O'zb  
 
01.03.2018

DIYONAT YOQOLGAN JOYDA OR-NOMUSGA PUTUR YETADI, NAFS BALOSI USTUN KELADI

Odam qachon o‘ziga ozi tashvish orttiradi?

Sinalmagan kishiga ishonsa, loqayd bolsa, huquqiy bilimi yetishmasa, tavakkal qilib bir ishga qol ursa, qonuniy shartnoma orniga ogzaki kelishuvlar qilsa...

Yana qanchadan-qancha ehtiyotsizliklar, oylamay qadam tashlashlar odamga gam-tashvish keltiradi.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi otaxon Numon Qayumov ham soddalik qildimi, ishonuvchan boldimi, xullas, oz boshiga gavgo orttirdi. Togrisi, u odamlarning labziga ishondi, begonaga emas, yaqin tanishiga va ozining kuyoviga ishondi. Oqibatda 2009 yildan buyon idorama-idora, sudma-sud ovorayu sarson yuribdi.

Uning tahririyatimizga yozgan shikoyat xatida aytilishicha, 2000 yilda Qashqadaryo viloyati Qamashi shahrida yashovchi tanishi Isroil Umarovga tegishli bolgan Shahrisabz shahri, Zafarobod kochasida joylashgan 600 kv.metr (ya’ni, 6 sotixdan oshiqroq) maydonga ega bolgan chala qurilgan 51-uyni sotib oladi, ozaro kelishuvga kora, pulini bolib-bolib beradi. Pulning bir qismi olti nafar qoshnisi guvohligida (tilxat mavjud) beriladi. Pulning qolgan qismi uy Numon Qayumov tomonidan toliq tamirdan chiqarilib, uy egasi Isroil Umarov kadastr hujjatlarini tayyorlab bolgach, berilishiga kelishiladi. Uy qurib bolinadi, hovli atrofi devor bilan oraladi. Shundan song Numon Qayumov pulning qolgan qismini 2015 yilning 25 fevral kuni tolaydi. Bu haqda Isroil Umarov, uning xotini Anvara Nazarova va qizi Madina Xodiyeva ishtirokida dalolatnoma tuziladi. (dalolatnoma mavjud). Otgan yillar davomida Numon Qayumov uy-joy va yer soligini bevosita ozi tolab keladi. (dalolatnoma mavjud).

Uy toliq bitkazilgandan song, uyning birinchi egasi Isroil Umarov uy-joyga egalik huquqini rasmiylashtirish uchun tegishli hujjatlarni Shahrisabz tuman hokimligiga taqdim etadi. Tuman hokimining 2010 yil 16 noyabrdagi (X-1058/11) qarori bilan Isroil Umarov nomiga egalik huquqi qayd etiladi. Arizachining fikricha, tuman hokimining bu qarori noqonuniy. Chunki amaldagi qonunchilikka kora, uy-joyga egalik (mulk) huquqi toliq belgilangandan song, uy-joyning haqiqiy egasi uyga aloqasi bolmagan shaxsga uy-joyni tasarruf etish (foydalanish) huquqini beruvchi ishonchnomani rasmiylashtirishga yol qoyiladi. Hokimning bu qarorida esa Isroil Umarovga uy-joy egalik huquqi berilishi barobarida uchinchi shaxs Madina Xodiyevaga uyning kadastr hujjatlarini tayyorlash huquqi berilishi korsatiladi. Birinchidan, bunga hokimning haqqi yoq edi, ikkinchidan, bu qarorga boshqa bir soxta hujjat asos qilib olinadi. Shahrisabz tuman davlat notariusi Dilfuza Melikova tomonidan bir yil ilgari — 2009 yil 29 oktabr kuni Isroil Umarov nomidan Madina Xodiyeva (Qayumova) nomiga uyni oldi-sotdisi bilan shugullanish huquqini beruvchi Ishonchnoma rasmiylashtiriladi. Ammo bundan Numon Qayumovning xabari bolmaydi va u bunga rozilik ham bermagan. Yana bir masala, uy-joyning haqiqiy maydoni tuman hokimining qarorida 600 kv.metr korsatilgan bolsa-da, davlat notariusi tomonidan berilgan ishonchnomada 0,06 ga, yani, 0,06 sotix deb korsatilgan. Buning ustiga kocha nomi bor, uy raqami yoq.

