O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
30.04.2019

SAMARQANDLIK 70 NAFAR IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHISI ETIBORDAN, EZOZDAN MAMNUN

Hasan NORMURODOV, «Nuroniy» jamg‘armasi Samarqand viloyat bolimi rahbari, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisidagi qarori hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragbatlantirish togrisidagi farmoni urush ishtirokchilarining umrini uzaytirishga, ruhini kotarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi jahon urushi tugaganiga, insoniyat fashizm balosidan qutulganiga shu kunlarda 74 yil toladi. Otayotgan yillar bizni tarixdagi eng qonli, shafqatsiz urushlardan biri bolgan bu mudhush fojiadan qanchalik uzoqlashtirmasin u yetkazgan ziyon-zahmatlar, yoqotishlar avlodlar qalbida mangu muhrlanib qoladi.

Urush qatnashchilari soni, safi tobora qisqarib bormoqda. Lekin ularning mardligi, jasorati, xalqimiz oldidagi buyuk xizmatlari hech qachon unutilmaydi.

Prezidentimiz tomonidan urush faxriylarini moddiy va manaviy jihatdan qollab-quvvatlash, ularning ogirini yengil qilish, turmush sharoitini yanada yaxshilash, sihat-salomatligini doimiy nazorat qilish, dori-darmon va turli maishiy texnika vositalari bilan taminlash borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda.

Samarqand viloyati hokimi, senator Erkinjon Turdimov rahbarligida bugun viloyatimizda istiqomat qilayotgan 70 nafar urush qatnashchisi haqidagi malumotlar bazasi shakllantirildi. Ularga avvalo tuman hokimliklari, turli korxona-tashkilotlar mutasaddilari biriktirildi. Urush qatnashchilarini oilaviy sharoiti, turar-joyi, sihat-salomatligi muntazam nazorat qilinmoqda. Tuman tibbiyot birlashmalari, poliklinikalar, potranaj hamshiralari tomonidan urush qatnashchilari salomatligi boyicha alohida kuzatish ishlari olib borilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan korsatilayotgan etibor va gamxorlikdan Samarqandlik urush qatnashchilari mamnun bolishmoqda.

Maktab oquvchilari turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda urush qatnashchilari xonadonlarida hasharlar uyushtirmoqda. Homiylar tomonidan ajratilgan kochatlar otqazildi.

Nuroniy jamgarmasining viloyat hamda shahar, tuman bolimlari tomonidan urush qatnashchilarining takliflari, mulohazalari, murojaatlari alohida organilmoqda. Ularning talim dargohlariga borish, mahalla-koyda odamlar bilan uchrashish imkoniyati chegaralangan. Shuni hisobga olib uylarida yoqlash, urush va tinchlik haqidagi fikr-mulohazalarini eshitish, esdalikka suratga tushish, xotiralarini yozib olish borasida ham bir qator xayrli ishlarni boshlab yuborganmiz. Shuningdek, urush qatnashchilarining hurmat-izzatini joyiga qoyish, ularning qahramonliklari haqida maqolalar yozish, hujjatli filmlar olish borasida ham bir qator ishlarni rejalashtiryapmiz.

Nuroniy jamgarmasi tomonidan Urush ayollari, Urush bolalari, Ozbekistonga evakuatsiya qilinganlar, Kattaqorgonlik Hamid Samadovning jasorati mavzularida targibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xulosa ornida shuni aytish kerakki, butun insoniyat Ikkinchi jahon urushi qahramonlari oldida bosh egib tazim qiladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: