O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.09.2018

ODAMLARNI ROZI QILISH

Bugungi siyosatimizning bosh maqsadi

Fazliddin TEMIROV, xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi rahbari:

Prezidentimiz viloyatimizga tarixiy tashrifi chogida Qiziltepa tumanida sement zavodi qurish taklifini bildirgan edi.

Qisqa fursatda tadbirkor tomonidan ushbu loyiha ustida ish olib borilib, ob’ekt istiqlolimizning qutlug tantanalari arafasida foydalanishga topshirildi.

«Oqoltin kapital servis» masuliyati cheklangan jamiyati negizida yangi loyiha amalga oshirildi. Qiziltepa tumanidagi Gulzor mahalla fuqarolar yigini hududida joylashgan mazkur yangi korxonaning yillik quvvati 150 ming tonna sement ishlab chiqarishga moljallangan.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 33 milliard 100 million som bolib, 22 milliard 700 million som tashabbuskorning oz mablagi hamda 10 milliard 400 ming som tijorat banki kredit mablaglari hisobiga togri keladi.

Mahalliy va xorij texnologik uskunalariga ega yangi quvvat sutkasiga 600 tonna sifatli M-400 markali va portlandsement ishlab chiqarishni boshladi. Natijada 120 yangi ish orni yaratildi. Quvonarlisi, mana shuncha oilaning iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, ularning rozgoriga baraka kirdi.

Bunday istiqbolli sanoat korxonalarining ishga tushishi avvalo, eng muhim masalalardan biri bolgan bandlik muammosini hal etadi. Qolaversa, ichki bozorda qurilish mahsulotlariga bolgan talabni qanoatlantirib, narx-navoning pasayishiga zamin yaratadi.

Maryam NIYOZOVA, xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashidagi OzXDP azosi, Kattaqorgon tumanidagi Kumush tola xususiy korxonasi rahbari:

Bahorda 5200 quti ipak qurti parvarishladik. Bu bilan 4 mingdan ortiq oilaning bandligi taminlandi. Pillachilarga mavsum boshlanishidan avval avans pullari berildi. Ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. Mavsum nihoyasida pillachilar topshirgan pillasining har kilogrammi uchun 20 ming somdan ish haqi olishdi. Bu bir pillachi orta hisobda 1 million somdan ziyod daromad olganini anglatadi. Rejadan ortiq pilla topshiruvchilar daromadi esa yanada oshdi.

Korxonaning modernizatsiya dasturi asosida texnik jihatdan yangilanishi ishlab chiqarish quvvatini ikki baravarga oshirish imkoniyatini yaratdi. Ushbu dastur doirasida, 2017 yilning dekabr oyida Xitoy davlatidan 124 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib, ipak yigirish liniyasi ornatildi. Bu tumanimizda sanoatning rivojlanishi, ish orinlarining ortishida muhim qadam boldi.

Avval korxonamizda 60 nafar ishchi ishlagan bolsa, modernizatsiyadan song ular soni 100 nafardan oshdi. Yana bir etiborli jihat. Biz mavsumiy ishchilarni jalb etmaymiz. Barcha ishchilarimiz doimiy, yil mobaynida ishlashadi.

Pilla, xom ipak, ipak kalava ishlab chiqarish va ularni qayta ishlashning samarali usullari keng joriy etilmoqda. Bu esa ipakdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yolga qoyish, sohaning eksport salohiyatini yuksaltirish hamda qishloq joylarda aholi bandligi va daromadlari darajasini oshishini taminlashiga shubha yoq.

Pilla boquvchilarning mavsumiy faoliyati bir yil ish stajiga otishi ish bilan band bolmagan opa-singillarimiz uchun ayni muddaodir. Pillakorlarning yagona ijtimoiy tolovdan, daromad soligidan ozod qilinganligi soha xodimlari uchun yana bir qulaylikdir.



DB query error.
Please try later.