O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Avgust 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 31 1 2 3 4
5 6 7 8 9 10 11
12 13 14 15 16 17 18
19 20 21 22 23 24 25
26 27 28 29 30 31 1
08.04.2019

SOZ FESTIVAL ISHTIROKCHILARIGA

Magdalina VALDIVAYA, musiqashunos (Meksika):

– Har bir xalqning o‘z qoshigi, xalq ogzaki ijodiga asoslangan termalari boladi. Butun dunyoda shunday. Lekin Termizda bolib otayotgan ushbu festival ana shu xalq ogzaki ijodini xalqaro darajaga olib chiqdi, desam yanglishmayman.

Togri, turli tillarda kuylanadigan termalar ma’nosini tarjima asosida anglab yetish mumkin, lekin bu festivalda kuylanayotgan xalq ohanglariga tarjimon kerak emas. Undagi dard, shodlik va baxt ohanglari tarjimonsiz ham qalblarga yetib boradi, deb oylayman.

Vanya ILEV, musiqa oqituvchisi (Serbiya):

Serbiyalik yoshlar umumjorlikda aytadigan kuy-qoshiqlar kop. Men ozim musiqa oqituvchisi bolib ishlayman, Kop yillardan buyon xalq termalarini yigib kelaman. Bu festivalda juda kop hamkasblar, baxshilar bilan tanishdim, ularning qoshiqlarini, musiqalarini yozib oldim. Vatanimga qaytgach, serb musiqa asboblariga dombira jorligini ham qoshmoqchiman.

Bunday tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun Serbiyada xalq folkloriga alohida etibor beriladi.

Muhabbat MENGLIYEVA (Turkmaniston):

Termizda otayotgan festival bu tarixiy shaharning yana bir qirrasini dunyoga tanitdi. Tarixi 3-5 ming yilliklarga borib taqaladigan bu diyorning qadimiy qalalarida dunyoning turli burchaklaridan kelgan arxeologlar qazishma ishlarini olib borib, ozlarining ilk sivilizatsiyaga daxldor osori atiqalarini topayotgani, Hakim at-Termiziy, Muso at-Termiziy kabi koplab allomalarning islom olamida taniqli zotlar ekani bu zaminning haqiqatan ham buyuk Ipak yolida qadimiy va muqaddas qadamjolardan biri ekanini bildiradi.

Baribir, ozbek va turkman xalqlarining baxshichiligi, doston va termalari, hatto dombira ohanglari ham bir-biriga oxshash. Shuning uchun ularni tinglab mazza qilayapman. Bir guruh turkman baxshilari bilan kelganmiz, ular ham festivalda oz sanatlarini namoyish etadilar.

Kanita KOMSOKSAK, jurnalist (Tailand):

Bizda har bir tadbir kuy-qoshiqlar bilan otadi. Eng qizigi, bu xalq termalarini yetti yoshdan yetmish yoshgacha biladi, birgalashib kuylashadi. Farzand tugilganda, yoshiga tolganda, marosimlarda, hatto ishonsangiz, bir inson vafot etganida uning ham kuy-qoshiq bilan songgi yolga kuzatishadi.. Bu inson dunyo gam-tashvishlaridan qutuldi, endi ruhi abadiy shod bolsin, deb kuylashadi.

Men bu yerda ijro etilayotgan sharq xalqlari folklorida avvalo, ajib bir uygunlikni kordim. Yana bir narsa meni quvontirdi: oqinlar, jirovlar, baxshilar qaysi dostonni kuylamasin, oz qahramonini koklarga kotarib, qilgan ishlarini on chandon, yuz chandon borttirib maqtarkan. Bu ham yoshlarni ruhlantirishga bir chaqiriq, ulugvor ishlarni qilishga, koproq yaxshiliklar qilishga davat singari har bir qalbga shijoat bagishlaydi. Men vatanimga qaytib borgach, ana shular haqida kitob yozmoqchiman.

Karlos Borjes FREYRA, radioreportyor (Portugaliya):

Xalqaro festival otayotgan maydon goyoki ulkan va bepoyon bir teatrga oxshaydi. Bir tomonda qogirchoqbozlar, bir tomonda dorbozlar, boshqa tomonda raqsga tushayotgan bobolar, momolar, milliy libosdagi qizlar, yigitlar, turli shirinliklar, pazandachilik mahsulotlari, xalq hunarmandchiligi namunalarining namoyishi, xullas, zerikishga vaqt yoq.

Men har bir soha boyicha alohida-alohida reportaj tayyorlayapman, suratga tushirayapman. Ularni internet orqali uzatayapman. Bizning ishimizda tezkorlik birinchi orinda turadi, shuning uchun ham kundalik olingan suratlarni shu vaqtning ozida saytga joylashtirayapman. Vatanimga qaytib borganimdan keyin festival haqida alohida radiofilm tayyorlash niyatim bor.

Safar SHAYDILOV, Termiz baxshichilik maktabi oqituvchisi:

Prezidentimiz Termizga kelganida: «Qani momolarimiz aytgan ertagu matallar, topishmoqlarimiz, toylarimizning boshi bolgan baxshilarimiz qani, nega bunday merosni biz yoqotayapmiz, axir ertangi avlodga neni qoldiramiz?», deb juda kuyinib gapirgan edi.

Termizda baxshilar maktabi bolishini biz kop yilllardan buyon orzu qilardik. Mana, nihoyat, orzularimiz amalga oshib, qisqa vaqt mobaynida Markaziy Osiyodagi yagona baxshilar maktabi faoliyatini boshladi. Albatta, bundan benihoya mamnunmiz.

Bugun bu maktabda juda koplab baxshilarimiz iqtidorli yoshlarga ustozlik qilmoqda. Baxshi degani, avval musiqa ilmini mukammal egallaydi, ijroda kuy va soz uygunligiga erishganidan song el oldiga chiqadi. Ana shunda u har qanday holatda ham ozini yoqotmasdan, voqelikni ohangga solib, dombira jorligida oz sanatini namoyish qila oladigan boladi. Baxshichiligimizdagi yana bir anana — aytishuv sanatkorning ijro mahoratini oshirib, badihagoyligini, istedodini yanada sayqallaydi. Baxshichilik maktabida oquvchilarga saboq berishda ana shularga alohida etibor qaratayapmiz.

Samandar GULBOYEV, baxshichilik maktabi oquvchisi:

Men bolaligimdan turli sozlarni chalishga qiziqaman. Baxshichilik maktabida ustozlardan saboq olish bilan birga turli sozlarda kuy ijro etish boyicha mahoratimni oshirayapman. Hozir dombira, sibizga, chanqovuz, nay, surnay, qoshnay kabi 12 ta asbobda turli kuylarni chalolaman.

Ustoz baxshi Shoberdi Boltayevdan dombira chalish, unda ohang, baxshi ovozining hamohang bolishi sirlarini organayapman. Kelgusida baxshichilik sanatini dunyoga targib etish niyatidaman.

Golibjon ORIPOV, 5 yoshda, ijtimoiy tarmoqlarda dombira chalib chiqqan:

Men dombira chalib qoshiq aytishni bobomdan organganman. Hozir bir nechta dostonlardan parchalar yodlaganman, dombira jorligida chet eldan kelgan mehmonlarga kuylab berdim. Ular menga sovgalar berishdi. Katta bolsam, albatta baxshi bolaman.

Nurulloh DOSTON tayyorladi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: