O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
07.05.2019

JAVOBSIZ QOLAYOTGAN SAVOLLAR

Gazetamizning 2019 yil 12 mart sonida «Ishlamasdan ham maosh olsa bo‘ladi» sarlavhali maqola chop etilgandi. Unda fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining qaroridan 129-avtokorxona MChJ ta’sischisi noroziligi sabablari haqida fikr yuritilgandi.

Gap shundaki, Samarqand shahridagi ?29-avtokorxona MChJ 2012-2013 yillarda nochor moliyaviy holatga tushib qoladi. Hatto bir qancha haydovchilar ishga ham chiqmay qoyishadi. Korxona rahbariyati ularning ayrimlarini uzluksiz progul uchun ishdan boshatadi. Shundan keyin sobiq ishchilar oz huquqlarini himoya qilish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashiga, sudga bir necha marta murojaat qilishadi. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudida ular ishi qayta-qayta koriladi. Sud davogarlar foydasiga hal qiluv qarorlari chiqaradi.

Jumladan, 2013 yilning 11 sentabrida Otkir Aslamov, 2015 yilning 25 martida Sharafiddin Boliyev, 2016 yilning 25 iyulida Sherzod Toshpolatov, 2016 yilning 24 oktabrida Navroz Baratov, 2019 yilning 29 yanvarida Yulduz Muhammadiyeva — fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi sudyalari ushbu ish boyicha hal qiluv qarorlari chiqarishgan.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 29 yanvardagi hal qiluv qarori bilan davogarlar Davron Nuriloyev, Izatillo Mahmudov, Sodiq Qobilov, Aslam Soliyev, Gayrat Isoqov, Kamol Akbarov, Ortiq Ismoilov foydasiga 2016 yil avgust oyidan 2017 yil iyul oyigacha, Lutfillo Junaydov foydasiga esa 2014 yilning yanvar oyidan 2018 yilning dekabr oyigacha bolgan muddat uchun ish haqi undirilishi korsatilgan. Davoning moddiy va manaviy zararni undirish togrisidagi qismi rad etilgan.

Ishlamasdan ham maosh olsa boladi sarlavhali maqolada ?29-avtokorxona MChJ tasischisi sudning bu qaroridan norozi ekani, qolida uning haqligini isbotlaydigan hujjat va dalillari borligi, sud ishni korishda bir qator qonun talablarini inobatga olmagani haqida yozilgan edi.

Yaqinda maqola yuzasidan fuqarolik ishlari boyicha Samarqand viloyat sudidan tahririyatimizga javob xati keldi. Unda sud qarorlari togriligi, tasischi sud qarorlaridan norozi bolsa, Ozbekiston Respublikasi FPKning tegishli normalariga asosan yuqori turuvchi instansiyalarga shikoyat arizalar bilan murojaat qilish huquqiga ega ekanligi aytilgan.

Avtokorxona tasischisi Rustam Yahiyoyev bu javobdan ham qoniqmadi. Tahririyatga yangi hujjatlarni taqdim etdi.

Biz masalaga yanada oydinlik kiritish maqsadida sud hujjatlari, Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalari bilan qayta-qayta tanishdik, davogarlar, javobgarlar, huquqshunoslar bilan suhbatlashdik. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining bu ishga aloqador hujjatlaridan biri 2016 yil 25 iyuldagi hal qiluv qarorida davogarlarning ishga tiklanishi va ish haqlari undirilishi korsatilgan.

Advokatlar M.Berdiqulov va S.Alibekov mazkur hal qiluv qarori haqida shunday fikr bildirishdi:

Sud qarorini qabul qilishda bir necha muhim jihatlar etibordan chetda qoldirilgan:

Birinchidan, davogar sudga amaldagi qonunlar talablari asosida murojaat qilmagan. Bu yerda Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 270-moddasi talablariga xilof ravishda ish tutilgan. Yani, ishga tiklash uchun murojaat etishda kodeksda belgilab qoyilgan bir oylik muddat otkazib yuborilgan. Sud davogarlarning oradan 4 yil otib ishga tiklashni sorab davo qilishganini etibordan qochirgan.