Numon Qayumovning gapiga kora, kenja qizi Madina Xodiyeva (Qayumova) 2003 yil mart oyida Bekzod Xodiyev bilan nikohdan otib, turmush qurishgan va ortalarida 3 nafar qiz farzand dunyoga kelgan. Ular kuyovning ota-onasi bilan birga Shahrisabz shahar Eshonpir kochasi 79-uyda 2008 yilga qadar yashab kelishgan. B.Xodiyev aka-ukalari bilan bir hovlida yashagan davrida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli ota-ona uyidan chiqib ketib, ijaraga uy-joy axtaradi. Qizi va kuyovining qiynalganini korgan Numon ota Shahrisabz shahri Zafarobod kochasidagi 51-uyning 200 kv.metriga vaqtincha uy-joy qurib, yashab turishlariga rozilik bildiradi. 2008-2009 yillarda kuyovi bu yerda ikki xonali uy quradi va alohida kirib-chiqish uchun darvoza ornatadi. 2010 yilda Numon Qayumov 600 kv.metr maydonning 400 kv.metrida ozi qurgan uy-joyni ogli Qayumov Burxonga va 200 kv.metrda qurilgan uy-joyni qizi Xodiyeva Madinaga rasmiylashtirib berish uchun hujjatlarni Shahrisabz tuman yer tuzish va kadastr xizmatiga topshiradi. Lekin bu hujjatlar yoqoladi. Numon otaning gumonicha, hujjatlarni kuyovi yoq qilib yuboradi. Bu orada kuyovning xayoli buzilib, Numon otaning 400 kv.metr hovli-joyiga ham koz olaytiradi shekilli, qanday qildi ozi biladi, qaynotaning 4 sotix, oz oilasiga ajratilgan 2 sotix hovli-joy va yordamchi binolarni bitta kadastr hujjati bilan xotini Madinaning nomiga otkazib oladi. Shundan song asosiy maqsadiga erishish harakatini boshlaydi. Xotini Madinani ogil tuomaganlikda ayblab, kamsita boshlaydi. Agarda aytganiga konmasa, nikohni bekor qildirish bilan qorqitadi. Ozi yurist bolgani uchun hujjatlar bilan ishlashni yaxshi biladi. Tuman notarial idorasi notariusi Dilfuza Melikova yordamida 600 kv.metr yer maydonidan iborat uy-joyga xotini Madina Xodiyeva bilan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtiradi, pulini ham bermasdan uyni oz nomiga otkazib oladi. Qiziq holat, er-xotin bolib, uch farzand bilan bir hovlida yashab kelayotgan, ayni paytda qaynotaning hovlisidan panoh topgan kuyovning oz xotini bilan uy-joyni oldi-sotdi shartnomasi orqali oz nomiga otkazib olishini qanday tushunish mumkin? Qaysi er birga yashab kelayotgan qonuniy xotini bilan uyni oldi-sotdi qiladi? Kuyov bola uzoqni kozlab, reja tuzganga oxshaydi. Chunki qaynotasiga tegishli har ikki uyga egalik qilish huquqini qolga kiritgach, xotinini bolalari bilan uydan chiqarib yuboradi. Hatto 2013 yilda sud orqali nikohini ham bekor qildiradi. Aldov va janjallar girdobida qolgan Madina boshina qayoqqa urishini bilmaydi. Buning ustiga uning 10 yashar qizi Komila 2016 yil dekabr oyida «aplasticheskaya anemiya fankoni» (ilik yetishmovchiligi) kasalligi tufayli vafot etadi. Ayni paytda uning yana bir qizi Robiya ham bu kasallikka duchor boladi. Endi insof bilan Madinaning ahvolini tasavvur qilib koring.

Numon Qayumov masalaga oydinlik kiritish uchun uyning birinchi egasi Isroil Umarovga murojaat qiladi. Malum bolishicha, Bekzod Xodiyev qaynotam rozi, deb qaynotaga tegishli uyni xotini Madina Xodiyeva nomiga notarius Dilfuza Melikovadan ishonchnoma rasmiylashtirib oladi. Bu orinda Isroil Umarov ham Bekzod Xodiyevning gapiga ishonib xatoga yol qoygan korinadi. Chunki u uyni haqiqatan Numon Qayumovga sotgan, pullarni guvohlar ishtirokida olgan, bu haqda tilxat va dalolatnomalar bor. Unda uy-joyning keyingi taqdirini hal qilish uchun nega boshqa shaxsga ishonchnoma berildi?

