O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.07.2018

FUQARO MUROJAATINI HAL QILISH SHUNCHALIK QIYINMI?

Navbahor tumani «Yangi obod» mahallasida yashovchi Yandash Mavlonov Bog‘zor kochasidagi ichki yol shu kochada yashovchi qoshnisi Norpolat Hamrayev tomonidan berkitib qoyilgani haqida joylarga bir necha bor murojaat qildi. Dastlab mahallaga, songra shu mahalladan saylangan deputatga yolni ochib berish boyicha qilgan iltimosi javobsiz qolib kelmoqda. Tuman Xalq qabulxonasiga yollagan murojaati ham hech qanday naf bermadi...

Gap shundaki, mazkur ichki yol Norpolat Hamrayevning ozboshimchalik bilan qurgan imoratlari (molxona, tovuqxona) bois berk kochaga aylangan.

Mazkur masalada shu hududdan saylangan deputatlardan biri tuman hokimining qurilish masalalari boyicha orinbosari Asliddin Rahimovga deputat sorovi yuborgan.

Tuman hokimi orinbosari esa masalani joyida organib hal qilish boyicha tuman arxitektura va qurilish bolimi boshligiga korsatma beradi.

Arxitektura va qurilish bolimidan borgan xodimlar murojaat egasi bilan uchrashib, masalaga yana bir bor oydinlik kiritadi. Ma’lum bolishicha, mazkur ichki yol chindan ham noqonuniy qurilishlar sabab berk kochaga aylanib qolgan. Bundan tashqari, mazkur kochada yashovchi boshqa fuqarolar ham noqonuniy qurilishlar qilib yolni toraytirib yuborgan.

Arxitektura va qurilish bolimi xodimlari ham, mahalla raisi ham, deputat ham Norpolat Hamrayev va uning oila azolari bilan mazkur masalada bir necha marotaba gaplashib, noqonuniy qurilishlarni buzib tashlab, yolni ochishni soraydi.

Bir paytlar tuman yol qurilish pudrat tamirlash korxonasini boshqargan Norpolat Hamrayev esa yolning bosh rejasini korsatishni talab qiladi. Tabiiyki, u 1990 yillarda qurilgan ushbu uylarda bosh reja yoqligini yaxshi bilar edi.

2017 yil yoz kunlari. Tun. Soat taxminan 02:40 atrofida mazkur kochada yashovchi Malohat Abdurahmonovaning xonadonida yongin sodir boladi. Qoni-qoshnilar yarim tun bolishiga qaramasdan darhol yordamga shoshildi. Zudlik bilan yongin xavfsizligi bolimiga qongiroq qilindi. Tezkorlikda yetib kelgan ot ochiruvchilar esa kocha berk bolgani sababli yongin ochogigacha yetib borisholmadi. Olov qiyinchilik bilan bartaraf etildi, xonadonning katta qismi talafot kordi.

Yaxshi insonlarning komagi, tuman hokimining tashabbusi bilan beva ayol, uch farzandning onasi Malohat Abdurahmonovaning uyi qayta qurildi.

Norpolat Hamrayev esa qoshnilarning talabini qanoatlantirish, yolni ochib berish orniga hali-hanuz oz bilganidan qolgani yoq.

Tuman hokimi orinbosari bilan mazkur masalada bundan uch oy avval gaplashgan edik. U kishi ushbu holat sudga oshirilgani va tez kunda yechimini topishini aytgan edi. Ammo amaliy ishning boshi korinmayapti.

Shu orinda bir mulohaza. Bir paytlar ozi yol qurilish korxonasiga rahbar bolgan Norpolat Hamrayev kochani obod qilib, qoni-qoshnilar ortasida obro-etibor orttirish orniga, yolni tosib, qoshnilar bilan yovlashib yuribdi.

Tumandagi birinchi sektor rahbariga qarashli ushbu muammo, oylaymizki, tez kunlarda ijobiy hal etiladi.

Ilhom SATTOROV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.



DB query error.
Please try later.