O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
10.07.2018

SHAHAR BEDARVOZA EMAS: Toshkent shahar hokimligi diqqatiga!

Gazetamiznig 5 iyul sonida «Tungi velosipedchilar» sarlavhali maqola chop etilgan edi. Unda poytaxtimizning turli hududlarida velosipedni sayr etish uchun ijaraga beradigan shoxobchalar paydo bo‘lgani, koplab osmir-yoshlarning tun yarmigacha, hatto soat 2-3 largacha maydon va kochalarda velosipedda sayr qilishi odat tusiga kirgani, bu holatning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’siri, yol harakati xavfsizligiga xalaqit berishi togrisida fikr-mulohazalar bildirilgan edi.

Bu mavzu boyicha boshqalarning fikri qanday?

Akmal YUNUSOV, Ichki ishlar vazirligi YHXBB matbuot xizmati boshligi, mayor:

— Ozbekiston ovozi gazetasida chop etilgan Tungi velosipedchilar sarlavhali maqolada dolzarb masala kotarilgan. Haqiqatan, velosipedchilar xatti-harakati avtomobil boshqaruvida turli noqulayliklarga sabab bolmoqda. Natijada koplab kongilsizliklar, yol-transport hodisalari sodir etilmoqda. Ogil-qizlar koplab darajadagi tan jarohatlari olib, ayrim holda hayotdan koz yummoqda.

Joriy yilning otgan olti oyi mobaynida respublikamiz hududida velosipedchini urib yuborish bilan bogliq jami 239 ta hodisa sodir etilgan. Unda 53 nafar fuqaro halok bolgan, qolganlari turli darajada jarohat olgan.

Masalan, 2018 yil 25 iyun kuni soat 22:00 larda Yashnobod tumanida yashovchi 16 yoshli velosipedchi qizni yuk mashinasi urib yuborgan. Ogir tan jarohati olgan qiz 28 iyun kuni shifoxonada vafot etgan.

Bunday hodisalar oz emas. Inson hayotiga zomin bolayotgan kongilsiz hodisalarning sabablari haqida oylashimiz kerak. Avtomobil yollari velosiped haydovchilari uchun emas, balki avtotransport vositalariga moljallanganini unutmaylik. Avtoyollarda velosipedda harakatlanish aslo mumkin emas.

Biz velosipedda sayr etishga qarshi emasmiz. Ammo yol harakati xavfsizligi qoidalariga qatiy amal qilish lozim. Birinchidan, velosipedda katta yolga chiqib, poyga oynayotgan osmirlar, yoshlar yol harakati qoidalarini bilishadimi? Velosipedni ijaraga beruvchilar uchun chegara, mezon belgilanishi kerak emasmi? Serqatnov avtoyollarda, piyodalar yolakchalarida aholiga xalaqit qilib, ozining va ozgalarning hayotiga xavf soluvchi harakatlar taqiqlanishi zarur, deb hisoblayman.

Odinaxon YULDASHEVA, uy bekasi (Chilonzor tumani):

Avvalo, bir narsani takidlamoqchiman. Bola tarbiyasi har bir ota-ona uchun eng muhim vazifa sanaladi. Inson kim bolishidan qati nazar, farzandining taqdiri, tarbiyasi uchun masul hisoblanadi. Unga togri yol korsatish, yaxshi va yomonni farqlashni orgatish, nazoratsiz qoldirmaslik esa burchimiz, deb bilaman.

Maqolani oqib, bir narsaga hayron qoldim. Ogli yoki qizi yarim tungacha velosipedda sayr qilib yurgani nega ota-onani tashvishlantirmaydi? Yoki bolalar taqdiri ota-onalarini qiziqtirmaydimi? Masalan, oglim bir soat kozimdan narida bolsa, darrov xavotirga tushaman. Qayerdaligi, kimlar bilan nima qilayotgani haqida bilsam ham, yana bir bor ishonch hosil qilgim keladi. Qorongi tushgach, nafaqat qizlarimni, hatto oglimni ham nazoratsiz kochaga chiqishiga ruxsat berilmaydi. Ayrim paytlarda ular bilan birga kechki sayrga chiqamiz.

Bugun tungi soat on ikkida, bir-ikkida farzandi, qizi qayerda yurgani bilan qiziqmaydigan, tinchi buzilmaydigan onalarga qoyil qolmayman. Axir, bola ota-onaning jon parchasi-ku! Yaxshisi ham, yomoni ham ularning boshiga keladi. Farzandiga biror kor-xol bolsa, ota-onadan koproq jabr koradigan inson yoq. Nahot, ayrim zamonaviy ota-onalarga bu tuygular begona bolsa? Menimcha, bunday ota-onalarga nisbatan majburiyatni kuchaytirish kerak. Bolani nazoratsiz qoldirish qanday oqibatlarga olib kelishini tushuntirish talab etiladi. Agar har bir narsada meyor bolmas ekan, albatta kongilsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Gavhar ZUHUROVA, 243-maktab direktori, Olmazor tuman Kengashidagi OzXDP guruhi azosi:

Velosiped ijarasi bilan shugullanuvchi tadbirkorlikka ham, undan foydalanyotgan yoshlarga ham qarshiligim yoq. Ammo har bir ishda tartib-qoida, huquqiy asos bolishi lozim.

Shahar bedarvoza emas, har kim bilganini qiladigan. Masalan, velosipedni ijaraga berish boyicha shahar hokimligining nizomi ishlab chiqilishi kerak, deb oylayman. Unda velosipedda sayr etiladigan hudud, masofa va vaqt belgilanadi. Ijaraga beruvchining burchi, xavfsizlik meyorlari oz ifodasini topmogi zarur.

Deputat bolish bilan birga, men ham onaman. Shuning uchun bola tarbiyasi, uning odob-axloqi bilan bogliq har qanday masalaga befarq bololmayman. Mazkur masala haqida ham chuqur oylab korish kerakligini his qilib turibman. Balogat yoshiga yetmagan ogil-qizlarimizning velosipedda qol ushlashib yurishi, tun yarmida shaharning qay bir hududlarida bolishi urf-odatlarimizga ham togri kelmaydi.

Umuman olganda, ota-ona va bolalar munosabati boyicha muammolar oz emas. Biz oqituvchi va deputatlar bu borada qiladigan ishlarimizni chuqur oylab, belgilab olishimiz kerak boladi. Bola bolada, oyin-kulgini, shoxlikni yoqtiradi. Vaqti behuda ketayotganini bilmaydi, ertaga adashib qolishi mumkinligi xayoliga ham kelmaydi. Bolaga qarash, uni tergash, nazorat qilish ota-onaning burchi.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Zilola UBAYDULLAYEVA yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: