O'zb  
 
12.02.2019

QORAQOSHLI, QORASOCHLI... QIZ

Bir kuni darsdan qaytayotganimda, ro‘paramdan kelayotgan chamasi on toqqiz — yigirma yoshlardagi qiz e’tiborimni tortdi. Sochlari yelkasiga tushgan, ustidagi kiyimi ham antiqa. Tor futbolkasining koksida «love me» (meni sev) degan shapoloqday yozuv. Yaqinroq kelganimda qarasam, qulogida sirgasi ham bor ekan... Korinishdan ozbekka mutlaqo oxshamaydi. Ammo, afsuski ozbek ekan. Yonimdan otib ketayotganida bildim, telefonda ozbekcha gaplashib ketayapti. Buning ustiga qiz bola emas, yigit ekan...

Qiziq, yigit kishi sochini ostirib, buning ustiga sirga taqib olishi nimasi? Bu nimani bildiradi, modaga ochlikmi, taqlidmi? Togri, ilma-teshik shimda yuradigan qizlarni, soch ostirib, sirga taqib olgan yigitlarni korganda kopchiligimiz ajablanmay ham qoydik.

Globallashuv yashin tezligida dunyoni orab, chirmab olmoqda. Bunday jarayonda milliy qadriyatlarni saqlab qolish oson emas, deb oylayman. Ota-bobolarimizdan bebaho meros bolib qolgan asl qadriyatlarimiz uchun kurashmasak, yutqizamiz. Kurashganda ham dadil, murosasiz bolmogimiz kerak. Sustkashlik, etiborsizligimiz ozimizga dushman boladi.

Hilola Abdujabbarova, Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti talabasi:

Namangan viloyati muhandislik instituti qoshidagi Toraqorgon akademik litseyida bir dugonam bolar edi, kiyinish deganda hammadan otaman, derdi. Rostdan ham uning kiyinishiga koplarimiz havas qilardik. Kiyimlari qimmatbaho emasdi, ammo bejirim, ozoda, toza bolardi, oziga juda yarashardi. Soch turmaklari ham ozbekona edi. Endi bilsam, u did bilan kiyim tanlarkan. Kiyinish madaniyati degani shu bolsa kerak. Tizzasi yirtiq shim, xorijiy tilda nimadir yozilgan futbolka yoki kalta yubka kiyish madaniyat emas, balki kor-korona birovga taqlid, aniqrogi yengiltaklik ekanini endi tushunyapman. Biz ozbek qizlari qachon gozal bolamiz, qachonki oz milliy qadriyatlarimizga amal qilsak. Kiyinish ortida ham hayo, ibo, tarbiya, madaniyat bor.

Bahodir Zohidov, harbiy xizmatchi:

Olifta yigitmi, qizmi, menga umuman yoqmaydi. Boyniga zanjir, qoliga ikkita-uchta uzuk taqqan yigit, yirtiq shimli qiz, ayniqsa, sochini sap-sariq qilib boyab olgan qizlar dunyoqarashi malum. Madaniyatli, bilimli yoshlar hech qachon ozini bunday tutmaydi. Kiyimi oziga yarashgan, kamtar, muomilali bolsa, hurmat qilaman. Ayniqsa, kiyinish borasida birovdan otib ketaman, degan narsa xayolimdan otmagan. Chunki, qayerga qanday kiyinib borishni, qaysi kiyim yarashishini yaxshi bilaman.

Nargiza Vahobxojayeva, tikuvchi:

Milliy liboslarni juda ham yaxshi koraman, boshimdan doppi tushmaydi. Har bir qiz-ayollarimizga doppi, atlas koylak yarashadi. Kiyim rangi, fasoni did bilan tanlanishi lozim. Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda turli xil liboslar rasmi chiqadi, bizga yarashadimi yo yoqmi, boldi, uning rasmini olib tikuvchiga olib boramiz. Mahallamizda bizdan ikki-uch yosh katta bir qiz bor edi. Soddagina edi. Shu tabiiy soddaligi bilan gozal edi. Nima jin urdi, bilmayman. Bir minimarketga sotuvchi bolib ishga kirgach, ozgardi qoldi. Sochlari sariqqa, yuzlari, lablari har xil rangga boyaldi, tor shim kiyadigan boldi...

Biz sochimizni sariqqa boyaymizmi, tizzasi yirtiq shim yoki koksida inglizcha yozilgan futbolka kiyamizmi, baribir, ozbekligimizcha qolamiz. Ozbek bolib tugilganimizga shukr qilishimiz, faxrlanishimiz kerak. Negaligini qanday yurtda yashayotganimiz, qanday buyuk ajdodlarimiz borligini oylasak, anglab yetamiz.

Endi qizlar oylab koraylik, singlimizga qogirchoq sovga qilish uchun dokonga kirdik. Kalta koylakli yoki boshqa milliy kiyimdagi, sariq sochli, moviy kozli qogirchoq yonida atlas koylakli, qorasoch, qoraqosh qogirchoq turibdi. Qaysi biri kozimizga olovday korinadi, yuragimizni jizillatadi?... Albatta milliy libosdagisi. Chunki, biz ozbekmiz, oz urf-odatlarimiz, liboslarimiz bilan gozalmiz, qadrlimiz.

Umida NISHONOVA,

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti talabasi.



DB query error.
Please try later.