O'zb  
 
26.06.2018

EHTIYOJMAND KISHILAR BANDLIGINI TAMINLASH DOLZARB MASALA

O‘zbekiston kozi ojizlar jamiyatiga 40 mingdan ziyod korish boyicha nogironligi bolgan shaxslar birlashtirilgan. Jamiyat tarkibida 80 dan ortiq tadbirkorlik tuzilmalari, jumladan, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar korinishidagi oquv ishlab chiqarish korxonalari hamda shoba korxonalari faoliyat olib boradi.

Shu raqamlarning ozi aholining jismoniy imkoniyati cheklangan qatlami bandligini taminlashni ragbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari togrisidagi Prezident qarorining naqadar ahamiyatli ekanini anglatadi. Mazkur hujjatda belgilab qoyilgan tartib-qoidalar va imtiyozlarning amaliyotda qollanilishi juda muhim masala hisoblanadi. Qaror jamiyatimiz tizimidagi korxonalar faoliyatiga qanday ijobiy tasir korsatadi?

Dilmurod SULTONOV, Ozbekiston kozi ojizlar jamiyati bosh mutaxassisi:

Qarorning 1-bandiga muvofiq joriy yilning 1 avgustidan boshlab alohida toifadagi tadbirkorlik subektlariga imtiyozlar va preferensiyalar qollanilishi korsatib otilgan. Shuningdek, tijorat banklari tomonidan imtiyozli davr nazarda tutilgan holda kreditlar ajratilishi belgilangan. Kozi ojizlar jamiyatiga qarashli korxonalarning ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bino-inshootlar ajratiladigan boldi. Aylanma mablaglarni toldirish hamda asbob-uskunalar, sarflash materiallari xarid qilish uchun qoshimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratiladi. Buning natijasida bugungi kunda zarur ishlab chiqarish maydonlari va yetarli darajada oz mablaglariga ega bolmagan tizimdagi ayrim korxonalarda iqtisodiy faoliyat jonlanadi. Ularda ishlovchi kozi ojiz insonlar va boshqa toifa xodimlar uchun doimiy mehnat qilish, barqaror ish haqi olish sharoitlari vujudga keladi.

Qarorda iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 3 oy muddatda ijtimoiy tadbirkorlik subektlarini aniqlashning tartibi va mezonlarini, ularning huquqlari, majburiyatlari va faoliyati erkinligi kafolatlarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish kerakligi belgilab qoyilgan. Albatta, ushbu masalada 86 yil vaqt mobaynida ogir sinovlarga dosh berib faoliyat korsatib kelayotgan Ozbekiston kozi ojizlar jamiyatida ibratli tajriba mavjud.

Jamiyatning tasis hujjatlari va Nizomlariga muvofiq ravishda kozi ojizlar jamiyatiga qarashli korxonalarni ijtimoiy korxonalar sifatida tasniflash mumkin. Bunday korxonalar nafaqat Ozbekiston kozi ojizlar jamiyati tizimida, balki Ozbekiston karlar va nogironlar jamiyatlari tarkiblarida ham mavjud.

Yana shuni alohida takidlash lozim, aksariyat rivojlangan xorijiy mamlakatlarda nogironligi bolgan shaxslar davlat tomonidan asosan zarur miqdorda pensiya bilan taminlanadi. Ijtimoiy infratuzilmalardan foydalanish imkoniyatlari yaratilishi bilan cheklaniladi. Ularda nogironligi bolgan shaxslar uchun maxsus korxonalar tashkil etish va ularni mehnatga jalb qilish masalalari ijtimoiy, dolzarb ahamiyat kasb etmaydi. Bizning mamlakatimizda esa uzoq yillar davomida nogironligi bolgan shaxslarni oz xohish-istaklari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda oqitish, kasb xunarga orgatish tizimi yolga qoyilgan. Shu orqali nogironligi bolgan bunday fuqarolarni reabilitatsiya qilish va jamiyatga integratsiyalash vazifalari amalga oshirilmoqda. Bu boradagi milliy tajriba xorijda ham ibrat bolishi mumkin.

Qarorga muvofiq, nogironligi bolgan shaxslar jamoat birlashmalarining korxonalari tassarufidagi ishlab chiqarish obektlari va yer maydonlaridan samarali foydalanilishi kompleks organilishi ham ayni muddao boldi. Ammo mutasaddi vazirlik va idoralar bu masalaga xolisona va ehtiyotkorlik bilan yondashishi lozim, deb oylayman.

Umuman, mazkur qaror aholining ehtiyojmand qatlami bandligini taminlash boyicha tashlangan muhim qadam ekanligini takidlash lozim. Takror aytaman, qaror hayotga togri tatbiq qilinsagina, nogironligi bolgan shaxslarni ish bilan taminlash masalasini samarali hal etish mumkin. Bu borada barchamizdan ziyraklik va daxldorlik talab etilishini unutmasligimiz kerak.



DB query error.
Please try later.