O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
10.07.2018

YUKSAK MUKOFOT YUKSAK MASULIYAT YUKLAYDI

Jamshid ABDULBOQIYEV, Toshkent shahri Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori, «Mard o‘glon» davlat mukofoti sohibi:

— Togrisi, shunday yuksak mukofotga munosib korilganlar orasida borligimni eshitib, qattiq hayajonlandim.

Shu boisdan mukofotlarni topshirish marosimiga taklif etishganda tuni bilan uxlolmasdan chiqdim. Mukofotning nomi har qanday kishiga katta mas’uliyat yuklaydi. Millionlab tengdoshlarim orasida Prezidentimiz qaroriga muvofiq Mard oglon, deb etirof etilish oz-ozidan bolmaydi. Aslida, Mard oglon degan sozning mano-mazmuni juda katta, deb oylayman.

Bugungi kunda Qichqiriq MFYda 5 ming 700 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 2 ming 500 nafarini yoshlar tashkil etadi. Mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasida bir qator ishlarni amalga oshirib kelmoqdamiz. Masalan, balogat yoshidagi, ayniqsa, ogil bolalarda bilib-bilmasdan jinoyat sodir etishga moyillik kuchliroq bolgani uchun ular bilan alohida ishlash rejasini tuzib olganmiz. Chunki, balogat yoshidagi yigitlarning aksariyatida ozini korsatishga, hamma narsaga kuchim yetadi, degan fikr ustun boladi. Shuning uchun maktabda va oilada ularning bosh vaqtlarini foydali mashgulotlarga yonaltirish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan mahalladagi shoxroq yoki oyinqaroq osmirlar royxatini tuzib olganman. Ular soat nechada darsga boradi, nechada oqishi tugaydi va qachon uyiga keladi, barchasini oqituvchisidan, ota-onasidan sorab turaman.

Shuningdek, mahallamizda 23 nafar muqaddam sudlangan shaxslar istiqomat qiladi, ularni muqim ish bilan taminlaganmiz. Shunday bolsa-da, kuniga ikki mahal ular nimalar bilan bandligini kuzatib boramiz. Xonadonma-xonadon yurib, malum bir sabablarga kora ishlamasdan uyda otirgan fuqarolarning royxatini shakllantirib, mahallamiz hududidagi korxona, tashkilot yoki tadbirkorlik subektlariga ishga joylashtirmoqdamiz. Qolaversa, aholi bandligiga komaklashish markazi bilan hamkorlikda ish olib borilyapti. Bir soz bilan aytganda, mahallamiz tinchligi va xavfsizligi uchun bor imkoniyatlardan foydalanib kelmoqdamiz.

Qolga kiritilgan yutuqlarni tanqidiy baholab, kamchiliklar togrisida koproq oylashimiz kerak. Aholi tinchligini saqlash, poytaxtimizni xavfsiz shaharga aylantirish uchun jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozim, deb oylayman.



DB query error.
Please try later.