O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
05.07.2018

XALQ XIZMATIDAGI TUZILMA

Karim KARIMOV, Olmazor tumanidagi 2-ichki ishlar bo‘limi boshligi, podpolkovnik:

— Davlatimiz rahbari tumanimizga tashrifi doirasida bolimimiz faoliyati bilan yaqindan tanishib, kerakli topshiriq va tavsiyalar berganligi biz uchun ham sharaf, ham katta mas’uliyatdir. Aslida biz xizmat qilayotgan bolim ham aynan Prezidentimiz farmoni bilan tashkil etilgan. Jamoamiz azolari tumanimizda joylashgan oltita mahallada istiqomat qiluvchi 30280 nafardan ziyod turli millat vakillari tinchligi va osoyishtaligini taminlashga masuldir. IIBda profilaktika inspektori, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish inspektori, navbatchi, surishtiruvchi, voyaga yetmaganlar va yoshlar ortasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari, shuningdek, tergov, jinoyat-qidiruv bolinmasi tezkor vakillari faoliyat yuritib kelmoqda. Yana muhim bir gap. Bolimimiz zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanganligi sodir etilishi mumkin bolgan turli huquqbuzarliklarning oldini olishda, hududni tunu kun nazorat qilish, fuqarolarimiz xavfsizligi va osoyishtaligini taminlashda juda muhim omil bolmoqda.

«Xavfsiz shahar» konsepsiyasi doirasida bugungacha 64 ta kop qavatli uy va 1884 xususiy hovlilarga 500 ga yaqin videokuzatuv moslamalari ornatilgan. Bu oz navbatida hududdagi vaziyatdan doimiy xabardor bolish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, sodir etilganlarini qisqa muddatda fosh etish imkonini bermoqda. Fuqarolar har qanday noqonuniy xatti-harakatga nisbatan jazo muqarrar ekanligini tushunmoqda. Shu orinda profilaktika inspektorlarining yashash sharoitini yaxshilash maqsadida bir qator qulayliklar yaratilayotganini alohida takidlamoqchiman. Jumladan, ular xizmat uylari va shaxsiy avtomashinalar bilan taminlanayapti. Bunday qulayliklar profilaktika inspektorlarimiz zimmasiga katta masuliyat yuklayapti, albatta.

Bolim faoliyati haqida soz ketar ekan, sodir etilgan huquqbuzarliklarning keng jamoatchilik ortasida muhokama qilinayotganligi ham oz samarasini bermoqda. Muqaddam sudlangan va profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan yakka tartibdagi suhbatlar, ularning oilaviy ahvoli, turmush tarzini uylariga borib organish va yordam korsatish jinoyatchilikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Osoyishtalik posbonlari jinoyatchilikning oldini olish maqsadida mahalla fuqarolar yiginlari raislari, diniy marifat va manaviy-axloqiy tarbiya masalalari boyicha maslahatchilar, Mahalla posboni jamoatchilik tuzilmasi rahbarlari, shuningdek, mahalla faollari bilan doimiy muloqot ornatishga etibor qaratyapti.

Hududlarda ichki ishlar bolimi faoliyatining yolga qoyilishi aholiga koplab qulayliklar yaratdi. Fuqarolarimiz qonunchilikka oid savollar, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirishga oid hujjatlar yoki oilaviy, qoshnichilik munosabatlariga doir masalalar yuzasidan bu yerga murojaat qilishyapti. Ichki ishlar idoralari xodimlarining aholi bilan xushmuomalaligi, fuqarolardan yordamini ayamasligi, ortadagi ozaro ishonch va hurmat mahallalarda tinchlik-farovonlikni taminlashga xizmat qilmoqda.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Ravshan SHODIYEV yozib oldi.



DB query error.
Please try later.