O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
1 2 3 4 5 6 7
8 9 10 11 12 13 14
15 16 17 18 19 20 21
22 23 24 25 26 27 28
29 30 1 2 3 4 5
16.08.2018

DUNYODA DIYDORDAN AZIZROQ NEMAT YOQ EKAN,

deydi Respublika tojik milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari, «Ovozi tojik» gazetasi bosh muharriri orinbosari Tojiboy IKROMOV

Buni biz bir guruh jurnalistlar yaqinda Tojikistonga borganimizda yurak-yurakdan his qildik. Men ozim Tojikiston davlat universitetida oqiganman, u yerda dostu qadrdonlarim kop. Lekin uzoq yillardan buyon bordi-keldi yoqligi tufayli ular bilan korisholmagandim. Bizni korib, shunday xursand bolishdi, juda soginishgan ekan. Hammalari ikki davlat ortasidagi chegaralar ochilganidan, tosiqlar olib tashlanganidan mamnunliklarini izhor qilishdi.

Qayoqqa borsak, bizni aziz mehmon sifatida oliy darajada kutib olishdi, tuman, viloyat rahbarlarining ozlari olib yurishdi. Xatlon viloyatining Kolob shahrida 52-umumta’lim maktabida ozbek va tojik sinflari bor ekan. Maktab jamoasi bizni juda samimiy kutib oldi. Oquvchilar ozbek va tojik tillarida sherlar oqib berishdi.

Shunda bir voqea boldi. Tomoshatepa degan mahallada ozbek-tojik oilalari yasharkan. Hammasi bir-biri bilan inoq, quda-anda, qon-qarindosh bolib ketishgan. Garchand biz boradigan joylar tashrif dasturida aniq-tiniq belgilab qoyilgan bolsa-da, osha yerda yashaydigan bir otaxon: Uyimizga birrovga bolsa ham kirib ketasizlar. Mehmon atoyi xudo, deb oyoq tirab oldi, rayini qaytarolmadik.

Osha ozbek xonadoniga kirib boraverishimizda oyogimiz ostiga uzun poyandoz tashlashdi, keyin uni yaxshi niyatlar bilan hammamizga bir parchadan bolib berishdi. Dasturxon tokin, noz-nematlar serob. Darhol osh damlandi. Taomilga kora, osh yeyilmasdan, mehmon ornidan turib ketmaydi, bu xonadon shaniga odobsizlik hisoblanadi. Hech esimdan chiqmaydi dasturxonga duo oqilayotganida otaxon bir gap aytdi. Non-tuz, obi ovqat hamma yerda topiladi, lekin diydor topilmaydi. Ozbek-tojik millatini birlashtirib turgan mana shu ming yillik dasturxonimiz begona bolmasin, iloyo, qayta tiklangan bordi-keldimiz bardavom bolsin!

Qarang, Kolobda umrguzaronlik qilayotgan oddiy bir xalq vakilining konglidagi tilaklarini, orzu-niyatlarini. Bu aslida birgina otaxonning emas, ikki xalqning eng muqaddas ezgu tilaklaridir.

Baxtar shahrida Urgut mahallasi bolib, 1,5 mingdan ortiq aholi yashar ekan. Ular bir paytlar sobiq tuzum davrida kochirib olib kelingan ekan. Bizni karnay-surnaylar bilan kutib olishdi. Uzoqdan etiborimizni eng birinchi jalb qilgan narsa juda katta hajmda tayyorlangan bannerda Ozbekiston va Tojikiston Prezidentlarining korishib turgan surati boldi.

Bu yerda Urgut mahallasi chevarlari va qoligul ustalari tomonidan tayyorlangan milliy hunarmandchilik mahsulotlari korgazmasini tomosha qildik. Eng qizigi har bir sanat asarida kashtami yo sozana, sopol yoki chinni idish, yogoch oymakorligi hamma-hammasida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonlarning birgalikda korishib turgan qiyofasi aks ettirilganini kordik. Mana, xalq soginchining uzoq yillar yuraklarda armon bolib yotgan izhori...

Madaniyati va manaviyati, adabiyoti yaqin bolgan davlatlarning ozaro aloqalari ham bardavom boladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan keyingi ikki yil mobaynida xalqaro munosabatlarda yaqin qoshnichilik aloqalariga alohida etibor berildi. Qoshni mamlakatlar bilan birgalikda hal etilishi lozim bolgan masalalar kop yillardan buyon oz yechimini kutib kelayotgandi. Chegaralar yaqinidagi tarang vaziyat, bolib otgan noxush voqealar nafaqat davlatlar ortasidagi munosabatlarga, balki ikki xalq hayotiga ham salbiy tasir korsatdi.

Bugun ozaro munosabatlarda yangi davr boshlanayapti. Haqiqatan ham, urf-odatlariyu qadriyatlari, turli ananayu bayramlari, dasturxoni bir bolgan bu ikki xalq atoqli davlat va jamoat arbobi, sevimli yozuvchimiz Sharof Rashidov tabiri bilan aytganda, bir qushning ikki qanoti, ikki tilda sozlashuvchi bir millatdir.

Tarixan qondosh va jondosh bolib kelgan bu ikki millat hamkorligi mamlakat darajasida qaytadan mustahkamlanayotgani albatta barchamizni quvontiradi. Ozbekiston va Tojikiston sanat, madaniyat, ilm-fan arboblarining ozaro hamkorligi togrisidagi kelishuvlar, Tojikiston bilan togridan-togri aviaqatnovlarning tiklanganligi, Dushanbe Toshkent, Dushanbe Kolob Termiz yonalishidagi poyezdlar qatnovining yolga qoyilishi, ozbek-tojik munosabatlarida butunlay yangicha, hayotbaxsh bosqichni boshlab bermoqda, ozaro bordi-keldi aloqalari yaxshilanmoqda.

2017 yilning 9-13 may kunlari Tojikistonda Ozbekiston sanat va madaniyat kunlari bolib otdi. Osha yili 10-14 oktabrda esa Ozbekistonda Tojikiston madaniyat kunlari otkazildi. Tadbirlar doirasida Ozbekiston hamda Tojikistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari haqida fotokorgazma, ikki tomonning kino sanoati mahsulotlari namoyish qilindi. 2018 yilning mayida Dushanbeda ikki mamlakat sanatkorlari bilan hamkorlikda Dostlik kechasi tashkil qilindi. Tojikiston va Ozbekiston parlamenti ortasida Dostlar klubi tuzildi...

Navoiy va Jomiy, Gafur Gulom va Mirzo Tursunzoda, Oybek va Jalol Ikromiy, Sharof Rashidov va Jabbor Rasulov singari ulug ajdodlarimizning umrboqiy dost-birodarlik munosabatlari tarix zarvaraqlariga muhrlanganday bugun ikki davlat Prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tomonidan yolga qoyilgan yangi yaqin hamkorlik va ahil dostlik aloqalari ham naqshi nigor qilinajak, deb oylayman.



DB query error.
Please try later.