Ikkinchidan, avtokorxona sobiq ishchilari manfaatini kozlab fuqarolik sudiga Samarqand viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi tomonidan kiritilgan davo arizasi asossiz edi. Negaki, ?29-avtokorxona MChJ bu kengash azosi emas. Sudda davogar tomonidan avtokorxonaning kasaba uyushmalariga azoligi togrisida biror-bir hujjat taqdim etilmadi. Bu boradagi birgina dalil Samarqand viloyat davlat arxivi tomonidan 2017 yil 27 sentabr kuni berilgan 258-B-sonli xat ham ?29-avtokorxona MChJning kasaba uyushmaga azo ekanligini tasdiqlamaydi. Bu esa aynan shu masalada viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi sudga davo arizasi kiritish vakolatiga ega emasligini korsatadi.

Biz bu masalaga yanada aniqlik kiritish maqsadida viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashida boldik. Bu idoradan berilgan malumotnomadan ?29-avtokorxona MChJ kasaba uyushmasi azosi emasligi oydinlashdi.

Javobgar taraf sudda bu masalaning kun tartibiga qoyilishini talab qilgan. Ammo sud tomonidan bunga etibor berilmagan.

Bu yerda savol tugilishi tabiiy: nahotki, katta bir korxonada kasaba uyushma qomitasi tuzilmagan bolsa? Yoki bunday tashkilot faoliyati majburiy emasmi?

Bu savollarga Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunidan javob qidiramiz:

Kasaba uyushmalari ixtiyoriylik asosida respublika, tarmoq va hududiy birlashmalarini tashkil etishi, shuningdek, ularga kirishi mumkin, mazkur birlashmalarga kasaba uyushmalari faoliyatining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquqlari va kafolatlari tatbiq etiladi.

Qonunning ikkinchi moddasidagi ushbu jumlalardan anglash mumkinki, kasaba uyushmalariga azo bolish mutloq ixtiyoriy: ?29-avtokorxona MChJ jamoasi kasaba uyushma faoliyati xizmatiga ehtimol ehtiyoj sezmagandir. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudidagi sudyalar esa kasaba uyushmasiga ularning azo yoki azo emasligi bilan qiziqib otirishmagan. Buning orniga davogarlar foydasiga hal qiluv qarorlari chiqarishavergan.

?29-avtokorxona MChJ mamuriyati haydovchilarni ishdan boshatishda kasaba uyushma qomitasi bilan kelishilmaganlikda ayblanadi.

Agar jamoa shartnomasida, kelishuvida mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish uchun kasaba uyushmasi qomitasining oldindan roziligini olish nazarda tutilgan bolsa, bunday rozilikni olmay turib shartnomani bekor qilishga yol qoyilmaydi, deyiladi Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida.

Ammo korxonada kasaba uyushma qomitasining ozi yoq bolsa, bunday kelishuv kim bilan amalga oshirilishi kerak edi? Kasaba uyushma qomitasi tuzilmaganida korxona rahbariyati aybdor ekani haqida bir narsa deyish qiyin. U qonunda korsatilganidek ixtiyoriy ravishda tuziladi.

Advokat Mahmud Berdiqulov diqqatimizni Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 275-moddasi 3-qismiga qaratadi:

Mehnat shartnomasi gayriqonuniy ravishda bekor qilinganligi, boshqa ishga gayriqonuniy otkazilganligi yoki ishdan gayriqonuniy ravishda chetlatilganligi oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun xodimga haq tolash togrisidagi mehnat nizolarini korib chiqish chogida mehnat nizolarini koruvchi organ xodimning pul undirishga doir talablari bir yildan ortiq bolmagan muddat uchun qondiriladi.

Sudlar tomonidan esa qonunning bu talabiga rioya qilinmagan korinadi. Chunki davogarlarning yillab ishga chiqmagani togrisida korxona kadrlar bolimi va buxgalteriyasida tegishli hujjatlar mavjud ekan.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudi hal qiluv qarori qabul qilishda yana bir qancha dalillarga yetarlicha huquqiy baho bermagan ekan.

?29-avtokorxona MChJ tasischisining aytishicha, sobiq haydovchilar uylariga ishga chiqish haqida buyurtma xatlar yuborilgani, ishdan boshatilishi haqida yozma ravishda ogohlantirilgani, IIBga qilgan murojaatidan songgina, haydovchilar avtomashinalarni nosoz holda garajga tashlab ketishlari kabi bir qator holatlar sud nazaridan chetda qolib ketibdi.

