O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
16.04.2019

HUJJATSIZ UYDAGI ODAMLAR

Mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi muddatini uzaytirish kerakmi?..

Azaldan keng joylarda kongilni keng qilib yashashga organgan xalqmiz. Kim qayerda rizqi va baxtini topaman deb ishonsa, osha yerda emin-erkin makon qurib, rozgor tutgan, mehnat bilan palak yozgan.

Aksariyat kopchilik atay qonunni buzish uchun emas, uyli-joyli bolay, farzandlarimga sharoit yaratay, degan yaxshi niyat bilan imorat tiklagan. Nima bolsa ham yerga egalik qilib olay, degan oy bilan uy solganlarning yoli, yorigi boshqa.

Bundan 20-25 yillar avval mamlakatimiz endi-endi mustaqil oyoqqa tura boshlagan paytlarda birin-ketin uch ogil voyaga yetgan oddiy ozbek oilasidagi ijtimoiy vaziyatni tasavvur etish, tushunish qiyin emas edi. Bitta oilaga joy topib, uy solish, alohida rozgor sifatida ajratib berish, yumshoq aytganda, oson bolmagan. Mamlakat va millat boshidagi sinovli yillarda odamlar qolidan kelganicha, imkon topilganicha uy-joy solgan. Ana shu yillarda xalqimizning qol kuchi, bardosh bilan farovonlikka intilishi ortidan qishloq xojaligi yoki boshqa sohalarda foydalanishda bolmagan yerlar ham obod qilingan, uy uchun imoratlar solinib, bora-bora fayzli qishloqlar bunyod etilgan. Buning uchun olchab, qiyoslab bolmaydigan darajada ulkan mehnat, cheksiz kuch-iroda sarf etilgan. Davlatu jamiyatdan, yon-atrofdagilardan umidvor bolmay, ketmon tigi tegmagan qarovsiz joyda chamandek hovli yaratish uchun bor-yogini, sarflagan hamyurtlarimiz ham oz emas. Zahmat va mashaqqat natijasida barpo etilgan uy-joylarning hayotda uchrab turadigan har xil holatlar sabab hujjati togirlanmagan bolishi mumkin. Lekin bunday uylar oz egalariga ona sutidek halol emasmi?..

Mana shular haqida oylab, kongilni kengroq olib, fikr yuritsak, mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasining ahamiyati ochiladi. Mamlakatdagi real holat va tarixiy sharoitni koz oldiga keltira oladigan, uyi yoq bir oilaning boshida mingta muammo aylanishini anglaydigan inson bu tadbirning zaruratini oydek tushunadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 5421-sonli Farmonida uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi aholida boshqa ijtimoiy muammolar kelib chiqishiga olib kelgani qayd etildi.

2019 yil 1 mayga qadar (mazkur Farmon qabul qilingan vaqtgacha) qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joyga nisbatan mulk huquqi ushbu obektga oz shaxsiy mulki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilayotgan shaxsga muayyan shartlar asosida berilishi belgilandi.

Farmonning ikkinchi qismi «b» bandida ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etiladigan tegishli komissiyaning taqdimnomasiga kora tuman (shahar) hokimining qarori, shuningdek, umumiy mulk haqidagi fuqarolik va oila togrisidagi qonun hujjatlarining qoidalariga amal qilish sharti bilan eng kam ish haqining besh baravari miqdorida bir martalik yigim tolangandan keyin amalga oshirilishi belgilab qoyildi.

Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash bilan bogliq ushbu muhim Farmonning ijrosini tashkil etish boyicha Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda qaror qabul qilishi kerakligi korsatib otildi. Bir martalik umumdavlat aksiyasi haqidagi Prezident Farmoni (PF-5421-son) 2018 yil 20 aprelda qabul qilingan bolsa, bu tadbirni amalga oshirish tartibi haqidagi Hukumat (461-son) qarori 21 iyunda qabul qilindi...

Hukumat qarori bilan umumdavlat aksiyasi doirasida kochmas mulklarga nisbatan mulk huquqini etirof etish tartibi togrisidagi nizom, bu ishlarni tashkil etish boyicha respublika komissiyasining tarkibi, shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimliklariga bir hafta muddatda hududiy komissiyalarni tuzish vazifasi topshirildi.

Mulk huquqini etirof etish jarayoni qanday amalga oshirilishi haqida batafsil toxtalish joiz. Bu aksiya bilan bogliq mamlakat miqyosidagi umumiy manzarani tasavvur etishda yordam beradi.

Jismoniy shaxs (uning qonuniy vakili) ozboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza bilan murojaat qiladi.

Komissiya ishchi organi ariza kelib tushgandan song 3 ish kuni mobaynida murojaat etuvchining arizasida korsatilgan joyga chiqqan holda ozboshimchalik bilan qurilgan imoratni organib, uning texnik planini shakllantiradi hamda ushbu texnik planni komissiya azolariga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboradi.

Oz navbatida komissiya azolari ariza kelib tushgan kundan boshlab 5 kalendar kun mobaynida murojaat etuvchining ozboshimchalik bilan qurilgan imoratini joyiga borib organadi va organish natijalariga oid xulosalarini (malumotnomalari) komissiya ishchi organiga jonatadi.

