O'zb  
 
08.04.2019

XORIJIY OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TERMIZ BAXShIChILIK SANATI FESTIVALI HAQIDA

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali sanat olamidagi muhim tadbirlardan biri sifatida xalqaro jamoatchilikda katta qiziqish uygotmoqda.

Shu munosabat bilan festival va uning doirasida otkazilayotgan tadbirlar yuzasidan xorijiy ommaviy axborot vositalarida turli xabar va maqolalar elon qilib borilmoqda.

Jumladan, Ukrainaning «Strana» internet-nashrida Ozbekistonda eng katta sozana tikildi nomli maqola chop etildi. Unda ?-10 aprel kunlari Termizda otkazilayotgan Xalqaro baxshichilik sanati festivali munosabati bilan Ozbekistonda dunyodagi eng yirik ipak gilam — sozana tikildi, deyiladi.

Xabarda sozana va uning yaratilish tarixi, ushbu mehnat turi, usta-tikuvchilar faoliyati, festival va uning otkazilishi haqida batafsil malumot keltirilgan.


Ozarbayjonning Yenicag axborot portalida mavzuga oid berilgan xabarlarda festival Ozbekistonning eng janubiy mintaqasi, oziga xos qadimiy sanat ananalariga ega Termiz shahrida otkazilishi haqida alohida soz boradi.

YuNESKO shafeligida otkazilayotgan ushbu tadbirda dunyoning 20 dan ortiq davlatidan 60 ga yaqin ijrochi ishtirok etmoqda. Sanat olamidagi ushbu muhim tadbirni yoritish maqsadida dunyoning 18 davlatidan 250 dan ortiq jurnalist tashrif buyurgan. Mehmonlar, shuningdek, Surxondaryodagi Fayoztepa, Kampirtepa tarixiy manzilgohlari, Sulton Saodat va at-Termiziy kabi onlab ziyoratgohlarda bolish imkoniyatiga egalar, deyiladi Yenicag xabarida.

Xitoyning Jenmin jibao gazetasi ham oz sahifalarida xalqaro maydonda yuz berayotgan muhim voqea-hodisalar haqidagi xabarlari orasida Termiz shahrida otayotgan ajoyib va betakror tantanalar togrisida malumotlar chop etgan. Xususan, nashrda elon qilingan maqolada quyidagilar qayd etiladi: Tadbir Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor otkazilmoqda. Festival yoshlarni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, xalqlar ortasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Uning doirasida turli ilmiy konferensiya va ijodiy uchrashuvlar ham otkazilmoqda. Tadbirga keng hozirlik korilgan.

Baxshichilik tarixi, ushbu sanat turining oziga xos maktablari haqida malumot beruvchi ilmiy-ommabop kitoblar chop etilgan. Unda koplab davlatlar qatori Xitoy Xalq Respublikasi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro festival tafsilotlari, shuningdek, Trend az, Kazinform, BelTa, REGNUM, Daily Sabah, Devdiscourse, AKI Press kabi qator xorijiy axborot tarmoqlarida ham keng yoritib borilmoqda.

Z.MIRZABOYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: