O'zb  
 
08.03.2018

AYOLGA EHTIROM

Erkin A’ZAM, O‘zbekiston xalq yozuvchisi, «Tafakkur» jurnali bosh muharriri:

— Har yili 8 mart bayrami arafasida meni tashvish bosadi: turmush ortogimga, qizlarimga, ayollarga nima sovga qilsam ekan, deb oylab qolaman. Fantaziyam torroq shekilli, nima sovga qilishni bilmay qolaman. Jonni sovga qilsammikan? Buning iloji yoqligi uchun ham ayollardan xijolat bolaman. Biron narsa olib beray, desam, Shuyam sovgami? deb aytadimi, deb yana istihola qilaman.

Ozbekiston ovozi gazetasi tahririyatida ishlayotgan xotin-qizlarning hammasiga sovga berishga mening qurbim yetmaydi. Lekin ularning hammalarini bayram bilan tabriklayman. Bilaman, ayolning tashvishi hech qachon tugamaydi. Jamiyatdagi faol ishtirokidan vaqt orttirib, uyim-joyim, farzandlar tarbiyasi, deb yelib-yuguradi, jonini fido qiladi. Shuning uchun tilagim hayotimiz korki, xonadonlarimiz charogboni, farishtasi bolgan ayollarimiz loaqal bir kun bolsa ham, 8 mart kuni hayot tashvishlarini unutib, shod-xurram bolishsin, erkaklar qamishdan bel boglab, ularga xizmat qilishsin.

Majidxon USMONOV, OzXDP Samarqand viloyat kengashi raisi:

Bugungi kunda xotin-qizlarimizning davlat va jamoat ishlarida faolligi oshdi, ayollarimiz barcha jabhalarda hammaga namuna va ornak bolib kelayapti. Hisob-kitoblarga qaraganda, ilm-fan, talim-tarbiya, sogliqni saqlash, madaniyat va sanat sohalarida mehnat qilayotganlarning 72 foizini ayollar tashkil etarkan. Partiyamiz safida ham nomlari faxr-iftixor bilan etirof etiladigan ayollarimiz kop. Men boshqa narsani aytmoqchiman: mustaqil Vatan istiqboli, kelajagimiz tayanchi bolgan, farzandlarimiz talim-tarbiyasi bilan mashgul bolgan ayollarimiz yuz foizni tashkil etadi.

Baxtimizga xotin-qizlarimiz sog-salomat bolishsin, farzandlarni ostirib, huzurini korishsin. Yangangizga kecha chiroyli guldasta sovga qildim. Bu gul sizning chiroyingiz oldida oz tarovatini yoqotadi, siz guldan-da gozalsiz!, dedim. Xursand boldi. Siz ham vaqtni boy bermay, bir dasta gul bilan bolsa ham, ayolingizni tabriklab qoying, gulday ochilib ketadi. Ustiga pul qoshib bersangiz, nur ustiga nur! Shoir aytganiday:

Baxtiyorman guluzorim, olamda sen bor uchun,

Aylasam dunyoni jannat, oz erur sen yor uchun!

Ahror AHMEDOV, Sharq NMAK Bosh muharriri:

8 mart arafasida erkaklarga aytmoqchi bolgan gapim shu: hoy joralar, ogaynilar, ayollarga qilinadigan eng yaxshi sovga kitob! Ayolingiz sizdan bir umrga minnatdor boladi. Kennoyingizga keladigan bolsak, bu yil unga biror narsa sovga qilishdan qutuldim dugonalari bilan dam olishga ketgan. Qongiroq qilib, tabriklab qoydim. Lekin baribir unga atab yaxshi bir kitob sotib olib qoydim. Shu topda xayolimga sherga oxshagan jumlalar kelib qoldi, shuni ham qoshib qoying:

Ayollarga qilmoq-chun tortiq,

Sovga yoqdir kitobdan ortiq!

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurulloh DOSTON yozib oldi.



DB query error.
Please try later.