O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
12.07.2018

NOMIGA ISHLAYOTGAN SHIFOXONA KIMGA VA NIMAGA KERAK?..

Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash, aholiga korsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya, shoshilinch va tez tibbiy yordam, ixtisoslashtirilgan xizmatlar sifatini oshirish, arzon va sifatli dori-darmon, tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, xususiy tibbiy amaliyotni rivojlantirish boyicha muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Malumotlarga kora, ushbu sohani rivojlantirishga, uni tubdan isloh qilishga qaratilgan Prezidentimizning 4 farmoni, 24 qarori va 9 farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 37 qarori hamda 32 ta farmoyishi qabul qilingan. Shuningdek, sogliqni saqlash tizimi muassasalarini saqlab turish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 2018 yilda Davlat byudjetidan 9,6 trillion som mablag ajratilgan bolib, 2017 yilga nisbatan bu raqam 1,4 barobarga kopdir.

Togrisi, bunday etibor kongilni kotaradi, tibbiyotimizning kelajagiga ishonch paydo qiladi. Ammo davlat tomonidan shuncha etibor bolayotganiga qaramay, joylarda dilni xira qiladigan holatlar uchramoqda.

Toshkent shahridan bir qadam narida joylashgan Toshkent tumanida bugungi kunda 206 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Shuncha aholisi bor tumanda bitta «Qizgaldoq» QFY shifokorlar kochasi, 1-uyda joylashgan shifoxona mavjud. Shifoxona orni aholi soniga nisbatan juda kam, buning ustiga yetib borish noqulay hududda joylashgan. Fuqarolar bu haqda etiroz bildirib, tahririyatga ogzaki murojaat qilishgandi.

Haqiqiy holatni organishga harakat qildik.

Etirozlarda jon bor ekan, shifoxona tumanning chekka, yani aholi yetib borishi noqulay bolgan hududda joylashgan. Muassasada shoshilinch tibbiy yordam, jonlantirish, davolash, nevrologiya, travmatologiya, bolalar bolimlari mavjud bolsa-da, ularda bemorlar uchun nafaqat joy masalasi, balki mebel jihozlari, tibbiy asbob-uskunalar yetishmas ekan. Buning ustiga uch qavatli tibbiyot maskanidagi lift umuman ishlamaydi. Ahvoli ogirroq bemorlar uchun yuqori qavatga kotarilish oson emas, albatta.

Shoshilinch tibbiy yordam bolimini kozdan kechirganimizda bemorlar uchun eng zarur bolgan kislorod yetkazib berish uskunasi yoqligi malum boldi.

Ushbu holatni izohlash uchun jonlantirish bolimi mudiri Rufat Nasimovga murojaat qildik.

— Shifoxonamizda sharoitimiz yoq deb, bemorlarning hayotini xavf ostiga qoya olmaymiz, deydi u. Qoldan kelgancha, bor imkoniyatdan foydalanishga harakat qilyapmiz. Togri, hozir bolim shifokorlari kislorod tarmogini tashqaridan shlang orqali kirgizib, buyruq bilan ochirib yoqishadi. Bu ahvol xavfsizlikka javob bermasa-da, shunday ishlashga majburmiz. Aslida, qonun-qoidaga muvofiq, bolimimizning har bir xonasida kislorod tarmogi bolishi lozim. Tan olish kerak, operatsiya vaqtida ishlatiladigan tibbiyot anjomlari ham yetishmaydi (bor-yogi ikkita jamlanma). Uni ham shifokorlarning ozlari uyoq-buyoqdan surishtirib topishgan. Ochigi, bir vaqtning ozida 4-5 nafar operatsiya qilinishi lozim bolgan bemor kelib qolsa, anjomlarimiz yetishmaganligi sababli ular kutib qolishga majbur bolmoqda.

Suhbatimizga jonlantirish bolimi katta hamshirasi Shoira Odilova qoshildi: Jonlantirish xonasi 6 bemorga moljallangan, lekin bu yerda bemor ahvolini korsatib turuvchi bor-yogi bitta uskuna bor. U aslida har bir bemor uchun bitta bolishi kerak. Bundan tashqari, funksional krovatlar yetishmasligidan katalkalardan foydalanilyapti. IVL (opkaga suniy nafas beruvchi) uskunasi ham bir dona bolib, unga muhtoj ikkinchi bemor kelib qolsa, katta muammoga aylanmoqda. Pulsaksmetr, kislorod konsentrator uskunamiz esa umuman mavjud emas. Ogir bemorlar kuniga 10-12 tagacha keladi, ammo ularga qarash uchun mutaxassislarimiz yetishmaydi. Bir soz bilan aytganda, bolimimizda aslida bolishi lozim bolgan tibbiy asbob-uskuna hamda jihozlarning kopchiligi mavjud emas.