2011 yil iyun oyidan uy-joy yuzasidan janjal va nizolar boshlandi. Numon Qayumovning qizi Madina Xodiyevaning uy-joyga egalik huquqini tiklash maqsadida qilgan murojaatlari Fuqarolik ishlari boyicha Shahrisabz va Chiroqchi tumanlararo sudlarida hamda Fuqarolik ishlari boyicha Qashqadaryo viloyat sudida bir necha marta korib chiqilgan va turli mazmundagi qarorlar qabul qilingan. Xususan, Shahrisabz tumanlararo sudi 2013 yil 4 iyun kuni Madina Xodiyevaning foydasiga hal qiluv qarori chiqardi. 2013 yil 19 iyul kuni fuqarolik ishlari boyicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasi Shahrisabz tumanlararo fuqarolik sudining hal qiluv qarorini togri, deb topdi.

Shundan song, nizoli uy-joy Shahrisabz tuman va yer kadastr xizmati tomonidan 2014 yil 21 oktabr kuni Madina Xodiyeva nomiga rasmiylashtirib beriladi. Lekin fuqarolik ishlari boyicha Qashqadaryo viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2016 yil 20 sentabrdagi ajrimi bilan uy-joy yuzasidan Madina Xodiyevaning talabi rad etilib, masala Bekzod Xodiyev foydasiga hal qilinadi. Mojaro bugungi kungacha davom etmoqda.

Voqeani tahlil eta turib, eski dard, eski savol qozgaladi: bir masala yuzasidan nega sudlar turlicha qarorlarni chiqaradi? Sudyalarning bilimi, saviyasi har xilmi yoki buning boshqa sabablari bormikin?

Bizning nazarimizda mazkur uy-joy muammosi unchalik chigal yoki murakkab emas. Aqli-hushi joyida odam diqqat bilan masalani organsa, qator noqonuniy holatlarning guvohi boladi. Hamma gap shundaki, har bir noqonuniy holatga yuridik baho berilmasdan otib ketilayotganga oxshaydi. Ayrim savollarga etibor qarataylik:

Notarius Dilfuza Melikova tomonidan berilgan ishonchnomada uy-joyning manzili aniq korsatilmagan, yer hajmi esa notogri korsatilgan. Buning ustiga uy-joyni sotib olgan, 2000 yildan tegishli soliqlarni oz vaqtida tolab kelgan Numon Qayumovning roziligi olinmagan.

Xosh, ishonchnoma yuridik kuchga egami?

Ushbu ishonchnoma orqali Shahrisabz tuman hokimining 2010 yil 16 noyabridagi qarori (X-1058/11) qabul qilingan. Qarorda yer maydoni boshqa hajmda korsatilgan. Bu raqamlar hatto turli bosqichdagi sudlar qarorlarida ham shunday aks ettirilgan. Bir-birini inkor qiluvchi ikki xil hajmdagi yer maydoni korsatilgan qarorni haqiqiy deb boladimi?

On ikki yil davomida yer va mol-mulk soligini tolab kelgan Numon Qayumov birorta ishda na davogar, na taraf sifatida qatnashtirilmagan, uning murojaatlarini hech kim eshitmay kelmoqda.

Davo arizalarida talab qilingan bolsa-da, birorta ham haqiqiy guvoh, arxitektor, yer tuzish kadastr xizmat xodimi yoki boshqa mutaxassisni sudlar ishga jalb etmagan.

Bunday holatlarda sud ishni har tomonlama organib korgan, deb xulosaga kelish mumkinmi?..

Bu kabi savollar kop. Lekin ularga kim javob beradi?..

Numon otaning aytishicha, sobiq kuyov bola yurist bolgani uchun oziga yarasha tanishlari bor. Shuning uchun girrom yollar bilan maqsadiga erishib kelmoqda.

Ammo Numon otaga aytadigan gapimiz shuki, bugun zamon boshqa, talab boshqa, tanish-bilishchilik kabi oyinlarga endi yol qoyilmaydi. Ishonchimiz komilki, sudning yuqori organlari bu masalani adolatli hal etadi.



Toshtemir BOBOYEV



DB query error.
Please try later.