O'zb  
 
12.03.2019

CHAPAK HAM...CHIROYLI BOLADIMI?

Yoki tilimizga bo‘layotgan ayrim bepisandliklar haqida

...Mahalliy telekanallardan birida dokon sotilishi haqida e’lon berilyapti. Ekranda elon matni paydo boladi, tasvir ortida matnni kimdir ifodali oqiyapti. Televizorga tikilib otirgan on yashar nevaram beixtiyor «Ota, Xiva sozi kichik harflarda yoziladimi?», deb sorab qoldi. Etibor bersam, haqiqatda reklama ijodkorlari mashhur qadim shahar atamasini kichik harfda yozishgan ekan.

Mayli, bu shunchaki juziy xatodir. Ammo...

Oynai jahon kanallarida aytilayotgan sozlar, jumlalar garchi kasbim quruvchi bolsa-da, ensamni qotiradi.

Hurmatli tahririyat! Ushbu maktubni kop oylab, mulohaza qilib korgach, yozishga qaror qildim. Gaplarim kimgadir yoqsa, kimgadir yoqmasligini ham bilaman. Lekin ona tilimizga nisbatan beparvolik, masuliyatsizlik kopayib ketayotganiga sabrim chidamay yozishga qaror qildim.

Bir boshlovchi Vaqt — oliy hakam, deb oz korsatuvini tamomladi. Qiziq, bunday gap biror voqea roy bergan yoki munozarali masalaga nisbatan aytiladi-ku. Oddiy korsatuv oxirida bunday iborani aytish orinlimikin? Ehtimol Vaqt oltindan qimmat, deyish maqul emasmi?

Hozir nima kop, telekanal kop. Telekanallarda nima kop, korsatuvlar kop. Togrirogi, turlicha shoular kop. Ana shu shoularni boshlaydigan tili burro suxandonlar odatda sizga biror besh daqiqa amru maruf oqigachgina salomlashish esiga tushadi.

Tasavvur qiling, yolda biror tanishingizga duch keldingiz. Hali qol olib salomlashishdan oldin osha tanishingizga bir qop muammolar, yangiliklarni tokib solsangiz va nihoyat...hushingizga kelib salomga qol uzatsangiz, tanishingiz sizni aqldan ozibdi, deb oylashi mumkin.

Qaysiki, ana shunday shoulardagi boshlovchilar gap orasida va kopincha yakunda qandaydir aforizm, ibratli gaplarni keltirishni yaxshi korishadi. Bu qolipga aylanib qolgan tarki odat. Qadimda bir donishmand shunday degan ekan yoki Allomalarimizdan biri shunday deganlar, deydi. Kim aytgan, umuman bu iborani birov aytganmi, boshlovchining oz ijodimi...bilolmaysiz.

Telekanallardan birida Krossvord korsatuvini muntazam kuzatib boraman. Negaki, ozim ham turli boshqotirma, krossvordlar yechishga qiziqaman. Bu bilan xotiramni sinovdan otkazaman.

Krossvordning navbatdagi bellashuvida boshlovchi oqiyapti: Qimmatbaho tosh. Besh harfdan iborat. Vaholanki, shu besh harfning ikki harfi allaqachon ochilgan. Boyinbog taqqan ishtirokchi esa zor berib oylayapti. Boshlovchi qoshimcha malumotlar ham beradi: Qadimdan yurtimizda ochiq holda qazib olingan. Suv orqali yuvish orqali ham qazib olinadi. Ishtirokchi terlab ketgan, hatto brilliant yoki marvarid variantini ham aytadi. Besh harfli sozdaya?!

Oylab qolasan kishi, bu korsatuvga qanday mezonlar bilan ishtirokchi tanlanadi? Axir hozir telekanllarimizni suniy yoldoshlar orqali xorijda ham korishadi. Uyat emasmi?

Ushbu korsatuvda oliy oquv yurtida tahsil olgan xorazmlik talaba Xorazmdagi qurilishi chala qolgan memoriy yodgorlikni topa olmadi. Bolmasa, onta harfning uchtasi ochilgandi. Boya aytgan on yashar nabiram esa Kaltaminor! Kaltaminor! deb unga qichqiradi.

Qisqasi, uch nafar oliy malumotli ishtirokchi shu korsatuvda krossvordning uchdan birini ham topa olmadi. Bu yoqda tomoshabin bolgan men uyalib ketdim...

Yoki oldingi yili 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan musiqali shouda qatnashgan uch nafar harbiy bilim yurti kursantlariga boshlovchi Ofitser sozining mazmuni nima?, degan savol berganida bolajak ofitserlar mulzam bolib, jim qolishganida uyatdan yerga kirib ketgim kelgan.

Sport sharhlovchilari, ayniqsa millionlar oyini hisoblanmish futbol sharhlovchilari aytayotgan sozlar, iboralar latifalarga xamirturush bolgulik. Paxtakor jamoasi Dinamo Samarqandni 0:1 hisobida maglub qilib, uyiga uch ochko bilan qaytdi, degan xabarni qanday tushunmoq kerak? Aslida, 1:0 ga maglub qilmaganmi?

...Korsatuv ketyapti. Studiyadagi tomoshabinlar har bir chiqishni olqishlashyapti. Olqishlar kongildagidek chiqmaganidan boshlovchi tomoshabinlarga murojaat qiladi: Qani, bir chiroyli qarsaklar bolsin!

Qarsak ham chiroyli boladimi? Uning chiroyi, ruhsori, suvratini kim korgan? Qarsak toxtovsiz, davomli, guldurosli bolishi mumkin. Tilshunos emasman, xato gapirayotgan bolsam, uzr sorayman. Ayrim boshlovchilar bolar-bolmasga mubolaga emas, deb qoshib qoyishi bolalab ketgan. Orta maktabda bizni oqitishgan davrda mubolaga nimaligini orgatishgan. Tilshunoslar mubolaga biror narsani oshirib korsatish, kopirtirish ekanligini yaxshi bilishadi. Bu yoqda boshlovchi korsatuv qahramonini maqtarkan: Yosh iqtidor egasi oz sohasi boyicha kopgina yutuqlarga erishgan, desak mubolaga emas, deydi. Bu noorin gapi bilan qahramoniga nisbatan ishonchsizlik uygotmayaptimi? Shu gapini biroz oylab, jon, samimiy qilib aytsa bolmaydimi? Hech bolmasa, ...kopgina yutuqlarga erishgan, deb qoya qolsin. Boshlovchining shevada gapirishlari odat tusiga kirib qolgani haqidaku gapirmasak dilimiz, gapirsak, tilimiz kuymoqda.

Aynan oynai jahonda yozilayotgan matnlarda imlo xatolar istalgancha topiladi, buni qanday tushunish mumkin? Tilga etiborsizlikmi yoki chalasavodlikmi?

... Men qurilish sohasida ishlab, qarilik nafaqasiga chiqqanman. Orta maktabda til darslaridan ozroq bolsa-da saboq olganman. Ammo, bobolarimizdan meros bolgan til qoidalarini bir qadar bilaman. Gaplashishni bilish uchun oliy dargohda oqish shart emas, deb oylayman.

... Bu boshlovchilar esa atay oqishgan, diplom olishgan. Yo yomon oqishgan, yo ona tilini hurmat qilish nimaligini bilmaydi. Buni kora turib, chiroyli qarsak chalib tomoshabin bolib otirsak, insofdan bolmas, deb ushbu maktubni bitdim.

Ergash XOJAQOV,

mehnat faxriysi, Xorazm viloyati, Bogot tumani, Dehqonobod qishlogi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: