O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.03.2019

SOGLOM XALQ YURTNI BOY QILADI

Gulrano AZIMOVA, II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni sohibasi, Yunusobod tumanidagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 87-maktab direktori:

— Prezidentimiz 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi muhtasham Ozekspomarkaz milliy korgazmalar zalida otkazilgan tantanali bayram tadbirida nutq sozlab, barcha ayollarni samimiy tabrikladi. Tadbirda ishtirok etib, tabrikda aytilgan samimiy sozlarni eshitib, ich-ichimdan faxrlanib, gururlanib ketdim. Shu mamlakatda tugilib, yashayotganimdan faxr hissini tuydim.

Bahor nafosati, injiqliklari bilan ayol tabiatiga oxshaydi. Yasharish fasli kirib kelishi bilan ozbek xonadonlarida bayram va tantanalar kopayadi. Bu yilgi xotin-qizlarimizning bayrami ozgacha shukuh, ozgacha tantana bilan nishonlandi. Men shu yurtning bir ayoli sifatida, bu ayyomni kotarinki ruhda kutib oldim. Bayram kayfiyati kongilga sigishi aslida ayol uchun katta baxt, deb bilaman.

Yurtboshimizning har bir ayol uchun e’tibor va etiroflari, har bir ayolga shaxsan yollagan tabriklari xotin-qizlarimizga baxt, ishonch va shu bilan birga jasorat berdi, desam adashmagan bolaman. Bugungi kunda davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin opa-singillarimiz rahbarlik lavozimlarida ishlamoqda. Xotin-qizlarning ulushi sogliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 82 foizdan ziyodni, ilm-fan, talim-tarbiya, madaniyat va sanat sohalarida 72 foizni, qishloq xojaligida 45 foizdan ortiqni, sanoatda 38 foizni tashkil etar ekan. Shu raqamlar ham bugun ayollarimizning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati ortib borayotganini korsatadi.

Prezidentimiz Yoshlar kelajagimiz, deb aytdi. Aslida ham shunday. Maktabda togri tashkil etilgan talim-tarbiya kelajagimiz uchun oqil, dono, bilimdon farzandlarni yetkazib beradi.

Men faoliyat yuritayotgan maktab imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan bolib, maktabda aqlan va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar tahsil oladi. Maktabimiz davlatimiz qaramogida. Oquvchilarning talim-tarbiya olishlari uchun hamda ularda uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etish uchun qulay sharoit yaratilgan. Maqsadimiz bolajonlarimizni kelgusida mustaqil hayotga moslashtirish, tengdoshlari orasida oz orinlarini topishida yordamlashishdir. Bu borada Prezidentimiz maruzasida El sogligi yurt boyligi deb aytganlari menga juda yoqdi, chunki soglom xalq yurtni boy qila oladi. Mening maqsadim ham imkoniyati cheklangan bolajonlarni soglomlashtirish, ularga kasb-hunar orgatish, jamiyatga foyda keltira oladigan inson etib tarbiyalashdir.

Bayram tantanasida Prezidentimiz aytgan fikrlar, davlat mukofoti menga katta masuliyat yukladi. Bu balandparvoz gap emas, oldimizda aniq rejalar bor. Oquvchilarimizni soglomlashtirish uchun sport ishlarini jadallashtirish, kompyuter texnologiyalarini maktabimiz oquv dasturiga kiritish (shu vaqtgacha aqli zaif bolalarga bu fan oqitilmaydi), maxsus dasturlar ishlab chiqish, video darslarni yolga qoyish, oquvchilarni soglomlashtirish maqsadida ippoterapiya (ot ustida davolash) reabilitatsiya ishlarini yolga qoyish asosiy maqsadimiz.

Ilohim, har bir ayol orzu-niyatlariga yetib yursin.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: