDORCHILIKDAGI MUAMMOLAR

To‘gri, xorijdan organish, tajriba almashish kerak, lekin unga mutlaqo tobe bolib qolish yaramaydi.

Dehqonchilik, bogdorchilik, umuman, har qanday ilm yangilikni talab etadi. Bu bugun paydo bolgan tushuncha emas. Bizgacha ham koplab ishlar amalga oshirilgan, tadqiqotlar, izlanishlar olib borilgan. Oxirgi paytda shoshganidanmi, tushunmaslikdanmi, bir necha yillar oldin qilingan tajribani «mana buni men yaratdim», deb korsatadiganlar kopayib boryapti. Misol uchun, bir korgazmada yosh qizlar nitrofen olib kelib, yangilik yaratdik, dedi. Ularning ustozlari bilan tortishib qoldim. Otgan asrning 60-yillarida bu qollanilgani, yoshlar bilmasa, kattalar bundan xabardorligini, birovning mehnatini oziniki qilib korsatish notogriligini tushuntirishga harakat qildim. Bu ilm-fan taraqqiyoti, rivojiga aks ta’sir korsatadi, deb oylayman. Davlat rahbari ham yangilik olib kirishni, zamonaviy goyalar asosida ish tutishni kutmoqda.

Masalan, intensiv bogni olaylik. Odamlar kochatni ekib qoysang, olma uyga, zavodga ozi boradigan, deb oylagandi. Yoq, aslida bu katta mehnat, sabr, asosiysi, togri parvarish talab etadigan jarayon sanaladi. Ana shundan qochmaganlar bugun rohatini koryapti, mahsulotlarini chet elga eksport qilmoqda. Bozorlarimizda ayrim mevalar ancha arzon, lekin ayni pishiqchilik paytida ham narxi tushmaydigan meva-chevalar kop.

Shu bilan birga, turli konsentratlar, xushboyliklar, ranglar qoshilgan ichimliklar inson salomatligi uchun naqadar ziyon ekanini aytishdan chochimayman. Ana shu mahsulotlar ornini tabiiy sharbatlar, mevali ichimliklarni kopaytirish va zararli mahsulotlarni bozorlardan chiqarib yuborish lozim. Kuzatgan bolsangiz, xorijdan kelgan mehmonlar faqat oddiy, gazlanmagan suv ichadi va mahsulot tarkibini oqib, organib chiqib, salomatlik uchun zararsiz bolganini tanlaydi. Bizda ham shu odatni shakllantirish zarur.

Intensiv boglarni asosan togoldi tumanlarda tashkil etish kerak. Chunki bog 30 yildan 70 yilgacha yashaydi. Ayni paytda bizda iqlim ozgarishi kuzatilyapti. Koplab mevalarni sovuq uryapti. Togoldi hududlarda esa vegitatsiya davri choziladi. Sovuq haroratga moslashib katta bolgan daraxtlar uzoq yashaydi. Bundan tashqari, otloqi boglar ham bor. Ulardan kop hosil olish imkoni mavjud. Faqatgina agrotexnikasi togri olib borilishi lozim. Masalan, bog uchun ajratilgan yerda faqat bog yaratish zarur. Qoshimcha ekin ikkinchi darajali masalaga aylanishi kerak. Mana, Isroilda minglab gektar maydonda faqat anor yetishtiriladi va ondan ortiq davlatga eksport qilinadi.

Togri, bogdorchilikda 3 yilgacha chopiq qilinadigan mahsulotlar eksa boladi. Ammo shu kungacha men oqigan birorta kitobda bugdoy ekish mumkinligi yozilmagan. Bizda zarurat yuzasidan majbur ekilyapti. Iyun oyida bugdoy pishganda uning ichidagi harorat 10-15 darajaga kotariladi. Natijada esa boglar nobud bolmoqda.

Ikkinchisi, keltirilayotgan yangi navlarning biologiyasini organish kerak. Kochat iqlimga moslashadimi yoqmi, tajriba qilish shart. Bu jihatlar bir tup kochatda bilinmasligi mumkin. Lekin katta hajmda ekilganida seziladi.