Boshqa bolimlarni kozdan kechirganimizda ham xuddi shunday muammolarga duch keldik. Shu boisdan bemorlar uzoq muddat navbat kutib qolmoqda. Hatto eng zarur tibbiy uskunalardan bolalar bolimida kislorod yetkazib beruvchi uskuna, nevrologiya bolimida esa exoensefalograf va elektroensefalograf mavjud emas ekan. Shifoxonadagi rentgen apparatining ishlatilayotganiga oz emas, kop emas 39 yil bolibdi... Yozning jazirama kunlarida muassasa xonalaridagi issiqqa chidab bolmaydi, palatalarda sovutgich yoq.

Bemor shifoxonaga davo izlab kelsa-yu u yerda oddiy tibbiy asbob-uskunalar yetishmasa, u dardini kimga aytadi? Shu kabi xavotirli oylar bilan shifoxonadan chiqib ketdik.

Savollarimizga javob olish maqsadida Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi boshligi Hikmat Isamuhammedov qabuliga bordik. U bizga quyidagilarni gapirib berdi:

Shifoxonadagi tibbiy asbob-uskunalar yetishmasligi muammosini bartaraf etish borasida vazirlik bilan birgalikda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, deydi u. Togrisini aytishim kerak, bu joyga rahbar bolib kelganimga olti oycha bolib qoldi. Kelgan kunimdan boshlab shifoxonani tibbiy jihozlar va malakali shifokorlar bilan taminlash yollarini izlayapmiz. Toshkent tumani Zangiota tumanidan ajralib chiqib, qayta tashkil etilgani sabab tuman shifoxonasi davlat komissiyasi tomonidan organildi va aholi qatnoviga qulay, barcha kommunal tarmoqlar mavjud hududga kochirilishi rejalashtirildi. Buning uchun tuman markazida joylashgan maishiy xizmat korsatish kasb-hunar kolleji binosi ajratiladigan boldi. Davlat komissiyasining tavsiyasiga asosan belgilangan hududda kompleks shifoxona qurilishining birinchi bosqich ishlari boshlab yuborilgan. Shifoxona qurilishi uchun barcha hujjatlarimiz tayyor. Lekin yaqinda, 10-15 kun avval yuqoridan kollej binolari oz joyida qolsin, degan buyruq kelgan, deb eshitdik. Kollej mamuriyati shu malumotga tayanib, shifoxona kochadigan manzil aniq korsatilmagan, deya tosqinlik qilmoqda. Haqiqatan ham Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida shifoxona qurilishi kerak bolgan kocha nomi korsatilsa-da, uy raqami aniq belgilab berilmagan. Shu noaniqlik masalani bir tomonga yechishga tosqinlik qilyapti.

Vazirlar Mahkamasiga tuman aholisi ehtiyoji uchun yagona bolgan shifoxona qurilishi boyicha taklifimizni kiritdik. Ammo bu muammo qanday hal etilishi nomalumligicha qolmoqda.

Agar tuman markazidagi kollej binosi ornida shifoxona kompleksi tashkil etilsa, tez tibbiy yordam, poliklinika, tumanda mavjud bolmagan yuqumli kasalliklar shifoxonasi bir manzilga joylashtirilib, aholi va mutaxassislarimiz qatnovi uchun ham qulay bolar edi.

Yangi shifoxona 3 yil ichida tashkil etilishi moljallangan dedingiz, ungacha bemorlar ahvoli nima kechadi?

Biz Salomatlik-3 dasturiga kirdik. Ammo tibbiy asbob-uskunalar hanuz yetkazib berilmayapti. Yuqori tashkilotlarga murojaat qilganimizda avval yangi shifoxona qurilishi bitsin, deyishdi va bu muammoligicha qolmoqda. Biz hozircha qolimizdan kelgancha birinchi yordamni berib turibmiz. Lekin ogir ahvoldagi bemorlar kelib qolsa, ularni shahar tibbiyot markazlariga yuborishga togri kelmoqda...

Biz Toshkent tumani shifoxonasida kozimiz bilan korganimizni va qiyin sharoitda ishlayotgan shifokorlar fikrlarini qogozga tushirdik, xolos. Togri, muammo bor, uning yechimini topish kerak. Yechim qachon topiladi? Mutasaddilar bemorlarga achinsa, ozlarini ularning orniga qoyib korishsa, tezroq harakat qilishadi, imkoniyat topishadi...

Toshtemir XUDOYQULOV,

Noila MARUPOVA,

Ozbekiston ovozi muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: