O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
30.06.2018

HOKIMNING JAVOBI ARIZACHILARNI QONIQTIRMADI

Yoki Urgut tumanidagi Bekravot qishlog‘ida maktab qurish masalasi nega hal etilmay kelinmoqda?

Otgan yilning oxirida tahririyatimizga Urgut tumani Bekravot qishlogida yashovchi bir guruh ota-onalardan shikoyat xati keldi. Murojaat bilan tanishish davomida shu ma’lum boldiki, ushbu xatga imzo chekuvchilar farzandlari uchun oz qishloqlarida maktab qurib berishlarini sorashgan. Shikoyatchilar davlat idoralari bilan bir qatorda bizning tahririyatga ham ushbu masalada bir necha marta murojaat qilishgan ekan.

Shikoyat xati tahririyat tomonidan Urgut tumani hokimligi, viloyat xalq talimi boshqarmasiga yuborilgan, biroq ularning birortasidan joyali javob olinmagan. Ushbu vaziyatga biz jurnalistlar ham loqayd qaraganmiz. Oz vaqtida bong urmaganmiz.

2017 yilning dekabrida Samarqand viloyatiga xizmat safariga borganimda Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev qabulida bolib, u bilan shikoyat xati haqida fikrlashgandim. Hokim bilan muloqotda qoyilayotgan masala togri ekani, odamlar bir necha yildan beri qayta-qayta yozayotgani, bu muammoga oz vaqtida yechim topish kerakligini bildirgan edim. Shundan song 2017 yil dekabr oyining oxirida tahririyatga tuman hokimi imzosi bilan javob xati keldi. Biz uni aynan keltirishni lozim topdik:

Bir qarasang hammasi joyida, tushunarli, asosli javob xati. Ha, bolarkan-ku, chora korishayotgan ekan-ku, deb oylaysan. Lekin shikoyat yozganlardan biri, mehnat faxriysi 73 yoshli Sadulla Rustamov tahririyatimizga qongiroq qilib, masala hal etilmaganligini, hech kim shikoyat xati bilan qiziqmaganligini sansolarlik hamon davom etayotganini aytdi.

Malumotlarga qaraganda, Bekravot qishlogidan atrofdagi maktablarga qatnayotgan bolalar soni bugun 500 nafardan oshgan. Maktablar bilan qishloq ortasidagi masofa 2-5 kilometrni tashkil qiladi. Masalaning yana bir jihatiga etibor qaratadigan bolsak, boshlangich sinflarda oqiyotgan murgak bolalarni shuncha yol bosib maktabga qatnashining ozi qanchalar azob, ularning yaqinlari uchun tahlika. Buning ustiga Urgut togli hudud bolsa, bu yerning qishi sovuq va seryogin kechishi barchaga malum.

Umrining 40 yilini maktabda oqituvchilikka bagishlagan, bugun pensioner bolsa-da, bolalar taqdiri uchun qaygurayotgan Sadulla Rustamovning, aytishicha mahalla ahli toplangan joyda,toy-marakalarda gap aylanib maktabga borib taqaladi. Ota-onalar bolalarini uzoqqa qatnab oqishidan butunlay norozi. Bobo-buvilar nabiralarini maktabga olib borib qoyayotgan holatlarga ham tez-tez duch kelasiz. Bir soz bilan aytganda hamma ovora.

Bugun maktablarda yuqori sinflar ochilganini ham hisobga oladigan bolsak, muammo yanada kattalashadi. Lekin mana necha yildirki, tuman, viloyat xalq talimi tizimi rahbarlari ham, hokimiyat ham sukut saqlamoqda. Oquvchilar va ularning oila azolari sarson sargardon...

Maqolaga nuqta qoyishdan oldin yana bir mulohaza. Bugungi kunda Urgut Samarqand viloyatida aholisi eng kop tuman hisoblanadi. 2016 yil malumotiga kora, tuman aholisi 459,674 nafarni tashkil etadi. Ijtimoiy soha obektlarini qurish va rejalashtirishda, davlat dasturiga kiritishda mazkur omil ham hisobga olinishi kerak deb oylaymiz.

Shu orinda yana bir gap. Bekravot mahalla ahli saylagan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda Mahalliy Kengashlar deputatlari nega ushbu muammoni hal etish yollarini izlamagan. Ularga ishonch bildirgan odamlarning muammosiga nega etibor qaratishmagan?

Bizdagi malumotga qaraganda Bekravot qishlogi joylashgan hudud 2 sektorga kirar ekan. Ushbu sektorga biriktirilgan Urgut tumani prokurori Ulugbek Hamdamov ham muammoni bartaraf etish yolida biror chora kormagan.

Urgut tumani hokimi Mamatjon Turdiyev tahririyatga yuborgan javob xatida kelgusi yil deganda qaysi yilni nazarda tutganini bilmaymiz-ku, lekin voqealar rivoji shu tahlit davom etadigan bolsa, bekravotlik bolalar yangi oquv yilida ham qoshni qishloqlarda joylashgan maktablarga qatnaydi. Ota-onalar xavotirlanib bolalarini kutadi.

Xalq talimi vaziri Sherzod Shermatov yaqinda ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun tashkil etilgan brifingda tizimda talim sifatini taminlashga salbiy tasir korsatayotgan omillarni bartaraf etishda jurnalistlarni hamkorlik qilishga chaqirdi. Balki, mana shu maqoladagi muammoga vazir etibor qaratsa, maktab qurilishi masalasi hal bolar, deb umid qilamiz.



Farrux HAMROYEV




DB query error.
Please try later.