O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
08.04.2019

SOZ FESTIVAL ISHTIROKCHILARIGA

O‘tmishi ulug xalqning kelajagi buyuk boladi

Toxtash ANNAYEV, Termiz Arxeologiya muzeyi ilmiy xodimi:

– Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan muzeyimizda 100 mingdan ortiq eksponat saqlanmoqda. Ming yillardan sozlaguvchi topilmalar orasida soz chalayotgan ayollar tasvirlangan haykalchalar bor. Bu esa Surxon zaminida qadimdan ma’naviyat, marifat, xususan, baxshichilik sanati rivojlanganidan dalolat beradi.

Shu orinda «baxshi» sozining manosi xususida qisqacha toxtalmoqchiman: Baxshi sovga, tuhfa, inom, baxt, deganidir. Oqituvchi, muallim, ustoz manolarini ham anglatadi. Baxshilar ezgulik, mardlik, yaxshilik, mehr-oqibatni tarannum qiladi. Tinchlikni madh etib, Vatanni uluglaydi. Termiziylar yurtiga ana shunday insonlar jamuljam bolganidan xursandmiz.

Jayxun sohilida dunyo baxshilari jamuljam boldi

Azizbek baxshi Ziyoyev, (Tojikiston):

Otgan ikki yil davomida Ozbekiston va Tojikiston Respublikalari ortasidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy-marifiy va boshqa sohalardagi aloqalar yuksak bosqichga kotarildi. Mamlakatlararo avtomobil, temir yol va havo qatnovining yolga qoyilganini esa ikki birodar xalq uchun tarixiy yangilik boldi, deyish mumkin.

Xalqaro festival oldidan Al Hakim at Termiziy qadamjosida boldik. Termiz xalqaro aeroporti, temir yol vokzali, Arxeologiya muzeyini tomosha qildik. Taassurotlarni soz bilan ifodalash mushkul. Qadim Jayxun sohilida tantana qilinayotgan ayyom barchaga olam-olam zavq-shavq ulashayapti, desam mubolaga qilmagan bolaman.

Dombira tutganimga qirq yildan oshdi. Dunyoning ondan ortiq davlatida bolganman. Fransiyada otkazilgan xalqaro anjumanda goliblikni qolga kiritgandim. Termiz festivalidan ham umidim katta.

Mehmondostlikni sizlardan organish kerak

Aleksey Rodin, sayyoh (Rossiya):

Termizga birinchi marta kelishim. Mehmondost xalqingiz yaxshi taassurot qoldirdi. Ozbeklarga xos anana va urf-odatlar hayratimni oshirdi. Surxon sanat saroyi hududida tashkil qilingan korgazmani tomosha qildim. Navo va qoshiqlar turli tillarda yangrayotgan bolsa-da, kishiga huzur baxsh etadi. Sanat dillarni birlashtiruvchi mustahkam koprik, deganlari aslida shu bolsa kerak. Osmoni musaffo, yurti tinch, dasturxoni tokin elning quvonchli kunlari kop bolsin.

Globallashuv jarayonlari, ommaviy madaniyat niqobi ostidagi manaviy tahdidlarning xavfi tobora ortayotgan bugungi davrda mana shunday milliy qadriyatlar, qadim ildizlarga murojaat yoshlarni ozligini anglashga, oqdan qorani farqlashga orgatadi, deb oylayman.

Ayyom shukuhi barchaga quvonch baxsh etmoqda

Anna Jumma Sharvan, baxshi (Afgoniston):

Memorchilik, naqqoshlik, ganchkorlik, zardozlik, musiqa, ogzaki adabiyot namunalari folklor hisoblanadi. Termizda ilk bor otkazilayotgan Xalqaro baxshichilik sanati festivalida ularning barchasi mujassamlashgan. Keng maydonda kulolchilik mahsulotlari namoyish qilinmoqda. Dorbozlar, zardozlar, novvoylar, hunarmandlaru temirchilarga kozingiz tushadi. Kuy va qoshiqlar avjiga chiqqan. Aytishuv, olan va alyorlardan hamma xursand.

Ozbek-afgon xalqi azaldan dini, urf odatlari, ananalari bir-biriga oxshash xalq. Ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelgan durdona qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, marosimlarimizni, madaniy meros durdonalarini asrab-avaylash, xalq ogzaki ijodiyotining qadimiy ananalarini tiklash va milliy qadriyatlarni avlodlarga yanada boyitib yetkazish biz baxshilarning maqsadi va burchidir.

Tantanalarni korib, sizlarga havasim keldi. Davlatingiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan baxshichilik sanati qayta dunyoga kelgan bolsa, yaqin kelajakda yanada taraqqiy etishiga ishonaman...

Ozbekiston ovozi muxbiri

Abdumalik HAYDAROV yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: