O'zb  
 
06.03.2018

HAYOTIMIZ QANDAY BOLISHI OZIMIZGA BOGLIQ

Iba NARIZOVA, xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi:

— Davlatimiz rahbari 2 mart kuni viloyatimizda bolib, hududdagi hayot tarzi, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishgani odamlarning kayfiyatini kotardi, hammamizni mamnun qildi.

Tomdi tumanidagi uchrashuvda men ham qatnashdim. Olis chol hududida yashovchi yurtdoshlarimiz ham yaxshi yashashi kerak, shunga harakat qilishimiz kerak, degan fikrlar qalbimizni tolqinlantirdi.

Quvonarlisi, shu kunga qadar Tomdi, Uchquduq va Nurota tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan 3 qaror qabul qilindi. Tadbirkorlik bilan shugullanish istagida bolgan ushbu hududdagi fuqarolar 10 yil davomida barcha turdagi soliqlardan ozod etildi.

Tomdi tumani viloyat markazidan qariyb 300 kilometr olisda, Qizilqumning bepoyon kengliklarida joylashgan. Hudud odamlarini bir necha yillardan buyon toza ichimlik suvi muammosi qiynab kelar edi. Uchrashuvda mazkur masala ortaga tashlandi. Ushbu muammoni tez fursatda hal qilish yuzasidan mutasaddilarga topshiriq berildi.

Chol hududida yashovchi bolalarni soglom, bilimli qilib tarbiyalash muhim masala ekani takidlandi. Tomdi, Uchquduq, Konimex va Zarafshon yoshlari uchun zamonaviy kutubxona bunyod etilib, ular ixtiyoriga 4 ta «Isuzu» rusumli avtobus beriladigan boldi. Uchquduq tumanida esa zamonaviy maktabgacha talim muassasasi qurilishi aytildi. Farzandlarimizning baxtu kamoli vatan taqdiri bilan chambarchas bogliqligi, ularning talim-tarbiyasi ustuvor masala ekani sozda emas, amalda oz tasdigini topyapti.

Shuningdek, aholi bandligi bilan bogliq muammolar ham bosqichma-bosqich hal etiladi. Masalan, Zarafshon shahrida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi, qariyb 2 ming bosh qoramolga moljallangan kompleks, muzlatkichli omborxonalar qurilishi, baliqchilik xojaligi, issiqxonalar tashkil qilinishi yuzlab, balki minglab ish orinlari yaratilishidan dalolatdir.

Uchrashuvlar chogida har bir hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqib, yangiliklar joriy etilishi takidlandi. Odamlarning qalbiga ishonch, dardiga malham boluvchi istiqbolli rejalar haqida soz yuritildi.

Ham ona, ham xalq vakili sifatida ushbu etibordan boshim kokka yetdi, yashayotgan hududimizni rivojlantirish koproq ozimizga, bugungi harakatlarimizga bogliq ekanini tushundim.

Ozbekiston ovozi muxbiri

Ilhom SATTOROV yozib oldi.



DB query error.
Please try later.