Komissiya azolari – tuman (shahar) yer resurslari va davlat kadastri bolimi boshligi, qurilish bolimi boshligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligi, davlat bosh sanitariya vrachi, ichki ishlar bolimi, davlat soliq inspeksiyasi hamda yongin xavfsizligi inspektorining har biri oz faoliyat yonalishiga muvofiq tarzda xulosa va malumotnomalar (jami 7 ta) tayyorlaydi.

Shular asosida komissiya ishchi organi 3 kalendar kuni mobaynida kochmas mulk obektini organish boyicha belgilangan shaklda dalolatnoma rasmiylashtiradi.

Murojaat etuvchi Davlat xizmatlari markazi orqali tegishli hisobvaraq-faktura tushgan kundan boshlab 4 ish kuni mobaynida tolovni (eng kam ish haqining besh baravari miqdordagi bir martalik yigimni) amalga oshiradi.

Komissiya ishchi organi murojaat etuvchi yigimni tolaganidan keyin 2 kalendar kuni mobaynida Komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma asosida mulk huquqini etirof etish togrisida tuman (shahar) hokimining qarori loyihasini tayyorlaydi va tasdiqlash uchun taqdim etadi. Bunday qaror loyihasi 2 ish kuni mobaynida qabul qilinishi kerak. Qarorning nusxasi 1 ish kuni mobaynida Komissiya ishchi organi tomonidan Davlat xizmatlari markaziga yuboriladi. Nihoyat, markaz xodimi qaror nusxasiga muhr qoyib, murojaat etuvchiga taqdim etadi.

Yani, jarayon nizomda korsatilganidek ravon otsa, inson omili tasir etmasa, BIR NAFAR ARIZA BERUVChI MULKKA EGALIK HUQUQI HAQIDAGI QARORNI QOLIGA OLGUNIChA SALKAM 20 KUN OTADI. Endi 100 minglab qarorlar egalariga yetib kelgunicha qancha vaqt ketishi mumkinligini hisoblab koravering.

Agar kattaroq bir tumanda mingga yaqin fuqaro mulk huquqi haqida murojaat etsa, bitta hududdagi ijro hokimiyati tuzilmalari 7 mingga yaqin xulosa va malumotnoma tayyorlashi kerak boladi. Yana bu hujjatlar qulay ish stolida emas, murojaat etuvchilarning uylariga borib alohida-alohida yozilishi kerak. Masalan, hududdagi davlat bosh sanitariya vrachidan turli mahallalarga borib, mingta xulosa yozish talab etiladi. Bu qoshimcha vazifa ekanini unutmaylik, har kuni sanitariya vrachini ozining asosiy ishi kutib turadi.

Mart oyining boshida Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy saytida bir martalik umumdavlat aksiyasi haqida muhim malumotlar taqdim etildi. Joriy yil 1 mart holatiga ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarning 398400 tasi boyicha Davlat xizmatlari markazlariga arizalar kelib tushgani, ulardan 112425 tasi qanoatlantirilib, 48405 tasi rad etilgani, arizalarning 234235 tasi korib chiqilayotgani malum qilindi.

Endi etibor qilaylik, umumdavlat aksiyasi uchun Prezident Farmoni bilan belgilangan muddat tugashiga ikki oy vaqt qolganida 122 mingdan ortiq ariza qanoatlantirilgan, 234 mingdan ortigi esa korib chiqish jarayonida bolgan. Buncha murojaatni korib chiqish, qanoatlantirish yoki rad etish haqida qarorlar qabul qilish juda katta tashkiliy ishlarni talab etishi, buning ustiga mulk huquqini etirof etish boyicha murojaatlar kun, hatto saot sayin kopayib borishi ? mayga qadar ulgirib boladimi?, mazmunidagi savolni yuzaga keltirgan edi.

Adliya vazirligi saytida 6 aprel kuni taqdim etilgan aksiya bilan bogliq oxirgi malumotlar bu savol ancha jiddiy ekanini oydinlashtirdi. Malumotlarga kora, 1 aprel holatiga fuqarolardan mulk huquqini etirof etish haqida 500 mingdan koproq murojaat tushgan, 200 mingga yaqin uy-joyga mulk huquqi berilgan. Savol tugiladi: 300 mingdan ortiq murojaat taqdiri nima boladi?.. Har bir murojaat ortida bir oila, kamida 3-4 nafar inson turgani, hammasini qoshib hisoblaganda, millionga yaqin kishi chiqayotgani, ularning aksariyati bolalar va ayollar ekani haqida oylasak, savolga javob berish masuliyati ancha oshib ketadi.

