O'zb  
 
05.07.2018

SPARK 65 MILLION SOM TURADI,

uning oynalarini qoraytirish uchun 1 yilga 16,5 million so‘m tolanadi. Bu narx kopchilikka ogirlik qilmaydimi?..

Ozbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portaliga transport vositalarining oynalarini qoraytirish (tonirovka) tartibi togrisidagi hukumat qarori loyihasi (joriy yil 28 iyun kuni) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bundan kozlangan maqsad transport vositalari haydovchilari, jumladan, mamlakatimizga keluvchi sayyohlar uchun qulay sharoit yaratish, bu borada tegishli tartib joriy qilishdan iborat, deb korsatilgan. Loyiha Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Qaror loyihasiga kora, yengil avtomashinalarning orqa va orqa yon oynalarini qoraytirish tartibi belgilanishi nazarda tutilgan. Tonirovka Davlat yol harakati xavfsizligi tuzilmalari tomonidan 1 yil muddatga beriladigan ruxsatnoma asosida, tasdiqlangan davlat standartiga muvofiq IIV qoshidagi Innovatsion loyihalar va aholiga xizmat korsatish markazi davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Oynalari qoraytirilgan xorijiy davlatlar transport vositalarida Ozbekiston hududiga kirish va tranzit otish holatlarida 15 dollar miqdorida yigim undirilishi qayd etilmoqda.

Ushbu masala yurtdoshlarimizda katta qiziqish uygotdi, hujjat loyihasi boyicha portalda koplab mulohazalar bildirilyapti. Munosabat bildirganlarning aksariyati Ozbekistonning issiq iqlim sharoitida, ayniqsa, jazirama yoz kunlari avtomashinada yurish ancha qiyinchiliklar tugdirayotganini ta’kidlab, transport vositalarining oynalarini qoraytirishga ruxsat berilayotganini faol qollab-quvvatlamoqda.

Shu bilan birga, qaror loyihasining ayrim bandlari boyicha fikr va takliflar ham bildirilyapti. Munozaralarning asosiy mavzusi tonirovkaga ruxsat berish va uni ornatish uchun tolov miqdori bilan bogliq.

Qaror loyihasiga muvofiq, bu summa jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 90, yuridik shaxslar uchun 120, xorijiy davlatlarning yuridik shaxslari uchun esa 140 barobari miqdorida belgilanyapti.

Aksariyat fikr bildiruvchilar bu narxlarning juda yuqori ekanini aytishmoqda.

Xususan, Ochilov Sardor mamlakatimizda quyoshli kunlar 7-8 oy davom etishi, yozgi 35-40 daraja issiqda avtomobil ichida otirish azob bolib qolishini hisobga olib, avtomashina oynalarini qoraytirishga ruxsat berilayotganidan mamnunligini, ammo narxlar kopchilikning hamyoniga togri kelmasligini takidlagan. U quyidagicha taklif bergan: oynani qoraytirish narxini avtomobil markasiga qarab yoki oddiy xalqni hamyoni kotaradigan qilib belgilash lozim.

Mamatov Shuhratbek shunday fikr qoldirgan: Quyida keltirilgan savollarni yana bir bor korib chiqishingizni sorayman: Bu loyihani amaliyotga tatbiq qilishdan maqsad nima ozi? Issiq yurtda yashayotgan xalqimizga va mehmonlarimizga avtotransportda harakatlanishda qulayliklar yaratib berishmi? Agar qulaylik uchun bolsa, bunga pul tolash shartmi? Shart bolsa, tolov qilish imkonini beruvchi narx belgilanishi kerakmasmi?.. Shu sababli mukammal qaror tayyorlab, amaliyotga tatbiq qilinsa, maqsadga muvofiq boladi.

Iskandarov Samandar oyna qoraytirish uchun davlat boji bir oyga eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida bolishi kerakligini taklif qilgan.

Qaror loyihasi muhokamaga qoyilganiga bir haftadan oshmoqda. Unga yurtdoshlarimiz tomonidan koplab fikrlar, takliflar berilyapti. Ular qay darajada inobatga olinadi — buni vaqt korsatadi.

Ammo hozir kishini boshqa bir hisob-kitob oylantirib qoyadi. Bugun avtosalonlarda «Spark» mashinasining turli rusumlari 65 dan 75 million somgacha sotilmoqda. Yuqoridagi qaror qabul qilinsa, ushbu mashina oynasini qoraytirish uchun 1 yilga eng kam oylik ish haqining 90 barobari, yani 16,5 million som tolash kerak bolarkan. 4-5 yil davomida tonirovka uchun tolanadigan mablag miqdori 60-80 million som atrofida boladi...

Eslatib otamiz, qaror loyihasi boyicha jamoatchilik muhokamasi joriy yil 13-iyulgacha davom etadi.

Tolqin TORAXONOV



DB query error.
Please try later.