O'zb  
 
11.09.2018

MAQOM SANATI VA YOSHLAR TARBIYASI

Nazira O‘ROQOVA, xalq deputatlari Qarshi shahar Kengashidagi OzXDP guruhi a’zosi, 6-son orta talim maktabi direktori:

— Shahrisabzda maqom sanati boyicha otkazilgan anjuman butun viloyatimiz ahli uchun katta bayramga aylanib ketdi. Maqom anjumani quvonchu shodliklari kirib bormagan oila qolmadi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlar bilan joylardagi uchrashuvlar juda samimiy va hayajonli otdi. Ular xalqimizning turmush tarzi, milliy urf-odatlari bilan tanishishdi. Ozlarining milliy kuy-qoshiqlarini namoyish etishdi.

Bu uchrashuvlar, muloqotlar millatlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, dostlashtiradi. Odam bir-birini bilmagach, begonasiraydi, bilgach esa munosabati ozgaradi. Anjuman kunlari yuzlab xorijiy mehmonlar yurtimizni oz kozlari bilan korishdi, tarixiy yodgorliklar bilan tanishishdi, buyuk otmishimiz togrisida koproq malumotga ega bolishdi. Ozbek xalqi sanatsevar, kongli ochiq, mehmondost ekanligiga ishonch hosil qilishdi. Festivalning eng muhim ahamiyati shunda, deb oylayman.

Festivalga tayyorgarlik jarayonida nafaqat tegishli idoralar, balki jamoat tashkilotlari, xususan, partiyamiz azolari ham faol ishtirok etdi. Festivalning yuksak saviyada otishida ularning ham hissasi bor.

Har bir goya yoki tashabbusning qollab-quvvatlanishi, yashab ketishi uning maqsadiga, goyasiga bogliq. Prezidentimiz tashabbusi bilan otkazilgan maqom sanati goyasi umuminsoniy qadriyatlar bilan bogliq bolgani uchun ham dunyoning koplab mamlakatlarida qiziqish uygotmoqda, maqom sanati muxlislari tomonidan qollab-quvvatlanmoqda. Anjuman kunlarida qadim maqom sanatining nozik qirralari, sehri va kuch-qudratini yana bir bor chuqur his etdik va bundan faxrlanamiz, albatta. Ishonchim komil, anjumanda qatnashgan barcha sanatkorlar, mehmonlar bayram quvonchlarini oz yurtlariga olib ketishdi. Biz esa zimmamizda yana bir vazifa borligini anglab yetdik. Farzandlarimiz manaviyati yuksak bolishi, ozbekona feli, qalbi bolishi uchun maqom sanatini ular ortasida keng targib qilishimiz kerak boladi. Bu vazifa asosan ota-onalar va oqituvchilar zimmasida, deb oylayman.



DB query error.
Please try later.