O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.07.2018

TUNGI VELOSIPEDChILAR: Ularning aksariyati yoshlar, osmir bolalar va qizlar

Tungi soat 2-3 gacha bu bolalar, yoshlar shaharning turli maydonlarida, ko‘chalarida kezib nima haqda suhbatlashishadi? Tarbiyasiga putur yetmaydimi?...

Bu mavzuni tahririyatimiz ijodiy yigilishida ikki-uch marta muhokama etdik. Har xil fikrlar bildirildi. Bugungi zamonaviy yoshlar xohish-istaklari, inson huquq-erkinliklari mezonlaridan kelib chiqib fikrlashdik. Oxiri bu masala osmir bolalar, yoshlar tarbiyasi, kerak bolsa, taqdiriga daxldor, degan xulosaga keldik.

Gazeta tahririyati xodimlarining ish vaqti har kuni ertalab soat 9 da boshlanib, yarim tunda tugaydi. Hatto tungi soat ikki-uchdan oshganda ishimiz nihoyasiga yetadi. Poytaxtimizning sukunatga chomgan, osoyishta tunlarida kochalarda velosiped haydab ketayotgan yoshlarni koramiz. Avvaliga zamon ozgardida, yoshlar bosh vaqtini otkazishi uchun har xil yangiliklar yaratilyapti, deb oyladik. Ularni har tunda koravergach, «Tavba, bu bolalar va qizlarning ota-onasi bormikin? Bor bolsa, nega indamaydi? Farzandi yarim tundan oshganda qayerda, kim bilan yurgani bilan nega qiziqmaydi, tashvishlanmaydi?» degan savollar kongilga keldi. Yanada chuqurroq oylab korilsa, kishini xavotir bosadi:

Ayni uxlab, dam oladigan paytda kochada daydib, velosiped haydab yurish ularning salomatligiga, tarbiyasiga, ruhiyatiga salbiy ta’sir qilmaydimi?

Gulbahor POLATOVA, Sogliqni saqlash vazirligi davolash profilaktika yordamini tashkillashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi:

— Vrach sifatida aytishim kerakki, uyqu gigiyenasining meyorlari mavjud va u har bir inson uchun alohida korinishda boladi. Yani bolalar, osmirlar va kattalar uchun alohida meyorlar belgilangan. Ortacha hisobda inson sutkasiga 8 soatdan kam bolmagan miqdorda uxlashi tavsiya etiladi. Lekin ayrim shaxslar borki, ular soglom turmush tarziga amal qilgan holda, mehnatga layoqati baland va faol bolishadi. Mana shunday toifa kishilar uchun 4-5 soatlik uyqu meyoriy bolib, bu ularning asab tizimi toliq tiklanishiga yetarli hisoblanadi.

Agar inson toyib uxlamasa, surunkali charchoqni keltirib chiqaradi. Natijada asab tizimi buzilishi, diqqatni jamlay olmaslik kabi salbiy oqibatlarga olib keladi. Tartibsiz uyqu miya faolligini pasaytiradi, kun davomida lanjlik va asabiylashish holatiga sabab boladi. Shuning uchun mutaxassislar uxlash gigiyenasiga amal qilishni tavsiya etadi. Chunki faqatgina meyoriy uyqu inson organizmini toliq tiklanishi va yangi kunga soglom tarzda yetib kelishini taminlaydi.

Shuningdek, tunda velosipedda yurish tavsiya qilinmaydi. Ushbu sport turidan oqilona foydalanishni istaganlar kunduz kuni velosipedda sayr qilishlari kerak. Shunda ham oddiy insonlar uchun meyor talab etiladi. Masalan, velosportchilardan farqli ravishda ular kuniga 1-1,5 soat velosipedda yurishlari lozim. Aks holda, bu sogliq uchun turli salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Bu shifokor fikri.

Endi masalaning tarbiyaviy tomoniga etibor qarataylik.

Tungi 2-3 gacha bu bolalar, yoshlar shaharning turli maydonlarida, kochalarida kezib nima haqda suhbatlashishadi? Tarbiyasi buzilmaydimi?

Yoshlar kechasi sayr qilishi, velosiped haydab zavqlanishini taqiqlash tarafdori emasmiz. Ammo hamma narsa shifokor aytganidek, vaqtida, meyorida bolgani yaxshi emasmi? Biz masalani organishga, velosiped ijarasi bilan shugullanuvchi tadbirkorlar faoliyati, tartibi, nizomi bilan qiziqib kordik.

Avvalo, velosipedni ijaraga berishning tartibi qanday? Ana shu savolga javob izlab, velosipedni ijaraga beruvchilar bilan suhbatlashdik. Saylgoh kochasida ozini Sardor deb tanishtirgan 20-25 yoshlardagi yigit ijara narxi soatiga 12 ming som ekani, istalgan vaqtgacha olish mumkinligini aytdi. Faqat garov evaziga pasport yoki telefonni berib ketish kerak ekan.

Sardorning sozlariga qaraganda, velosipedda sayr qilish vaqti chegaralanmagan, ertalabgacha ishlar ekan. Qayergacha borsak boladi, degan savolimizga shaharning istalgan joyigacha, xohlasangiz uyingizga ham borib kelaverasiz, dedi. Bilmaganlarga velosiped haydashni orgatishini, ozi bizga hamroh bolishini aytdi.

Chilonzor hududidagi Milliy stadion oldida ham ana shunday joy tashkil etilgan. U yerga borganda, 14 yoshli maktab oquvchisini uchratdik. Ismini aytishni istamagan bolakay velosipedlarni ijaraga beruvchi ekan. Biroz odamlar kamayganda kechroq kelsak boladimi?, deb soradim. U esa Tungi soat 12:30-1:00 gacha ishlayman, kelavering, dedi.

Bundan xulosa shuki, endigina 14 yoshga tolgan bolakayga ijara haqini tolasangiz, tun yarmigacha uxlamay, sizni kutib otiraveradi.

Velosipedchi yoshlar bilan suhbatlashmoqchi boldik, aksariyati sozimizni tinglashni ham istamadi. Bundan kora uyda kitob oqish, sanat yoki sport bilan shugullanish yaxshi emasmi, degan savolimizga istehzoli jilmayish bilan javob qaytarishdi. Ayrimlaridan esa uyda zerikaman, shunchaki, velik uchishni xohlayman kabi javob oldik.

Biz suhbatlashgan mutaxassislar fikricha, tunda velosipedda sayr qilishning foydasidan kora ziyoni koproq. Uyqusizlik, toliqish, vaqtni behuda otkazish, tarbiya masalalari... Hech bir ota-ona etiborsiz qoldirmasligi kerak. Buning ustiga tungi velosipedchilar katta yollarga chiqib, poyga ham uyushtirishar ekan. Bu holatlar avtomobil qatnoviga xalaqit beradi, albatta. Yollarda falokat roy bermasligiga kim kafolat beradi?

Zilola UBAYDULLAYeVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: