O'zb  
 
23.04.2019

U Duk Chen: PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEV MARKAZIY OSIYO BIRDAMLIGIGA ASOS SOLDI...

U Duk Chen, Busan chet tillar universiteti Markaziy Osiyo tadqiqotlari bo‘limi mudiri, turkologiya fanlari doktori, professor:

— Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan Ozbekistonda bolishi jahon ommaviy axborot vositalari tomonidan keng tahlil qilindi. Munosabatlar bildirildi.

Bugungi Ozbekistonning butun dunyoga ochiqligi, demokratiya ustuvorligi, fikrlar xilma-xilligi, odamlarning turmush darajasi kun sayin yuksalayotgani, inson omili yuqori darajaga kotarilayotganligi jahon hamjamiyati oldida Ozbekistonning jozibadorligini tobora oshirmoqda.

Ozbekiston va Koreya Respublikasi ortasida ozaro ishonch, samimiy dostlik, xolislik, hurmat, muxtasar aytganda strategik sheriklik tobora tarixiy ahamiyat kasb etmoqda. 1400 yil oldin ajdodlarimiz tomonidan tamal toshi qoyilgan dostlik, hamkorlik tamoyillari bugun ozining yangi davrini boshladi.

Prezidentlarimiz ortasidagi dostlik, hamfikrlik, hamjihatlik bugun xalqlarimiz qalbiga, yuragiga kochib otdi. Begaraz yordam, mehr bilan uzatilgan qollar, tobora bir-biriga tutashib borayotgan yollar har ikki xalqning dunyo sahnidan munosib orin olishiga xizmat qilmoqda.

Koreya Prezidentining: Seul shahri temir yoli orqali Yevroosiyo qit’asini bosib otib, Toshkent temir yol vokzalida tushishni orzu qilaman, degan... Mazkur davat barchamizni tolqinlantirib yubordi. Bu yuksak hurmatga, mehrga, ishonchga yogrilgan sozlar edi. Bu nafaqat temir yollarni tutashtiruvchi, balki koreys va ozbek xalqlarini yanada yaqinlashtiruvchi dil tugyonlari edi.

Ozbekistonga, ozbek xalqiga bunday beqiyos hurmat va ehtirom zamirida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tarixiy xizmatlari bor. Bu qanday omillarda namoyon boladi?

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning quyidagi etirofiga etiboringizni qaratmoqchiman: Dunyoning diqqat markazida bolib kelayotgan Ozbekiston Prezidentiga chuqur hurmatimni bildiraman. Shavkat Mirziyoyev hamma sohalardagi – siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy hayotga doir islohotlari bilan Ozbekistonni yangi taraqqiyot bosqichi sari yetaklamoqda. Bugun mamlakatlarimiz ortasidagi munosabatlarni alohida strategik sheriklik darajasiga kotardik. Uni hayotga tatbiq etish mexanizmlari, ozaro hamkorlikni rivojlantirishning yangi yonalishlarini muhokama qilib, istiqbolli kelishuvlarga erishdik...

XXI asr ruhi, talabi, istagi insoniyatni yillar davomida oylantirgan, qiynagan murakkab masalalarni bartaraf etayotgani bilan goyatda qimmatli va azizdir. Bu gozal, insonparvar tuygular xalqlarning kongliga kochib otib, odamlar qalbini zabt etmoqda. Ezguliklar, qadriyatlar boy korsatmoqda.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoning bir butunligi, yaqinligi yolida olib borilgan siyosat butun dunyo uchun ibratlidir. Qarang, insoniyat tarixida qanday mudhish davrlar ham boldi, bir daryodan suv ichib, bir yerda rizq-roz yaratgan, qoni bir, joni bir, dini bir xalqlar bir-biri uchun darvozalarini yopdilar. Chegaralar qattiq qoriqlandi. Qadriyat, tarix, taqdirlar, urf-odatlar oyoqosti qilindi. Bu azob-uqubatlar koreys xalqi uchun ham begona emas.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo birdamligiga asos soldi. Odamlarning bir-biriga intilishlari, quvonchlar, bordi-keldi ananalari tiklandi. Xalqaro ekspertlar tomonidan bu tarixiy voqealar barchaga namuna qilib korsatilmoqda.

Bugun Ozbekiston rahbari nafaqat Markaziy Osiyo tinchligi va birdamligi borasida, balki butun dunyo tinchligi va xalqlar ahilligi yolida qaygurmoqda, kurashmoqda. Buni Afgoniston borasida Ozbekiston tutgan yol ham korsatib turibdi.

Dunyoda yolgiz ozi rivojlangan, taraqqiy etgan davlat ham, millat ham yoq. Aslida insoniyatning quvonchi ham, qaygusi ham bir. Bir havodan nafas olamiz, bir zaminda yashaymiz.

Millatlararo munosabatlarda, yaqin qoshnilar bilan aloqalarda, butun dunyo xalqlariga korsatilayotgan etiborda, ezozda, diniy bagrikenglikda Ozbekiston pozitsiyasi xalqaro doiralarni, siyosatchilarni hayratga solmoqda. Etiroflar yangramoqda.

Ozbekiston Koreya munosabatlaridagi eng ustuvor tamoyil bu taraqqiyotga birgalikda erishish, hamkorlikda ezgu maqsadlarga yetishdir.

Men bir olim sifatida Koreya Respublikasi Prezidentining Ozbekistonga buyurgan tashrifini juda yuksak baholayman. Mazkur tashrif har ikki davlat va xalqlarimiz uchun yangi-yangi imkoniyatlar eshigini ochishiga ishonaman.

Muxtasar aytganda, Ozbekistonning taraqqiyoti Koreyaning taraqqiyotidir.

Farrux HAMROYEV yozib oldi.



DB query error.
Please try later.