Davogarlarning davosi boyicha davo muddatini tiklamasdan, ularni ishga tiklash togrisida hal qiluv qarori chiqarilishi ham fuqarolik protsessual qonun talablariga zid ekani aytilmoqda. Aslida bunday qaror apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida bekor qilinishi kerak ekan. Birinchi bosqich sudi hal qiluv qarorida davogarlarga 2015 yilning 1 oktabridan to 2016 yilning 25 iyul kunigacha ish haqi ortacha oylik ish haqi hisobidan undirilsin, deb korsatilgan. Savol tugiladi: bu yerda ortacha oylik ish haqi nimaga asosan, qanday miqdorda belgilanadi?

Yana bir ajablanarli holat: Sudning 2015 yil 25 mart kunidagi hal qiluv qarorida(sudya Sh.Boliyev) davogar Sodiq Qobilov 1979 yildan buyon korxonada ishlaydi, deb korsatilgan. 2016 yil 26 oktabridagi hal qiluv qarorida esa (sudya N.Baratov) davogar S.Qobilov 1982 yildan buyon korxonada ishlaydi deyilgan. Aslida esa u 2011 yilning 10 oktabr kuni ishga qabul qilinib, bu yerda 2 yil hisobidan bor-yogi 1,5 oy ishlagan. Bu haqda korxonada tasdiqlovchi hujjatlar mavjud. Masalan, davogarlarning ishga chiqishini korsatuvchi tabellar, korxonada otkazilgan moliyaviy hisob-kitoblar boyicha bir emas, uch marotaba otkazilgan audit xulosalari, hamma-hammasida har bir haydovchining ish kunlari aniq-ravshan korsatilgan. Sudda ularga ahamiyat berilmagan.

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand viloyat sudi raisi M.Tojiboyev javob xatida Ozbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 198-moddasi talablari haqida shunday fikrlarni keltiradi: ... xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni tolashi shart. Bevosita yetkazilgan haqiqiy zarar deganda ish beruvchining mavjud mol-mulki (shu jumladan, ish beruvchi uchinchi shaxslardan ijaraga olgan mol-mulk) amalda kamayganligi yoki yomon holatga kelganligi, shuningdek, ish beruvchining ortiqcha tolovlar qilish zarurati tushuniladi. Xodim ish beruvchiga yetkazilgan bevosita haqiqiy zarar uchun ham, ish beruvchi boshqa shaxslarga yetkazilgan zararni tolashi natijasida kelib chiqqan zarar uchun ham moddiy javobgar boladi.

Shu orinda avtokorxona tasischisi Rustam Yahiyoyevning quyidagi sozlarini keltirishni lozim deb topdik:

Haydovchilar hech bir sababsiz ishga kelmay qoyishdi, ammo osha alfozda mashinalarni uylarida saqlashdi. Avtomashinalardan oz manfaatlari yolida foydalanishib, jamiyat mulkiga moddiy zarar yetkazishdi. Biz ulardan ishga chiqishni talab qildik. Ogzaki, yozma ravishda ogohlantirdik. Pochta orqali uylariga xatlar yubordik. Bu mojaro bir yil atrofida davom etdi. Nihoyat, ichki ishlar idorasining aralashuvi bilan avtomashinalar garajga qaytarildi. Qonun-qoidaga itoat etishni hohlamagan haydovchilar bilan esa xayrlashishga majbur boldik. Xosh, endi biz osha haydovchilar tomonidan jamiyatga yetkazilgan zararni qanday undirib olamiz? Yana asosiysi, sud tomonidan qayta-qayta qabul qilinayotgan hal qiluv qarorlarining ijrosini taminlash maqsadida sud ijrochilari jamiyatning ishlab turgan texnikalarini sotib, toplangan mablagni necha yildan buyon ishlamayotgan haydovchilarga ulashmoqda. Buning natijasida korxonamiz tanazzul sari ketdi. Ish orinlari yoqotildi.

Abdurasul SATTOROV,

jurnalist.

TAHRIRIYATDAN:

Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudida bir necha bor korilgan ushbu mojaroli masalaning oxiri korinmayapti. Davogar ham, javobgar ham ozini haq deb bilmoqda. Sud davogarlar foydasiga ketma-ket hal qiluv qarorlari chiqarmoqda. Ammo javobgar ozining haqligini isbotlash maqsadida koplab dalillar keltirayapti va ularga sud tomonidan etibor berilmayotgani haqida shikoyat qilmoqda. Fuqarolik ishlari boyicha Samarqand shahar sudining 2016 yil 25 iyuldagi va 2019 yil 29 yanvardagi hal qiluv qarorlari turli savollarni keltirib chiqaryapti... Bu masalani sinchiklab organib, xulosa chiqarish kerakka oxshaydi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: