O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 31 1 2 3 4
12.02.2019

HAQIQATNING YUZIGA TIK BOQAYLIK

Men «O‘zbekiston ovozi» gazetasining muxlisi sifatida uni muntazam oqib boraman. Gazeta mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti onglanishiga, aholi ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan tahliliy maqolalari bilan ajralib turadi. Jamiyatimizda erishilgan yutuqlarni yoritish bilan birga eng ogriqli nuqtalarni ham chetlab otmaydi. Hozir yoq narsani borttirib, kamchilikni xasposhlaydigan matbuotning davri otdi. Odamlarni shirin yolgonlar bilan boqadigan gazetalar asta-sekin nazardan qolayotganini korib turibmiz.

Ozbekiston ovozi gazetasining 2018 yil 1 noyabrda chop etilgan Samarqand davlat universiteti professori Farhod Nabiyev va dotsent Mardon Boltayevlarning Iltimoslar yoki ildiz otgan illatlar haqida nomli maqolasi elon qilingan edi. Avvalo, ushbu maqolaning sarlavhasi diqqatimni tortdi. Uni oqib chiqib, gap nima haqida ketayotganini tushundim. Mualliflar ota dolzarb masalani kotargan va kundalik hayotimizda odat tusiga kirib qolgan turli xil iltimoslarning salbiy oqibatlarini asosli dalillar bilan korsatib bergan.

Ushbu maqola Samarqand iqtisodiyot va servis institutining navbatdagi manaviyat soatida domlalar va talabalar ortasida keng muhokama qilindi. Iltimos sozi arab tilidan olingan bolib, u lugaviy otinch, iltimos, afv, kechirish manolarini anglatadi. Ozbek tilining izohli lugatida ushbu tushunchaga muddaoni (maqsad, istakni) qondirish haqida qilingan murojaat, sorash yoki talabni qayd etuvchi murojaat shakli sifatida ikkita izoh berilgan. Bundan korinib turibdiki, aslida iltimosning hech ham illatga daxli yoq.

Ammo inson bitta iltimos orqali yaxshi narsalarni oz manfaatiga moslab yomon qilib yuborishi va mos ravishda yomon narsalarni yaxshilab olish qudratiga ham ega. Odamda iymon-etiqod sust bolsa, uning barcha harakatlari oz manfaatini qondirishga qaratilgan boladi. Bunday garazli maqsad manaviyatga putr yetkazadi.

Maqolada qayd etilganidek, iltimos hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olgan bolib, odamlarning munosabatlarida keng qollanib kelinmoqda. Biz ushbu tushunchaning talim sohasidagi korinishiga etibor qaratmoqchimiz, xolos.

Maqolada ota-onalar, togalar tomonidan bolasi yoki jiyaniga baho qoydirish uchun qilinadigan iltimosning kelajakda nechogliq salbiy oqibatlarga olib kelishi, pirovardida, jamiyat taraqqiyotiga tosiq bolishi xususida yetarlicha fikrlar aytilgan. Eng yomoni, osha ota-ona, togalar ham bolasi yoki jiyanining oqishi uchun emas, balki bilmagani, boz ustiga oqimaganligini ragbatlantirib, domlalardan bahosini qoyib berishni iltimos qilishadi. Hatto buning uchun domlani ragbatlantirishga ham tayyor. Shu tufayli bunga batafsil toxtalib otmoqchi emasman. Lekin mening ham ota-onalar va togalarga iltimosim bor: Ogaynilar, iltimos, endi farzandlarimizga baho qoying, deb emas, bolamni yaxshi oqiting, bilmaguncha baho qoymang, deb iltimos qilaylik. Noxolis iltimosning kop salbiy oqibatlari bor. Bunda birinchidan, talabalar bilimini baholashda adolat mezoni buziladi. Oqish ishtiyoqida yurgan talabalar ham bahoni oqimasdan olish mumkin ekan-ku, degan fikrga keladi va oqimasdan qoyadi.

Ikkinchidan, bu salbiy holat yoshlar ongida nohaqlik, adolatsizlikka konikma hosil qiladi. Har bir iltimos oz ornida, adolat nuqtai-nazaridan ishlatilsa va qollanilsa, bu albatta muvaffaqiyatga yol ochadi, muhit soglom boladi.

Yangilanayotgan jamiyatimizda bu kabi illatlardan batamom voz kechishimiz va bir-birimizga achchiq bolsa ham, haqiqatni aytish, haqiqatning yuziga tik qarashimiz lozim boladi.

Mamayunus PARDAYEV,

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori, iqtisod fanlari doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: