O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
30.04.2019

SEKTORLARDAGI HAQIQIY AHVOL YOXUD DEPUTATLAR NEGA JIM?..

«Sektor rahbari va ishchi guruh a’zolari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taminlangan, ishsiz fuqarolar, nogironi bor oilalarning alohida ro‘yxati shakllantirilib, ularga amaliy yordam berish choralari korilmoqda».

Xorazm viloyatidagi barcha mahalliy Kengashlar sessiyalarida shahar va tumanlarda tashkil etilgan tort sektor tomonidan joriy yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisobotlari tinglandi. Qiziq jihati, hamma hisobotlarda yuqorida keltirilganga oxshash bir xil jumlalar uchraydi.

Avvalo, Prezident tashabbusi bilan hududlarning sektorlarga bolinishi va shtablar tashkil qilinib, uyma-uy yurish orqali fuqarolarning muammolari organilayotgani ayni muddao bolayotganini takidlash lozim. Ishchi guruhlar azolari qatiy grafik asosida xonadonlarni 180 kunda toliq organib chiqishi rejalashtirilgandi. Ammo sessiyalar davomida sektorlar rahbarlari hisobotlari paytida kopi bilan ikki varoq hajmda malumot berishdi. Gap hisobot hajmida ham emas, albatta. Lekin bir-biriga misli egizakdek oxshashib ketadigan axborotlarda ehtiyojmand aholini oylantirayotgan muammolarni organish haqida kopi bilan tort qator malumot keltirilgani tabimizni biroz xira qildi.

Agarda har bir sektorga kamida onta mahalla kirib, bu mahallalarda ortacha yetti-sakkiz ijtimoiy himoyaga muhtoj oila borligini hisobga olsak, ularni oylantirayotgan muammolar ham kam emasligini tushunish qiyin bolmaydi.

Shuningdek, hisobotlarda aniq raqamlarni kormadik. Holbuki, shaffoflik sharoitida fakt va raqamlarni yashirishning hojati yoq. Qisqa qilib aytganda, sektor rahbarlarining ushbu yildagi ilk hisobotlari imi-jimida otdi. Deputatlarning masullarga biror savol bilan murojaat qilmagani bizni hayratga soldi. Vaholanki, har bir sektor hududida kamida 4-5 nafardan tuman Kengashi deputati faoliyat olib boradi. Ular hududlardagi vaziyatni yaxshi bilishadi. Ehtiyojmand oilalar bilan kunora suhbatda boladi. Har holda bizning nazarimizda shunday edi.

Yuqoridagilardan ikki xil xulosa chiqarish mumkin. Deputat ozining saylov okrugidagi haqiqiy ahvolni yaxshi bilmaydi yoki sektor boshligi bolgan masul rahbarlarga qarshi borishni istamaydi, andisha qiladi.

Qachongacha, degan tabiiy savol tugiladi. Deputatlarga muhim vakolatlar berilib, ulardan qatiylik, doimo xalq orasida bolish soralayotgan bir paytda bu holatni, loqaydlikni qanday tushinishga hayron qolasan kishi.

...Bir qaraganda, sessiyalardagi hisobotlar, shu haqdagi mahalliy nashrlardagi axborotlarni oqib, sektorlarda ishlar yaxshi, degan tasavvur uygonadi. Hammasi joyida, fuqarolarning muammolari oz vaqtida yechimini topmoqda, hamma bundan mamnundek. Ammo...

Hali-hamon Xalq qabulxonalariga murojaat qilayotganlar soni kamaygani yoq. Viloyat hokimi otkazayotgan hududlardagi sayyor qabullarda tirband navbatlarga kozimiz tushadi. Partiyamiz qoshidagi Jamoatchilik qabulxonalariga tushayotgan murojaatlar sonida ham pasayish yoq.

Nazarimda, aksariyat sektorlarda ishlar yuzaki, qogozlarni toldirish uchungina qilinayotgandek. Mahalla fuqarolar yiginlaridan olingan oilalar haqidagi malumotlar hisobotlarga tirkab qoyilayotgandek.

Xosh, shunday ekan, deputatlar nega jim? Ular hali ham istihola bilan yuribdimi? Yoki qorqadimi?

...Deputatlar, partiya faollari ish faoliyatini keskin ozgartiradigan palla keldi, hatto otib ham bormoqda. Bu yoqda saylovlarga ham kam fursat qolmoqda.

Muqaddas NORQULOVA,

Ozbekiston XDP Xorazm viloyat kengashibolim boshligi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: