O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
28.08.2018

HAYOT ULUG NEMAT,

— deydi O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim Fayzullayev. Undan unumli foydalangan kishining yurtga foydasi tegadi, el ichida hurmat-ehtiromga sazovor boladi.

Darhaqiqat, bunga Ibrohim akaning oz hayot yoli yaqqol misol bola oladi. Kim bilan suhbatlashmang, u kishining ibratli tashabbuslari, ishlari haqida mamnuniyat bilan gapiradi. Ibrohim aka otgan asrning 80-yillari ortalaridan hozirgacha Denov tumanidagi Sobir Rahimov nomli urugchilik xojaligiga rahbarlik qilib kelmoqda. Bu xojalikda sifatli urug navlari yetishtirish borasida oziga xos maktab yaratildi, deydi Denov tumani hokimi Ulugbek Qosimov.

Respublikada xizmat korsatgan qishloq xojaligi xodimi Ibrohim Fayzullayev nafaqat qishloq xojaligi, balki chorvachilik, bogdorchilik, parrandachilik va boshqa sohalarda ham koplab yoshlarga ustozlik qilgan, deydi Denov tuman hokimligi qishloq va suv xojaligi bolimi boshligi Shoymamat Sherqobilov. Tuman ahlini tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka orgatgan ham shu inson boladi. Masalan, bundan 25-30 yil avval xojalikda har gektar maydondan 15-20 sentnerdan galla va paxta olingan bolsa, urug sifati yaxshilanishi evaziga hozir bu korsatkich bir necha barobarga oshdi. Xojalikda chorvachilik, meva-sabzavot, poliz ekinlari va boshqa sohalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ibrohim Fayzullayev mehr-oqibatni, odamiylikni har narsadan ustun biladi, deydi mehnat faxriysi Jaloliddin Qosimov. U kishining tashabbusi bilan xojalikda muhtasham sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Onga yaqin kam taminlangan oilaga chorva mollari berildi. Turizmni rivojlantirish maqsadida 2016 yilda tuman markazida savdo markazi hamda mehmonxona, shunga yarasha maxsus yukxona, oshxona hamda avtomobillar turar-joyi barpo qilindi, 200 nafarga yaqin yoshlar ish bilan taminlandi.

Yoshim sakson beshga yetayotgan bolsa ham ruhim tetik, savob ishlarni koproq qilsam, deyman. 1996 yilda shaxsan Birinchi Prezidentimiz qolidan Ozbekiston Qahramoni unvonini olganim sira yodimdan chiqmaydi, deydi Ibrohim Fayzullayev. Oshanda ozimga ozim soz berganman: nimaiki ish qilsam, qanday ezgu maqsadlarga qol ursam, faqat el-yurt farovonligi, savob ishlar uchun qilaman deb. Ayniqsa, hozir yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar kishiga katta gayrat bagishlaydi. Shunchalik etiborga yarasha mehnat qilishimiz kerak, albatta.

Qanday zamonlarni kormadik, qahatchilik, qimmatchiliklarni boshimizdan kechirdik. Tumanda ichimlik suvi, gaz, elektr energiyasi muammo edi. Ichki yollarda mashina emas, hatto odam yursa ham qoqilardi. Xudoga shukr, mustaqillik yillarida tarixiy ishlar amalga oshirildi. Qishloq va mahallalarda artezian quduqlari qazilib, 15 ming nafardan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan taminlandi. 55 kilometr masofaga orta va past bosimli gaz quvurlari tortilishi bilan mingga yaqin xonadonning «zangori olov»ga bolgan ehtiyoji yaxshilandi. Ottiz kilometrdan ortiq ichki yollar asfaltlandi.

Bichish-tikish, gisht va ohak ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. Yigirmaga yaqin maishiy va savdo xizmat korsatish shoxobchalari xalqimizning ogirini yengil, uzogini yaqin qilmoqda. Tuman markazidan 60-65 kilometr olisda joylashgan Pojur qishlogida 114 gektarlik lalmi maydonda mevali bog yaratdik. Bularning hammasi Vatanimiz mustaqilligi tufayli. Ilohim, mustaqilligimizga koz tegmasin, ezgu savob ishlardan charchamaylik.

Otaxonning fikriga qoshimcha qilib aytish kerakki, halol, fidoyi mehnat nafaqat hurmat-ehtirom keltiradi, balki kishiga kuch-quvvat bagishlaydi. Bunga ham u kishining ozi misol bola oladi.

Abdumalik HAYDAROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.