Adliya vazirligi malumotiga kora, komissiya azolari hisoblangan kadastr, qurilish, ichki ishlar, soliq, ekologiya, yongin xavfsizligi, sanitariya idoralari tomonidan 200 mingga yaqin murojaatni korib chiqish muddatlari buzilgan. Buning ustiga komissiya ijobiy xulosa bergan 35 mingdan ortiq murojaat boyicha hokimlar qaror qabul qilmagan. Yani, hokimlarning aybi bilan 35 ming uy-joyning hujjati kechikkan, noqonuniy ish tutilgan. Vaholanki, hokimlar hujjatlarni ozlari tayyorlamaydi, hatto qaror matnini yozib ham otirmaydi, tayyor hujjat loyihasiga imzo qoyib bersa, olam guliston, bitta imzo bilan bir oilaning qanchadan-qancha muammosi hal boladi, kelajagi soroq ostida qolmaydi. Bitta qaror loyihasi bilan tanishib, uni imzolashga qancha vaqt ketishi mumkin?..

Prezident yilning birinchi choragi yakunlari boyicha otkazilgan videoselektorda hokimlar hali yuqorida bolayotgan jarayondan bexabar ekani, on yil oldingi gap bilan yurgani, Menga bermasang, men qol qoymayman, degan oy bilan ishlayotganini tanqid qilgan edi. Bu holatda izohga hojat yoq.

Umumdavlat aksiyasi boyicha oziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan 295 nafar komissiya azosi intizomiy javobgarlikka tortilgan, 33 nafari egallab turgan lavozimidan ozod etilgan, 854 nafar shaxsga nisbatan mamuriy jarimalar qollanilgan.

Qonun-qoida ustuvor bolgani yaxshi, albatta. Ammo masul xodimlar yoki hokimlarning befarqligi oqibatida mulk huquqini ololmagan kishilar ertaga aksiya muddati tugab qolsa, qayerga boradi, dodini kimga aytadi?..

Mulk huquqini etirof etish tolov evaziga amalga oshirilayapti. Davlat, hokimiyat bu ishlarni tekinga bajarayotgani yoq. Togri, eng kam ish haqining besh barobari (1013650 som) bir qarashda uncha katta mablagdek tuyulmasligi mumkin, lekin kichkina pul ham emas. 1 aprel holatiga 200 mingga yaqin uy-joyga mulk huquqi berilganini hisobga olib, shu raqamga 1 million somni kopaytirsak, 200 milliardga somga yaqin mablag kelib chiqyapti.

Bosh prokuratura mart oyi boshida 235 mingdan ortiq murojaat korib chiqish jarayonida ekani haqida malumot berganini esga olsak, bu aksiyadan yana qancha mablag tushishi mumkinligi aniqlashib qoladi.

Bu pullar qayerga ketadi? Hukumat qaroriga kora, aksiyadan tushgan pulning 20 foizi — Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgarmasining shaxsiy gazna hisob raqamiga, 20 foizi Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamgarmasiga, 20 foizi Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va kochmas mulk davlat korxonalari hisob raqamiga, 40 foizi tuman (shahar) byudjetlariga otkaziladi.

Bundan kelib chiqadiki, hokimlar har bir imzosi uchun ozi boshqarayotgan hudud byudjetiga qoshimcha tushumni kafolatlaydi. Sodda qilib aytganda, hokim qaror loyihasiga shunchaki imzo qoymaydi, Davlat xizmatlari agentligi yoki davlatning boshqa tashkilotlari ham savob uchun ishlamaydi.

Umumdavlat aksiyasi doirasida mamlakat boyicha otkazilgan xatlovda 1 millionga yaqin ozboshimchalik bilan qurilgan, yani rasman hujjatlashtirilmagan imoratlar borligi aniqlangani haqida malumotlar paydo bolgandi. Bu imoratlarning aksariyat qismi aholi ayni paytda yashab turgan uy-joylar ekani hisobga olinsa, mulk huquqini etirof etish masalasi kun tartibida qatiy turgani oydinlashadi.

Mavzuga oid yana bir jiddiy holat bor. Joriy yil fevral oyining songgi kunlarida parlament yer togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni qabul qildi. Unga kora, Jinoyat kodeksiga qoshimchalar kiritildi. Shuningdek, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 60-moddasi yer uchastkalarini ozboshimchalik bilan egallab olish fuqarolarga eng kam ish haqining on besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan ottiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki on besh sutkagacha mamuriy qamoqqa olishga sabab bolishi haqidagi yangi meyor bilan toldirildi. Qonun bu yil iyun oyidan kuchga kiradi.

Mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi muddati tugashiga juda kam vaqt, sanoqli kunlar qolyapti. Ozlariga bogliq bolmagan sabablar tufayli uy-joyini hujjatlashtirishga ulgurmagan yurtdoshlarimiz ertaga katta muammolar girdobiga tushib qoladi. Uy-joy xalqimiz uchun juda chuqur va nozik masala. Bu xarakterdagi muammolar hal etilmasdan qolib ketishi davlatga, jamiyatga katta tashvish keltirishi mumkin.

Yuqorida keltirilgan fakt va omillarning hammasini bir joyga jamlab fikrlasak, umumdavlat aksiyasi muddatini uzaytirish bilan bogliq savol yuzaga qalqib chiqmoqda. Uyiga mulk huquqini istayotgan ming-minglab hamyurtlarimizni oyga toldirayotgan, qanchadan-qancha oilalarning xavotiri arishiga umid bera boshlagan mavzu shu kunlarda dengizday chayqalib turibdi.

Tolqin TORAXONOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: