O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
05.03.2019

HAR BIR MUROJAAT ZAMIRIDA INSON TAQDIRI MUJASSAM

Mamlakatimizda taraqqiyot strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan tarixiy islohotlar avvalo inson manfaatlari himoyasiga qaratilgan. Aholining huquq va erkinliklarini himoya etishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Odamlarni e’tibor bilan qabul qilish, ularni qiynayotgan muammolarni vaqtida hal etish jamiyatda sog‘lom muhitni yaratadi, islohotlar samaradorligini oshiradi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashga alohida etibor berilayapti. Otgan 2018 yil davomida vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1181 ta murojaat kelib tushgan. Bu korsatkichni 2017 yilga qiyoslaganda 4,1 foizga kamaygan.

Ularning 338 tasi toliq qanoatlantirilgan va 827 ta murojaat boyicha huquqiy tushuntirishlar berilgan.

– Ozbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida»gi qonuni mazmun-mohiyati boyicha xodimlarga muntazam tushuntirish ishlarini olib boramiz, deydi vazirlikning jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bolimi boshligi Davron Hojiyev. Murojaatlarni korib chiqishda qonun talablariga amal qilmagan, organish muddati buzilishiga yol qoygan masul xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda jazo qollanib borilmoqda. Masalan, organish natijalari boyicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish yuritishda kamchiliklarga yol qoyganligi va oz xizmat vazifasiga masuliyatsizlik bilan yondashganligi uchun 2 nafar xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi, 3 xodimga nisbatan esa intizomiy chora sifatida hayfsan berildi.

2018 yil davomida vazirlik masullari va mutaxassislari tomonidan viloyatlar va Toshkent shahrida 32 ta sayyor qabul otkazilib, jismoniy va yuridik shaxslarning 111 ta masalasi korib chiqildi va ularning ijrosi nazoratga olindi. Vazirlik rahbariyati tomonidan 47 nafar jismoniy va yuridik shaxsning vakillari shaxsan qabul qilindi va ular tomonidan kotarilgan masalalar hal etildi.

Prezidentning virtual qabulxonasi orqali Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kelib tushgan 234 ta ogzaki, 596 ta yozma va 61 ta elektron murojaat korib chiqildi. Bular asosan narx-navoni barqarorlashtirish, soliq va bojxona tariflari masalasi, iqtisodiyotni rivojlantirish boyicha takliflar mazmunidagi murojaatlardan iborat.

Murojaatlar bilan ishlashda vazirlik masul xodimlari tomonidan oz vakolati doirasida har bir masala mohiyatini chuqur anglash va tahlil qilish asnosida javob xatini muddatidan kechiktirmasdan jonatishga katta etibor qaratildi. Shuningdek, ular tomonidan hududlardagi bosh boshqarmalarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boyicha ish yuritilishining togri tashkil etilganligi hamda amaliy yordam korsatish maqsadida organishlar otkazilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Murojaatlarning ijrosi togrisidagi masalalar hafta, oy va chorak yakunlari boyicha otkaziladigan hayat yigilishlarida muhokama qilib borilayotir. Hududlar kesimida tahlil etilganda, murojaatlarning asosiy qismi Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Fargona, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlariga togri keladi.

Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boyicha ishlarni tashkil etish yuzasidan 2019 yilga moljallangan chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bolib, har bir murojaatning ijrosini oz muddatida taminlashga katta etibor qaratilishi belgilangan.

Tajribadan korilayaptiki, fuqarolar bilan ochiq muloqotlarni kengaytirish aholining davlat va xojalik boshqaruvi organlariga bolgan ishonchini mustahkamlamoqda. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda yanada faol ishtirokini taminlashga xizmat qilmoqda.

Obiddin MAHMUDOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.