1986 yilda boglar odamlarga berildi. Uni bilgan ham, bilmagan ham oldi. Osha vaqtda qayta ishlash korxonalari toxtab qolishi oqibatida mevalar hayvonlarga berildi. Bogdan foyda yoq ekan, degan xayolda odamlar uning ichiga istalgan ekinini ekdi. Qarabsizki, yuzlab gektar boglar yoq boldi. Mavsumiy ekinlar ekilishi oqibatida yerning ustki qismiga kop ishlov, ozuqa berildi. Daraxtlar ildizlari gorizontal rivojlana boshladi. 50-60 yil yashaydigan mevalar kopga bormadi.

Bog qator oralariga muntazam ishlov berish, unumdorlikni oshiruvchi noxat, shabda osimliklaridan ekish kerak. Ularni erta bahorda kok massa boyicha yerga aralashtirib haydalsa, 40 kilo ogitning quvvatini beradi. Ayrimlarga bu borada maslahat bersak, ekyapti. Kimdir kelib, tonnasiga falon som beraman desa, orib, sotib yuboryapti. Natijada yerning kuzdagi quvvatini ham olib qoyyapti. Har bitta ishning natijasi, hosilga tasiri haqida ilmiy asosga ega bolish talab etiladi. Agar insonning ozi qilayotgan ishlariga intensiv yondashsa, jahonning eng rivojlangan davlatlari qatorida bola olamiz.

Intensiv boglarni iqtisodiy rentabelligi yuqori bolgan xojaliklarda tashkil etish kerak. Sababi, uning xarajatlari katta va shoshqaloqlik qilinsa, kasodga uchrashi mumkin. Intensiv bogga 100 kiloning orniga 200 kilo ogit berilsa, 400 tani orniga 200 ta kochat ekilsa, eksportbop sara mevalar olinadi. Yaxshi natija uchun tajribali mutaxassislar maslahatidan foydalanish kerak. Yangi, serhosil navlarni yaratish, ilmiy izlanishlar qilish kerak. Bizda buning uchun barcha sharoit bor. Avvalo, yurtimiz tinch, unda 4 fasl namoyon. Ayni paytda xorijdan katta pul evaziga sotib olinayotgan meva-sabzavot kochatlari bir yilga moljallangan. Kelgusi yilda yaxshi hosil bermaydi. Aksincha bolishi ham mumkin emas. Chunki bu — biznes. Agar uruglik kochatlari kop yillik bolsa, biznes yurituvchilarga bundan nima naf? Shu bois, bizga qoyilayotgan talab ozimizda mahalliy navlarni kopaytirish, qayta tiklash, xorijga sotish. Ana shunda yer egalari boyiydi.

Istemol mahsulotlarining inson salomatligiga tasiri borligi hisobga olinsa, ishning masuliyati, mashaqqatini anglash qiyin emas. Odamlardagi chet elniki yaxshi qabilidagi qarashni ozgartirish lozim. Buning uchun ilmga qarindosh-urugchilik, tanish-bilishchilikni aralashtirib bolmaydi. Urugchilik sohasiga qattiqqol, talabchan, halol va nazari toq inson rahbar bolishi lozim. Zotan, urug hosildorlikni belgilovchi bosh omildir. Togri, xorijdan organish, tajriba almashish kerak. Lekin unga mutlaqo tobe bolib qolish yaramaydi.

Yer bilan ishlashda, u qaysi yonalish bolsin, meva-sabzavot, hosil aldamaydi. Inson aldashi, oz manfaati uchun yolgon ishlatishi mumkin. Agar yer egasi halol bolsa, yashirmasa, baraka boladi. Foydasi hammaga yetadi. Buni salkam 50 yildan buyon dalada yurgan kishi sifatida kafolat bilan aytaman.

Kimsanboy HAMDAMOV,

Andijon qishloq xojaligi instituti katta oqituvchisi.



DB query error.
Please try later.