O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2018   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 31 1 2
3 4 5 6 7 8 9
10 11 12 13 14 15 16
17 18 19 20 21 22 23
24 25 26 27 28 29 30
06.03.2018

AZIZ VATANDOSHLAR, HAR KUNINGIZ NAVROZ BOLSIN!

Tohir MALIK, O‘zbekiston xalq yozuvchisi:

— Davlatimiz rahbarining bu yilgi Navroz bayramini mamlakatimizda umumxalq sayili sifatida kotarinki ruhda otkazish haqidagi qarorida yuqorida keltirilgan ana shunday goya mujassam, deydi Ozbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik. Bu bejiz emas. Chunki qarorda ta’kidlanganiday, Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bolmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu goyalarni ozida mujassam etgan Navroz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Ona tabiat biz uchun rizq-roz, tiriklik manbai. Dehqonchilik mavsumining boshlanishi ham Navroz shodiyonalari bilan bogliq. Shunday ekan, biz tabiat qonunlarini hisobga olgan holda muqaddas zaminimizning har bir qarichidan unumli foydalanishimiz, xalqimiz farovonligi yolida hozirgi davrda butun dunyoda qollanilayotgan innovatsion goyalar asosida uning unumdorligini oshirishimiz lozim.

Navroz avvalo, eng qadimiy bayram sifatida keksa-yu yoshni birlashtiradi, asl milliy qadriyatlarni ozida aks ettiradi. Turli yoshdagi insonlar bir-biri bilan muloqotda boladi, bir-biri bilan diydorlashadi, kattaga hurmat, kichikka izzat korsatiladi. Bu oziga xos tarbiya, asrlar osha ota-onadan ogil-qizga, bobo-momolardan nevara-evara ongiga singdiriladi. Dasturxonga bahorning tansiq taomlari sumalak, halim, goja va kok somsa kabi noz-nematlar tortiladi. Hamma Navroz quvonchlarini bir-biri bilan baham koradi.

Havolar sal yumshashi bilan kocha-koylarda, mahalla va qishloqlarda kochat ekish, kokalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari yurishib ketdi. Yordamga muhtoj insonlar, keksalar, nogironlar va kam taminlangan oilalar holidan xabar olinib, savob ishlar, xayriya tadbirlari va ommaviy hasharlar otkazilmoqda. Mehr-muruvvat, ozodalikka nima yetsin...

Qarorda inson hayot gultojiga qiyoslangani bejiz emas. Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan tizimli islohotlar tufayli har bir rahbar oddiy xalq tashvishi bilan yashashni faoliyatining mazmuniga aylantirishi kerak, degan vazifa qoyildi. Mudroqlik kayfiyatidagi rahbarlar orniga odamlarning dardiga malham bolib, ularning muammolariga yechim topishni kundalik vazifasi deb biladigan kishilar kelmoqda. Bunday etibor qachon bolgan?

Hozir yurtimizning eng chekka va olis hududlarida yashayotgan fuqarolarning muammolari iloji boricha joyida hal etilmoqda, bu esa ularning ilgari byurokratiya niqobini oziga qalqon qilib olgan mahalliy hokimiyatga nisbatan songan ishonchini yana tiklashga sharoit yaratmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ortaga tashlangan «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», Xalq boy bolsa, davlat ham boy va qudratli boladi, degan shiorlardan kozlangan maqsad Inson manfaatlari hamma narsadan ustun degan oddiy va aniq-ravshan tamoyilni amalga oshirish ustuvor ahamiyatga ega ekanini ifoda etadi.

Modomiki, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini taminlashdan iborat bolgan eng muhim ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishdan iborat ekan, bu goya Navroz tadbirlari bilan uygunlashib, millati hamda etiqodidan qati nazar, yurtimizda yashayotgan insonlarni jipslashtiradi, birlashtiradi va ozaro mehr-oqibatni kuchaytiradi, dostlik, birodarlik rishtalarini mustahkamlaydi.

Navrozda dehqonlarimiz ekin-tikin ishlariga kirishadi, chorvadorlarimiz dala-dashtga suruvini yoyadi.

Hozirgi kunga kelib, fermer tom manoda haqiqiy yer egasiga, mulkdorga aylandi, tadbirkorlarimizga barcha eshiklar lang ochildi. Yangi innovatsion goyalar, xorijiy texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilayotir.

Davlatimiz rahbarining beqiyos etibori, gamxorligi xalqimizning orzu-umidlariga qanot baxsh etmoqda. Kozlangan maqsadlar yurtimiz tinchligiga, xalqimiz, shu Vatanda yashayotgan har bir insonning turmush tarzi yaxshilanishiga, farovonligiga qaratilgan. Bu yilgi Navroz xalqimiz tomonidan ana shunday ishchanlik va kotarinki kayfiyatda kutib olinayapti.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Nurulloh DOSTON

yozib oldi.



DB query error.
Please try later.