O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Iyul 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
05.07.2018

NA BUZILADI, NA TUZILADI

Muhabbat TOSHPO‘LATOVA, Olmazor tumanidagi «Eski shahar» MFY raisi:

— Mahalla raisi sifatida ish boshlaganimga endigina uch oy boldi, ungacha maslahatchi lavozimida ishlaganman.

Mahallamizda 2000 ga yaqin oila istiqomat qiladi. Bittagina eski maktab, imkoniyati esa qoniqarli emas. Forobiy, Ozod, Koksuv, Langar, Qiziltup, Paxta, Jonon kochalari bolalari sport maydonchasi yoqligidan qiynalishadi. Ayni vaqtda yozgi ta’til bolgani uchun maydoncha har qachongidan-da zarur. Ozingiz bir hisoblab koring, bitta berk kochada 15-20 nafar bola bor. Birgina Xorazmiy kochasida 8 ta berk kocha bolib, bu degani bir kochaning ozida 150-160 bola sport maydonchasidan foydalanish imkoniyatidan bebahra.

Bundan tashqari, mahallamizda ichimlik suvi bosimi juda past bolib, bu haqda tuman Suvsozga kop bora murojaat qildik. Kanalizatsiya tizimida ham muammolar bor.

Mahallamiz hududi buzilib, yangidan bunyod etiladi, deyilganidan song kamchiliklar bartaraf etilishi susaydi. Mahalladagi 160 dan ortiq simyogochlarni almashtirish, qiyshayib yaroqsizga chiqayotganlarini tuzatish kerak.

Langar kochasining mahallamizga qaraydigan 500 metrcha qismi ichidagi berk kochalari asfalt qilinmagan. Necha bora masullarga murojaat qildik. Keyin eshitishimizcha buziladigan yerga davlat mablagi ortiqcha isrof qilinmasligi kerak, deya asfalt qilinmayotgan ekan. Shundan song, ozimizning ichki imkoniyatimizdan kelib chiqib, 200 metrcha joyini aholidan pul yigib tuzatdik. Qachon buzilishi esa nomalum. Hech bolmasa, aniqlik ham kiritilmayapti. Qisqa qilib aytganda, na buziladi, na tuziladi. Mahallamizda bitta xonadonda 4-5 ta oila yashayotganlar kop.

Mahallada tez-tez suv, chiroq ochishi asosiy muammo.

Mahallamiz aholisi kop millatli bolib, erta-indin baribir buziladi, deya odamlar uylariga qaramay, tamirlamay qoyishgan. Shu bois tezroq mahalla qurilishi Davlat dasturiga kiritilishidan umidvormiz.

Mahallamizda dabdababozlikka berilgan, katta toy qilib isrofgarchilikka yol qoyayotganlar deyarli yoq. Aholining katta qismi ortahol kun kechiradi va ixcham toy qilish ularga har tomonlama qulay.

Mahallamizda yil boshidan beri birorta ajrim yoki huquqbuzarlik holatlari qayd etilmadi.

OzA.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: